O„zbekiston respublikasi


F.Kenening “Tabllau Ekonomique” jadvali


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

F.Kenening “Tabllau Ekonomique” jadvali 
Iqtisodiy jadval makroiqtisodiy sohalarning o‗zaro aloqalarining 
kuchli ijodiy tushunchasini juda sodda ifodalab beradi.
Fiziokratlarning iqtisodiyotning o‗zaro bog‗liqligi haqidagi qarash-
lari makroiqtisodiyotga oiddir. Ular Adam Smit singari mikroiqtisod 
darajada iqtisodning o‗zaro bog‗liqligi haqidagi nazariyani rivojlan-
tirishga kam harakat qilganlar.
Iqtisodiyot nazariyasi asoslari fanida uy xo‗jaligi va firmalar 
o‗rtasidagi bog‗liqlikni ko‗rsatuvchi doiraviy aylanish diagrammasi 
omillar va yakuniy mahsulot bozorlari o‗rtasidagi aloqa va bozorning 
resurslarni taqsimlovchi rolini tushuntirish maqsadida keltiriladi.
Fiziokratlar Kenening ―Iqtisodiy jadvali‖ni o‗zlarining asosiy 
nazariy yutuqlari, deb hisoblashadi. Ular nafaqat iqtisodning turli 
sektorlari o‗rtasidagi aloqalarni nazariy o‗rganishgan, balki ularning 


99 
hajmini o‗lchashga harakat qilishgan. Ular Nobel Mukofoti laureati 
Vasiliy Leontevning 1930-yildagi xarajatlar-natijalar jadvalini va 
ekonometriklar, 
deb 
tanilgan 
maxsus 
iqtisodchilar 
guruhining 
tadqiqotlarini bashorat qila olishgan. Bu iqtisodiy jadval iqtisodiyotning 
turli sektorlarining o‗zaro bog‗liqligini ko‗rsatib bergan. Ulardan 
keyingi ba‘zi merkantilistlar ham bu o‗zaro bog‗liqlikni tan olishgan va 
ularning fikrlari Adam Smitning bozor iqtisodiyotining faoliyati 
haqidagi batafsil qarashlariga asos bo‗lgan. 
Fiziokratlar (lot. – tabiat, hukmronlik) – bu 
XVIII
asrdagi fransuz 
iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi 
Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga o‗tish davrida vujudga keldi. Bu 
tasodifiy hol emas edi. O‗sha davrda Fransiyada manufaktura ancha 
rivojlangan bo‗lsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. 
Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi 
shu sohada yaratilar edi. Qishloq xo‗jaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari 
fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xo‗jaligini 
iqtisodiyotning yagona unumli sohasi, deb hisobladilar. Ularning 
fikricha, boylik faqat qishloq xo‗jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda 
esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos. Shunga ko‗ra 
fiziokratlar tadqiqotni muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga olib 
o‗tdilar va bu bilan kapitalistik tizimning keyingi tahlili uchun asos 
yaratdilar.

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling