O„zbekiston respublikasi


 Iqtisodiy ta‟limotlar tarixini o„rganishda davrlash


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

1.2. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixini o„rganishda davrlash
tizimidan foydalanish 
Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g‗oyalar 
o‗z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‗lib, ular bilan 
chambarchas bog‗langandir, bu g‗oyalarni ular tushuntirib berayotgan 
dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas, bu dunyo esa 
doimo o‗zgarishda bo‗ladi, agar bu g‗oyalar o‗z maqsadlariga to‗la 
javob berishni ko‗zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‗zgarib 
turishlari kerak», deb yozgan edi. 
Kapitalistik bozor munosabatlari davrida xo‗jalik va ijtimoiy 
hayotda baynalmilallik (internatsionalizm) kuchayganligi tufayli 
iqtisodiy fikrning rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga aylana 
boshladi. Oqibatda klassik iqtisodiy maktab asoschilari V.Petti, A.Smit 
va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma‘lum 
bo‗ldi, vaholanki, undan avvalgi ko‗pgina nazariyalar ayrim 
mamlakatlarda ko‗pchilikka ma‘lum bo‗lmasdan «O‗lik mol» sifatida 
yotgan. 
Tanlov tushuntirib berishni talab qiladi, shuning uchun tanlov 
jarayonining mavhumligi tarixchilarning xatosini, oldindan ma‘lum 
yozuvchihga moyilligini va ularning yozuvchilarni tanlash mezonini 
yashiradi. Bizning kamchiliklarimizdan biri bu munozarani yaxshi 
ko‗rishimizdir. Biz murosadan ko‗ra bahsni ko‗proq yaxshi ko‗ramiz. 
Yana bir kamchiligimiz bu “1000 gul ochilishiga imkon berish” 
yondashuvimizdir, ya‘ni biz kichkina urug‗dan qanday go‗zallik paydo 
bo‗lishini tasavvur ham qila olmaymiz. Bu xatoliklar ushbu kitobda 
hisobga olingan, shuning uchun u boshqa kitoblardan biroz farq qiladi. 
G‗arb mamlakatlarida yuzaga kelgan «Ekonomiks» va boshqa 
tadqiqotlar barchaning diqqat-e‘tiborini jalb qilmoqda. 
Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g‗oya, 
qarash, konsepsiya, nazariya, ta‘limotlar vujudga kelganligi aniq. 
Ularning barchasini to‗la o‗rganish alohida mavzu, maxsus muammo. 
Shu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil etish va 
3
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-27 b. 


10 
umumlashtirib e‘lon qilish zarur, bu yaqin kelajak vazifasi sifatida qabul 
qilinishi mumkin. 
Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‗oyalarni 
ma‘lum tizimga solish va shu asosida o‗rganish maqbuldir. O‗tgan davr 
hodisalari va g‗oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‗rma-
zo‗raki kelishtirish, moslashtirsh mumkin emas. Bu tarixni vulgar 
zamonaviylashtirishga, o‗rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor 
etishga olib keladi. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling