O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Institutsionalizm- tarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko‗ra xo‗jalik yurituvchilar o‗rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta‘sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga muassasaviy o‗zgarishlar orqali ham ta‘sir ko‗rsatish mumkin. Taniqli davlat arbobi Uingston Cherchill(1874-1965) «Qayerga borishimizni bilish uchun qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu g‗oya nihoyatda ahamiyatli bo‗lib, bosib o‗tilgan yo‗lni to‗g‗ri baholash va kelajak istiqbolini ko‗zlash haqida fikr yuritishga undaydi. Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g‗oya jamiyat, insoniyat, ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo‗llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko‗ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo‗lgan iqtisodiy g‗oyalardagi umumiylik shundan iboratki, barcha donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning Antik olimlarning iqtisodiy qarashlari O‘rta asrlardagi iqtisodiy qarashlar Fiziokratlar Merkantilizm Ilk klassik maktab Liberal maktab Angliya klassik maktab Marjinalizm Neoklassik yo‘nalish 20-30-yy. neoklassik nazariyalar Neoklassikaning tanqidi Utopik – sotsalistik nazariyalar Markscha iqtisodiy talimot Tarixiy maktab Yangi tarixiy maktab Insitutsionalizm Marksizmning sotsalistik demokratik yo‘nalishi Marksizmning bolshevik yo‘nalishi Keynschilik Sovet davridagi iqtisodiy g‘oyalar Hozirgi davr institutsionalizmi Hozirgi davr keynschiligi Hozirgi davr neoklassik maktabi 13 asosiy manbayi ekanligi turli yo‗llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy, deb hisoblangan. XVII asr oxirida (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy ta‘limot – merkantilizm vujudga keldi. Merkantilizm to‗g‗risida qisqa ma‘lumot beradigan bo‗lsak, uning mohiyati iqtisodiy siyosatda mamlakatda va davlat xazinasida nodir metallarni ko‗proq to‗plash, nazariyada esa sohadagi (savdo, pul oboroti) iqtisodiy qonuniyatlarni tadqiq qilishdir (bu avvalgi davrdagi g‗oyalardan keskin farq qiladi). Keyingi muhim o‗zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir (XVIII asr). Bu iqtisodiy ta‘limot ichida fiziokratizm ham vujudga keldiki, uning umri uncha uzoq bo‗lmadi. Klassik maktab g‗oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo‗lmoqda (neoklassik, liberal, neoliberal, …). Marks nomi bilan bog‗liq bo‗lgan marksizm ta‘limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda muhim o‗rinni egallaydi. Hozirgi davrda bu ta‘limot to‗g‗risida imkoni boricha gapirmaslikka va ayniqsa, yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko‗proq uning salbiy tomonlarini tilga olish «moda» ga kirgan. Bunda «jon» bor albatta. 1917-yili Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tatbiq etish jarayoni samarasiz tugadi. Keyinchalik shu yo‗lga o‗tgan bir necha mamlakatlarda ham eksperiment samarasiz yakunlandi. Lekin tarix uchun insoniyatga bu saboq juda muhim, shu sababli uni chetlab o‗tish adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Utopik sotsialistlar va markschilar- ning iqtisodiy g‗oyalari ham o‗rganilishi zarur. Ko‗pgina iqtisodiy g‗oyalar obyektiv xo‗jalik amaliyoti bilan chambarchas bog‗liq. Ko‗pgina olimlar avvallari (hozir ham uchrab turadi) o‗z qarashlarini mutlaq bekami-ko‗st deb ko‗rsatishga uringanlar. Albatta, «abadiy» qonuniyatlar ham mavjud bo‗lib, ularni istalgan tizimda kuzatish mumkin, ammo ko‗p hollarda olimlar bugungi haqiqatning tarixiyligini ilg‗ab olishga har doim ham qodir emas. Ijtimoiy yo‗nalish tarafdorlari ham o‗z metodologiyalariga ehtiyot- lik bilan yondashishlari zarur. Bunday ehtiyotkorlik uchun diduktiv va induktiv yo‗nalishlar o‗rtasidagi yoki abstrakt nazariy modelni qo‗llab- quvvatlovchilar va ko‗proq tarixiy tasvirlash yo‗nalishiga xayrixohlik bildiruvchilar o‗rtasidagi qarama-qarshiliklarn o‗rganish va har bir metodologiyadan foydalanishning yaxshi va yomon taraflarini tushunish maqsadga muvofiqdir 4 . 4 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-28 b. 14 Yana bir muhim masala ustida to‗xtalib o‗tishni lozim, deb o‗ylaymiz, ya‘ni avval yuzaga kelgan iqtisodiy g‗oyalarga shu kun bilan baho beriladi va odatda ilgarigi g‗oyadagi «xato» va «kamchiliklar» aniqlanib, yangi g‗oyaning undan afzalligi «isbotlanadi». Bunda dialektik mantiq bor albatta, lekin yuqorida ta‘kidlanganidek avvalgi g‗oyalar tufayli odatda yangi g‗oyalar yuzaga keladi, shuning uchun bu g‗oya «yaxshi», unisi «yomon» kabi baholash adolatdan bo‗lmaydi. A.Smitning mashhur asarida o‗zidan avvalgi davrda yuzaga kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta‘limotlari tahlil etilgan, Yevropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab o‗rganilgan va yangi g‗oya vujudga kelgan. Yana bir qiziqarli holat shuki, biz uchun iqtisodchi bo‗lgan shaxslarning ko‗pchiligi kasb-kori, mutaxassisligi bo‗yicha boshqa soha sohiblari yoki davlat arboblari bo‗lganlar. Masalan, klassik maktab asoschisi V.Petti terapevt-shifokor, P.Buagilber huquqshunos-sudya, fiziokrat F.Kene jarroh, B.Mandevil va A.Smitlar faylasuf bo‗lishgan. Bunday misollarni ko‗plab keltirish mumkin, ammo biz ularni asosan iqtisodchilar, deb bilamiz. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling