O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

muddatli muvozanat turlarini ajratib ko‗rsatib beradi. Bir zumli 
muvozanatda taklif o‗zgarmaydi. Bunday sharoitda keskin oshgan talab 
qondirilishi mumkin emas (band bo‗lmagan quvvatlardan foydalanish 
yoki yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun vaqt kerak bo‗ladi). Bu 
vaqt ichida tanqis (defitsit) mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan tadbirkor 
bahoni oshirish hisobiga qo‗shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, 
tirik baliq bozorida baliqqa bo‗lgan talab oshdi, deylik. Baho ko‗tarildi, 


186 
lekin o‗sha kuni sotuvchilar taklifni ko‗paytira olmaydilar (yangisini 
olib kelishga ulgurmaydilar). Shuning uchun taklif egri chizig‗i to‗g‗ri 
chiziq (S) ko‗rinishida bo‗ladi. Yuqorida qayd qilib o‗tganimizdek, baho 
oshadi (P
1
dan P
2
ga, 8.3-chizma).
P

P
2
E1
P
1
D2 
D1 
Q
1

8.3-chizma. Bir zumli bozor muvozanati 
Amal qilib turgan ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga o‗sgan 
talabni qondirish uchun taklifni 
ko‗paytirish qisqa muddatli 
muvozanatni ta‘minlaydi. Agar bozorda baliqqa bo‗lgan talab bir necha 
kun davomida ancha yuqori bo‗lsa, unda baliqchilar qo‗shimcha ishchi 
kuchi, ortiqcha to‗r va boshqa anjomlar hisobiga baliq tutishni 
ko‗paytirishga harakat qiladilar. Natijada taklif Q
1
dan Q
3
ga oshadi 
(8.4-chizma). Baho qanday bo‗ladi? U pasayishga intiladi (P3
8.4-chizma). 
 
P S 
P
3
E2
P
1
E0
D2 
D1
Q
1
Q
3
Q
8.4-chizma. Qisqa muddatli bozor muvozanati 
Uzoq muddatli muvozanatda taklif talabning oshishiga moslasha 
oladi, chunki uning uchun vaqt yetarli bo‗ladi. Bu davr ichida ishlab 
chiqarish quvvatini, ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubini 
o‗zgartirish, yangi korxonalarni ochish, yangi texnologiyalarni 


187 
qo‗llash mumkin. Sotuvchilarga ustama foyda keltiruvchi yuqori talab 
(D
2
egri chizig‗i) va shunga muvofiq yuqori narx (P
4
) uzoq muddat 
saqlanib turgan sharoitda baliqchilar ishlab chiqarishni kengaytirish 
maqsadida ishlab chiqarish quvvatini kuchaytirishga kirishadilar 
(yangi baliq tutish kemalari, omborxonalar va boshqalar quriladi). Bu 
tarmoqqa yuqori daromad tufayli yangi ishlab chiqaruvchilar kirib 
keladi. Taklif (Q
3
dan Q
4
ga) ko‗payadi, baho esa (P
3
dan P
4
ga) 
pasayadi. (8-4-rasm). 


P
4
E3
D2 
P
1
E0 D1
Q

Q
4

8.5-chizma. Uziq muddatli bozor muvozanati 
Bu yerda A.Marshall shunday xulosaga keladi: qisqa muddatli 
davrda bahoni shakllantiruvchi asosiy kuch talab (negaki, taklif 
o‗zgaruvchan emas), uzoq muddatli davrda esa taklif hisoblanadi. Tovar 
qiymati qisqa muddatli davrda haqiqatan ham eng avvalo xaridorlarning 
xatti-harakati bilan aniqlanadi (marjinalizm). Lekin uzoq muddatli davr 
mobaynida baho o‗rtacha ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga 
yaqinlashadi va taxminan bir xil darajada bo‗ladi (klassik maktab). 
Klassiklarning bu nazariyasi faqat uzoq muddatli davr mobaynida to‗g‗ri 
amal qilishini ularning o‗zlari ham yaxshi anglamaganlar va bu haqda 
o‗z tadqiqotlarida qayd qilib o‗tmaganlar. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling