O„zbekiston respublikasi
Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi quyidagi bir qator progressiv
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Induksiya Tarixiy Sistemali Mantiqiy abstraksiya Funksional Kazual (tasodifiy) Matematik
Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi quyidagi bir qator progressiv
uslublarga asoslanadi: har qanday tadqiqotning asosi uslubi sifatidagi dialektika, induksiya va deduksiya, analiz va sintez; o„tmishdagi iqtisodiy qarashlarni o„rganishda abstrakt va konkretlikni ajratish; nazariya va amaliyot o„rtasidagi o„zaro bog„liqlikning tahlili, iqtisodiy ta‟limotlardagi umumiylik, yagona va alohidalikni aniqlash. 1.2-rasm. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixining bir qator progressiv iqtisodiy tahlil uslublari Absolyut va nisbiy yondashuvlar Absolyut yondashuvchilar iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishida iqtisodchilar kasbiy mahoratining o‗sishi kabi ichki omillarning ahamiyatiga urg‗u berishgan. 1950-yillardan oldin iqtisodiyot nazariyasining ko‗plab nufuzli tarixchilari nisbiy yondashuvni yoqlab chiqishdi. Bizning fikrimizcha, na absolyut yondashuv na nisbiy yondashuvga to‗liq ishonish qiyin. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi faniga yangi iqtisodiy nazariyalar olib keluvchi tashqi va ichki omillarning bir-biriga o‗zaro Induksiya Tarixiy Sistemali Mantiqiy abstraksiya Funksional Kazual (tasodifiy) Matematik modellashtirish Ular: 17 ta‘sirining dinamik (doimiy o‗zgaruvchi) jarayoni sifatida qarash zarur. Ayrim hollarda bu rivojlanishlar fan ichidagi qarama-qarshiliklar natijasi sifatida tushuntirilishi mumkin, boshqa joylarda esa o‗sha davrning iqtisodiy va siyosiy muammolarini yaxshilab o‗rganib chiqish muhimroq, deb ta‘kidlanadi. Ayrim hollarda yangi nazariyalarni keltirib chiqaruvchi omillar shu qadar chalkashib ketadiki, nazariyaning yuzaga kelishida qaysi nazariya (nisbiymi yoki absolyutmi) muhimroq ekanligini aytish qiyin. Iqtisodchilar har xilligini tushunishning bir yo‗li iqtisodiy ta‘limotlar tarixining bir segmentini ko‗rib chiqishdir. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi bu o‗zgarishlar tarixiydir va bir vaqtlar noortodoksal bo‗lgan fikrlar boshqa bir davrga kelib asosiy ortodoksal fikrga aylanadi. Misol uchun, noortodoksal bo‗lgan Maltus, Tugan-Baranovski va Marksning fikrlari Keyns nazariyasida qisman aks ettirilgan. Bu o‗zgarishlar sodir bo‗lishiga sabab ba‘zi iqtisodchilarning noortodoksal fikrlarni qabul qilishni xohlashlari, keyin esa uni to‗g‗riligiga boshqalarni ham ishontirishlari sabab bo‗lgan. Shunday tarzda ularning fikrlari asosiy ortodoksal yo‗nalishga qo‗shilib ketadi. Noortodoksal maktablar fanning evolutsiyasi tarixida muhim rol o‗ynaydi. Ular asosiy oqimni tanqid qilishda nuqson, nomuvofiqliklarni ko‗rsatib, ularning sof va benuqson bo‗lishiga yordam beradi. Noortodoksal tushuncha va asosiy ortodoksal maktab rivojining o‗zaro ta‘sirini Alfred Marshallning iqtisodiy rivojlanishi misolida ko‗rish mumkin. U tarixiy maktab iqtisodchilari va abstrakt nazariyachilar qarashlariga qarshi chiqib neoklassik iqtisodiy yo‗nalishga asos soldi. Lekin Marshall nazariyasi XIX asr oxirida yashagan Amerika iqtisodchilari uchun o‗ta rasmiy va abstrakt nazariya edi. 1885-yilda tashkil topgan Amerika Iqtisodiyot Asotsiatsiyasi asosan nemis tarixiy maktabi tarafdorlari tomonidan nazorat qilinar edi. Tarixiy-institutsional metodologik yo‗nalish tarafdorlari va iqtisodiyotning kelajagi abstrakt matematik tahlil modellarida, deb ta‘kidlovchilar o‗rtasida ochiqcha qarama-qarshilik mavjud edi. Ularning qarama-qarshiligi hozirgi kun iqtisodiyotining shakllanishida muhim rol o‗ynagan. Amerika universitetlarida tarixiy-institutsional yo‗nalishning ahamiyati yigir- manchi asrning birinchi yarmi davomida pasayib bordi, neoklassik iqtisod esa (avval Marshall nazariyasi, keyinchalik Valras nazariyasi) aksincha, Amerikada asosiy oqimga aylandi. 5 5 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-19 b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling