O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» nomli dastlabki iqtisodiy maqolalari Didro va D.Alamber tomonidan
- «Iqtisodiy jadval»
Fransua Kene (1694–1774) fiziokratlar maktabining asoschisi
hisoblanadi. F.Kene har tomonlama bilimli olim bo‗lib, Versal yaqinida kambag‗al dehqon oilasida dunyoga keldi. U yoshligidan tibbiyotga qiziqdi va bu sohada ta‘lim oldi. Keyinchalik tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. 1752-yilda Qirol Lyudovik X V saroyida tabiblik qildi. Tibbiyot va biologiyaga oid ko‗pgina asarlar yaratdi. F.Kene iqtisodiyot muammolari bilan oltmish yoshidan boshlab bevosita shug‗ullana boshladi. Shuni ta‘kidlab o‗tish kerakki, F.Kenening iqtisodiy g‗oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. U umrining oxirigacha o‗sha yerda yashadi va ijod qildi. F.Kenening «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» nomli dastlabki iqtisodiy maqolalari Didro va D.Alamber tomonidan Fransua Kene (1694–1774) 100 chop etilgan «Qomus» da e‘lon qilindi. 1758- yilda uning asosiy asari «Iqtisodiy jadval» dunyoga keldi. F.Kene nafaqat fiziokratizm maktabi asosini yaratdi, balki uning nazariy va siyosiy dasturini ham shakllantirdi. Uning fiziokratik g‗oyalarini keyinchalik A.Tyurgo va boshqa bir qator fransuz iqtisodchilari davom ettirdilar va targ‗ibot qildilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o‗sha davr tili bilan aytganda «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70-yillariga to‗g‗ri keladi. O„rganish metodi. F.Kenening iqtisodiy tadqiqotining metodologik maslagi (platformasi) ni uning tomonidan ishlab chiqilgan tabiiy tartib to„g„risidagi konsepsiya tashkil etadi. Uningcha, mazkur konsepsiyaning huquqiy asosi xususiy mulkni, shaxsiy manfaatlarni muhofaza qiluvchi va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni to‗g‗ri taqsimlashni ta‘minlovchi davlatning moddiy va ma‘naviy qonunlari hisoblanadi. F.Kenening yozishicha, tabiiy tartibning mohiyati shundaki, bir odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy manfaatidan ajralgan bo„lishi mumkin emas. Bu esa erkinlik hukmronlik qilgan sharoitda bo‗ladi. Ana shunda dunyo o‗z-o‗zidan harakatlanadi. Shu bilan birga, F.Kene ogohlantirib aytishicha, «Yuqori hokimiyat» oqsuyaklardan yoki yirik yer egalari vakillaridan tashkil topishi mumkin emas; ular birga qo‗shilib qonunning o‗zidan ancha kuchli hokimiyat tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib chiqarishi, yirtqichlarcha zulm o‗tkazishi va o‗taketgan beboshlikni keltirib chiqarishi mumkin. U yuqori davlat hokimiyati davlat boshqaruvini amalga oshirish uchun zarur bo„lgan – tabiiy tartib – qonunlarini yaxshi biladigan, o„qimishli bir shaxs qo„lida bo„lishini maqsadga muvofiq, deb hisoblagan. Sof mahsulot to„g„risidagi ta‟limot. F.Kenening nazariy merosida uning sof mahsulot (hozir uni milliy daromad, deb atashadi) to„g„risidagi ta‟limoti muhim o„rin egallaydi. Uning fikriga ko‗ra sof mahsulotning manbayi yer va unga sarflangan qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida band bo‗lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. Demak, boylikning (sof mahsulot) ko‗payishi qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi bilan bog‗liq bo‗lgan «yer in‘omidir». Shu bois, davlat sanoatni emas, balki qishloq xo‗jaligini rag‗batlantirish to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilishi kerak. F.Kene: «Dehqonlar kambag„al bo„lsa, qirollik kambag„al bo„ladi, qirollik kambag„al bo„lsa qirol kambag„al bo„ladi», deb hukumatni ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki savdogar va hunarmandlar qishloq xo‗jaligida 101 yaratilgan boylikni faqat bir joydan ikkinchi bir joyga yetkazish va o‗zgartirish bilan shug‗ullanadi. Shuning uchun savdo va sanoat Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling