O„zbekiston respublikasi
Iqtisodiy ta‟limotlar tarixini o„rganishda davrlash
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- “1000 gul ochilishiga imkon berish”
1.2. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixini o„rganishda davrlash
tizimidan foydalanish Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g‗oyalar o‗z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‗lib, ular bilan chambarchas bog‗langandir, bu g‗oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas, bu dunyo esa doimo o‗zgarishda bo‗ladi, agar bu g‗oyalar o‗z maqsadlariga to‗la javob berishni ko‗zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‗zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi. Kapitalistik bozor munosabatlari davrida xo‗jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik (internatsionalizm) kuchayganligi tufayli iqtisodiy fikrning rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda klassik iqtisodiy maktab asoschilari V.Petti, A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma‘lum bo‗ldi, vaholanki, undan avvalgi ko‗pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‗pchilikka ma‘lum bo‗lmasdan «O‗lik mol» sifatida yotgan. Tanlov tushuntirib berishni talab qiladi, shuning uchun tanlov jarayonining mavhumligi tarixchilarning xatosini, oldindan ma‘lum yozuvchihga moyilligini va ularning yozuvchilarni tanlash mezonini yashiradi. Bizning kamchiliklarimizdan biri bu munozarani yaxshi ko‗rishimizdir. Biz murosadan ko‗ra bahsni ko‗proq yaxshi ko‗ramiz. Yana bir kamchiligimiz bu “1000 gul ochilishiga imkon berish” yondashuvimizdir, ya‘ni biz kichkina urug‗dan qanday go‗zallik paydo bo‗lishini tasavvur ham qila olmaymiz. Bu xatoliklar ushbu kitobda hisobga olingan, shuning uchun u boshqa kitoblardan biroz farq qiladi. G‗arb mamlakatlarida yuzaga kelgan «Ekonomiks» va boshqa tadqiqotlar barchaning diqqat-e‘tiborini jalb qilmoqda. Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g‗oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta‘limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning barchasini to‗la o‗rganish alohida mavzu, maxsus muammo. Shu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil etish va 3 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-27 b. 10 umumlashtirib e‘lon qilish zarur, bu yaqin kelajak vazifasi sifatida qabul qilinishi mumkin. Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‗oyalarni ma‘lum tizimga solish va shu asosida o‗rganish maqbuldir. O‗tgan davr hodisalari va g‗oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‗rma- zo‗raki kelishtirish, moslashtirsh mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamonaviylashtirishga, o‗rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling