O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

Birbal-tarixiy shaxs. 1994-yilda Toshkentda bosilgan «Shoh 
Akbar va Dono Birbal» nomli to‗plamda ko‗rsatilishicha, u XVI asrning 
ikkinchi yarmi va XVII asrning boshlarida Hindistonda hukmronlik 
qilgan Akbarshoh bobosi Bobur an‘analarini izchil davom ettirib, 
hindlar bilan musulmonlar o‗rtasida birodarlik munosabatlarini o‗rnatish 
yo‗lida jonbozlik ko‗rsatgan. Akbarshoh boshqargan davlatda Birbal 


68 
nufuzli amaldor edi. Akbarshoh bu dono va zukko hind amaldoriga 
alohida mehr bilan qarab, uni har tomonlama e‘zozlagan.
Birbal ham Akbarshohning odilona siyosatini amalga oshirish 
sohasida sidqillik bilan xizmat qilgan. Akbar va Birbalning o‗zaro 
suhbatlarida izhor etilgan har ikki tarixiy shaxsning iqtisodiy qarashlari 
alohida diqqatga sazovordir. Unda insonlardagi halollik va insof bilan 
birga ayrim amaldorlarning vijdonsizliklari iqtisodiy tomondan tahlil 
qilinadi, feodalizm sharoitida murakkab iqtisodiy muammolarning 
yechimini topishga uriniladi. «Podshohning besh savoli» hikoyasida 
Birbalning chuqur iqtisodiy tafakkurga ega ekanligi namoyon bo‗ladi. 
«Ulug‗ ma‘bud Indiradir»,- deb so‗z boshlaydi u.
Uning amri bilan yomg‗ir yerni sug‗oradi, bug‗doy unadi, odamlar 
to‗kin va to‗q yashaydilar. Buzoqlar qadr-qimmatlidir, u odamlarga ko‗p 
foyda keltiradi. Eng qimmatli gul – paxtaning guli. Undan mato 
to‗qiydilar. U butun olam odamlarini kiyintiradi. Omochning tishidan 
ulug‗ tish yo‗q. Chunki u yer bag‗rini yoradi, shundan keyin don va 
sabzavot ekiladi, odamlarni to‗ydiradi. Ulug‗ fazilat esa jasoratdir.
Agar inson jasoratsiz bo‗lsa, uning fazilatlaridan foyda yo‗qdir. 
Jasorat bu mehnat. Inson hayotida faqat ziroat ekinlarini yetishtirishdagi 
mehnatgina emas, balki hunarmandlar mehnati ham alohida ahamiyatga 
ega. Bu borada «Inson qo‗li gul» hikoyasi yanada qiziqarlidir. Birbal 
bog‗bonni chaqirtiribdi va buyuribdi: -Ertaga bog‗ va gulzorlardagi eng 
chiroyli va yaxshi gul bilan o‗zing yetishtirgan mevalardan olib, 
shohning huzuriga borasan.
Shoh bog‗bondan meva va gullarning narxini so‗raganda, u: -
Olampanoh! Biz bu mo‗jizalarni bunyod qilish uchun ko‗p vaqt 
sarfladik. Xullas, bu noyob narsalar uchun ming rupiy so‗raymiz. 
Podsho ming rupiy beribdi. Bu bahoga yakun yasab, Birbal 
quyidagilarni aytibdi: «Siz yaqinda tabiat yaratgan narsalarning inson 
qo‗li bilan yaratilganidan yaxshi va qimmatli ekanini aytgan edingiz, 
men sizga insonning qo‗li gul ekanini, uning iqtidori yaratgan mo‗jizalar 
tabiatnikidan go‗zal bo‗lishi mumkinligini isbotlashga va‘da bergan 
edim. Bugun mening niyatim amalga oshdi: Siz mirishkor bog‗bon 
yaratgan mevalar va gullar uchun ming rupiy to‗ladingiz, ammo 


69 
tabiiylariga atigi yigirma besh rupiy berdingiz». «Mehnatni qadrlash 
hayotni saqlar» hikoyasida insho etilishicha, shoh Akbar bilan Birbal 
yoshlik davrlarni eslab, eski uylariga borishibdi. Yaxshi niyat bilan bir 
paytlar sada daraxtining tagiga xazina yashirishgan ekan. Kavlashsa, 
yerga ko‗milgan oltin qanday bo‗lsa shundayligicha turganmish. 
Boylikni olishibdi, eski uylariga tutashgan bir kulbada o‗sha paytlarda 
yashagan munkillagan bir kampir hozir ham kunni kun demay 
odamlarga qo‗l tegirmonida donni yanchib berarkan. Avvalgidek qo‗l 
tegirmonni aylantirib o‗tirganmish. Ko‗rinishi ham o‗zgarmabdi. So‗ng 
ular kampirga rahmi kelib, bundan keyin rohatda yashang, deb olgan 
boyliklarining hammasini in‘om qilishibdi. Kampirning qarilik yillari 
rohat-farog‗otda o‗tadigan bo‗libdi. Keyinchalik ma‘lum bo‗lishicha, 
shoh Akbar yoshlik davrida kampir 160 yoshda ekan, shu davrdan beri 
50 yil o‗tibdi. Shundan keyin Birbal mehnatni ardoqlash uzoq umr 
ko‗rish shartlaridan biri ekanligi haqidagi qisqacha xulosalarga kelibdi. 
Hikoyalarning ba'zilari o‗sha davrdagi tovar-pul munosabatlari 
masalalariga bag‗ishlangan. «Firibgar kema egasi» hikoyasiga ko‗ra 
Birbal Hindistonning Bengal viloyatidan kemada mol olib kelgan 
savdogarning shikoyatini eshitib, kema egasi besh ming rupiylik molni 
o‗ziniki qilib olmoqchi bo‗lganini tekshiradi va unga quyidagi savollarni 
beradi. «Agar mevalar, ziravorlar haqiqatan seniki bo‗lsa, ularni zarariga 
sotishga rozi bo‗larmiding?» Kema egasi dengizchilarni ham yo‗ldan 
urganligini isbotlaydi. Savdogarga pul qaytarib beriladi va adolat 
tiklanadi.
«Tentaklar ro‗yxati» hikoyasida shoh Akbarning zotli otlarni sotib 
olgani, otlar unga juda yoqib qolgani, yana shunday otlar keltirishni 
buyurib, oldindan 1000 rupiy bergani hikoya qilinadi. Lekin shoh Akbar 
shuncha pul berib, savdogarni qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanligini 
so‗ramagan, savdoda xatoga yo‗l qo‗ygan edi. Savdogar esa 
muttahamlik qilib, qaytib kelmagan. Shunda Birbal tovar-pul 
munosabatlaridagi bu kamchilikni aytib o‗tadi. Savdolashganda xorijiy 
savdogardan sotib olingan mol qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanini, 
savdogarning nomini so‗rash lozimligini ta‘kidlaydi. «Hozir nima 
harakatda» hikoyasida ayonlardan biri quyosh, ikkinchisi yer, yana biri 


70 
oy, deb javob bergani bayon etiladi. Lekin shoh Akbar javoblarga 
qanoatlanmaydi.
Birbal quyidagi javobni beradi: «Hozir, - deydi Birbal, sudxo‗r 
qarzga bergan pullarning foydasi harakatda. Axir bu pullar hech qachon 
tinch yotmaydi. Aksincha, kundan kunga tezligi oshib boradi». Bu javob 
shoh Akbarga ma‘qul tushadi, chunki Hindistonda qarzga olingan pullar 
qanchalik qo‗shimcha foyda bilan qaytarilib, dehqonlarni xonavayron 
qilishi hammaga ma‘lum edi. Bu yerda gap kapital aylanishi va foiz 
stavkasi bilan bog‗liq voqea haqida borayapti. Dehqonlar olgan 
qarzlarini yuqori foizlarda qaytarishi salbiy hodisa sifatida qoralanadi. 
Demak, hozirgi davrdagi adolatli kredit masalalari yoritiladi. Birbal 
yashagan davrda hali statistika fani vujudga kelmagan edi. Lekin hayot 
statistik jumboqlarni keltirib chiqarar edi. Kunlardan bir kun podshoh 
saroy yig‗inida har bir mulozimidan: -Dehlida nechta qarg‗a bor? - deb 
so‗rab qoladi. Hech kim javob bera olmaydi. Birbal shunday javob 
beribdi: -O‗tgan yili men hisob-kitob qilib, Dehlida uch ming besh yuz 
sakson beshta qarg‗a borligini aniqlagan edim. Shoh Akbar shubhalanib, 
o‗tgan yili qaysi oyda hisob qilgan eding? - deb savol beribdi va qo‗shib 
qo‗yibdi: – agar Dehlidagi qarg‗alarning soni bittaga ko‗p yoki kam 
chiqsa uch ming besh yuz sakson besh rupiy jarima to‗laysan. Shuning 
uchun kechgacha o‗ylab, menga aniq javob ber,-debdi shoh. -Mening 
hisobim to‗ppa-to‗g‗ri, qat‘iyat bilan gapiribdi Birbal, - «qayta 
sanaganda ham shu sonning chiqishiga aminman, faqat ayrim 
qarg‗alarning qayergadir mehmonga uchib ketishi va boshqalarning bu 
yerga uchib kelishi mumkin ekanligini nazarda tutsak bas». Bu javobda 
Birbal, birinchidan, Dehlidagi barcha qarg‗alarni sanab bo‗lmasligini 
ko‗zda tutgan, shu bilan birga qarg‗alar ko‗payib, yozda sovuq joylarga 
uchib ketishini esdan chiqarmagan. Bu misol Birbalda statistikaning 
dastlabki kurtaklari mavjudligidan dalolat beradi.
«Haqiqat qo‗ng‗irog‗i» hikoyasida shoh Akbarning juda alomatli 
hukmdor ekanligi o‗z ifodasini topgan. Xalqning mushkulini oson qilish 
maqsadida u shahardagi maydonga bitta ustun o‗rnatib, qo‗ng‗iroq osib 
qo‗yishni buyuribdi. Saroygacha uzun arqon torttirib, bu yerga ham 
qo‗ng‗iroq ostiribdi. Maydondagi arqon tortilsa, saroydagi qo‗ng‗iroq 


71 
ham jaranglar ekan. Saratonning jazirama kunlaridan birida qo‗ng‗iroq 
jaranglab qolibdi. Ho‗kiz qo‗ng‗iroq ipini tortgan ekan. Ho‗kiz-
ho‗kizda. U gapirarmidi, shoh qarshisida mo‗ltillab turganmish, xolos. 
Shoh Birbalga «Ho‗kizning arzi bor, dardini bilib, menga xabar ber», 
debdi. Birbal ho‗kizning yelkasini silab, uning ko‗zlariga tikilibdi. 
Keyin shohga ho‗kizning dilidagi arzini quyidagicha tarjima qilib 
beribdi: «Men qaridim, ish qilishga kuchim yetmay qoldi, quvvatim 
borligida xo‗jayinim meni erkalardi, yem bilan siylardi. Endi bo‗lsa 
ko‗chaga haydadi, qarib holdan toygan bir paytda qayerdan ham panoh 
topaman, – deyapti», debdi. «Ho‗kizning egasi topilganidan keyin Birbal 
savol beribdi: – Nega bog‗lab qo‗ymadingiz? Savdogar javob beribdi: –
Janob vazir, u menga endi kerak emas. Shuncha yil davomida qilgan 
xizmati bilan to‗lagan haqini tiyin-tiyinigacha oqladi. Vaqti-soati kelib 
sen ham qariysan va ishga yaramay qolasan. Farzandlaring seni uydan 
haydab chiqaradi. Aytchi, ularning bu ishi adolatdan bo‗ladimi?-deb 
so‗rabdi Birbal. -O‗z otasini qanday qilib haydashsin? - ajablanibdi 
savdogar.
Bir eslab ko‗rchi, bu jonivor senga qanchalar xizmat qildi. Nahot 
qilgan andishasizligingdan vijdoning azoblanmasa. Bu tilsiz maxluq 
butun quvvatini senga sadoqat bilan xizmat qilishga sarflasayu, sen 
uning yaxshiligiga shunday javob qaytarsang. Unga hozir ham 
achinmayapsan. Xullas, bu ho‗kizni shoh molxonasiga qo‗yib 
yuboramiz. Uni boqish uchun sen har oyda besh rupiy to‗laysan. 
Savdogar pulni to‗laydigan bo‗libdi. Bu hikoya o‗z davrida va undan 
keyin ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗lgan. Xizmatkorlarni 
ishlatib, haqini to‗lamaganlarga tegishli fikr ilgari suriladi va ularga 
insofli bo‗lish kerakligi to‗g‗risida qisqacha xulosalar chiqariladi.

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling