O„zbekiston respublikasi
Arab mamlakatlaridagi iqtisodiy g„oyalar
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qur‟oni Karimda
2.2. Arab mamlakatlaridagi iqtisodiy g„oyalar
O‗rta asrga (feodalizm) kelib iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ancha to‗g‗ri aks ettirgan iqtisodiy g‗oya va nazariyalar shakllandi va rivojlandi. Ular o‗sha davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishdan kelib chiqqan holda o‗ziga xos xususiyat kasb etadi. Bunday xususiyatlardan biri eng avvalo, iqtisodiy g‗oya va nazariyalarda diniy qarashlarning ustunligidir. O‗sha davrda xo‗jalik hayotidagi diniy-axloqiy Me‘yorlar, ularning bozor iqtisodiy munosabatlari va ijtimoiy tizimda demokratik tamoyillarning o‗rnatilishiga to‗sqinlik qilishi yangi iqtisodiy g‗oya, nazariyalarning din ―pardasiga o‗rab‖ berilishiga sabab bo‗lgan. Arab mamlakatlarida feodal munosabatlarning shakllanishi, ijti- moiy-iqtisodiy hayot sharoitini to‗g‗ri aks ettiruvchi iqtisodiy qarashlarning kelib chiqishi yangi islom dinining paydo bo‗lishi bilan bevosita bog‗liq. Ana shunday iqtisodiy fikr va ko‗rsatmalar islom dinining muqaddas kitobi – Qur‟oni Karimda (arabcha – qiroat, ya‘ni o‗qish) keng tarzda o‗z aksini topgan. Islom dinida Qur‘oni Karim Alloh tomonidan payg‗ambarimiz Muhammad alayhissalomga vahiy qilingan, deyiladi. Qur‘oni Karimdagi iqtisodiy fikr va ko‗rsatmalar o‗zining to‗g‗ri va faolligi bilan ajralib turadi. Qur‘oni Karimdagi asosiy g‗oyalardan biri musulmonlarning qardoshligi bo‗lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar. Unda dehqon, hunarmandlar mehnati, umuman halol mehnat ulug‗lanadi, barcha boylik shu asosda paydo bo‗lishi uqtiriladi. Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat beriladi, sudxo‗rlik (sudxo‗rlik foizi) qoralanadi, xususiy mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat va hatto, hasad qilish katta gunoh, deb ko‗rsatiladi. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan, deb tan olinadi, ammo halollik va to‗g‗rilikka buyuriladi va yolg‗on ishlatish, o‗g‗rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Qur‘oni Karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash, yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish, o‗zaro yordam berish haqidagi g‗oyalar hamda soliq turlari va miqdori to‗g‗risidagi tushunchalar katta ahamiyat kasb etadi. Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa, dehqonchilik, qo‗ychivonlik bilan shug‗ullanish, mehnat qilish zarurligi marhamat qilingan. 23 Qur‘oni Karimdagi iqtisodiy g‗oyalarni bir necha guruhga ajratish mumkin. Ulardan biri eng avvalo halol mehnat, xususan dehqon, chorvador, hunarmandlar mehnati ulug‗lanadi, peshona teri bilan halollik asosida hayot kechirishga da'vat etiladi, barcha boylikning asosida mehnat yotishi uqtiriladi. «Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar» (bu hozirgi davrda eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi), «Daryo bo„yida tahorat qilsangiz ham suvni isrof qilmanglar» kabi qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Masalan, Niso surasida (29-oyat) «Mollaringizni o‗rtalaringizda nohaq (ya‘ni o‗g‗rilik, qaroqchilik, sudxo‗rlik, poraxo‗rlik, qimor kabi) yo‗llar bilan yemangiz! Balki o‗zaro rizolik bilan bo‗lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo qilingiz», deyiladi. Sudxo‗rlik, poraxo‗rlik kabi illatlar shar'iy jihatdan harom ekanligi qayta-qayta ta‘kidlanadi. Mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat (ayniqsa, omonatga xiyonat) qoralanadi, hatto biron odamning mol-mulkiga hasad qilish ham katta gunoh, deb hisoblanadi. Masalan, Moida surasining 40-oyatida yerdan unumli foydalanib olingan narsalargina insonga tegishli ekanligi ta‘kidlangan. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan, deb tan olinadi, ammo halollik va to‗g‗rilikka buyuriladi, yolg‗on ishlatish, o‗g‗rilik, mehnatsiz daromad topish man etiladi. Bu xatoga yo‗l qo‗yganligi uchun qattiq jazo choralari belgilanadi (Moida surasi, 38-oyat), «ammo kim bunday jabru-zulmdan keyin tavba qilib, o„zini tuzatsa, albatta olloh tavbasini qabul qilar» (39-oyat). Alloh Taoloning Qur‘oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g‗oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetim-yesirlar haqiga xiyonat qilish eng katta gunohlardan, deb e'lon qilingan. Shuningdek, o‗zaro yordam ham zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas, deyiladi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling