O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Mesopotamiya»
- Ko„hna Bobil iqtisodiy qarashlari.
- Eshnun Podshohi qonunlari (m.av.
Muhokama uchun savollar
1. Nisbiy va absolyut yondashuvlar iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fani- ga qanday ta‘sir ko‗rsatgan? 2. Noortodoksal va ortodoksal iqtisodchilarning g‗oyalarini o‗rga- nish nima sababdan muhim hisoblanadi? 3. Pozitiv, normativ va iqtisod san‘ati orasidagi farqni muhokama qiling. 4. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o‗rganishning qanday yaxshi taraflari mavjud? 19 II BOB. KLASSIK DAVRGACHA BO„LGAN QADIMGI IQTISODIY TA‟LIMOTLAR 2.1. Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy qarashlar Kishilik jamiyatining dastlabki davrlaridan boshlab xo‗jalik yuritish to‗g‗risida u yoki bu ko‗rinishdagi iqtisodiy fikrlar amal qilib kelgan. Lekin o‗sha paytdagi iqtisodiy fikrlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bizning davrimizga yetib kelmagan. Chunki ularni avlodlardan avlodlarga, asrlardan asrlarga olib o‗tuvchi vosita – yozuv bo‗lmagan. Yozuv qachon paydo bo‗lgan? Yozuv bundan olti ming yil avval, miloddan to‗rt ming yil oldin, o‗sha davrning madaniyat o‗chog‗i hisoblangan Mesopotamiyada ijod qilindi. Qadimgi yunon tarixchilari hozirgi Iroqdagi Dajla va Frot daryolari oralig‗idagi joylarni «Mesopotamiya» deb atashgan. Bu yunoncha so‗z bo‗lib, «ikki daryo oralig‗i» ma‘nosini bildiradi. Dajla va Furot daryolari hozirgi Turkiya chegarasidan boshlanib, sharq tomon oqib Fors ko‗rfaziga quyiladi. Bu ikki daryo atrofidagi joylarning tuprog‗i unumdor, suvi ko‗p bo‗lib, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishiga juda qo‗l kelar edi. Ko„hna Bobil iqtisodiy qarashlari. Qadimgi Sharqda ancha rivojlangan davlatlardan biri Bobil bo‗lgan. Unda xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlari nisbatan tez rivojlana boshladi. Jamiyatdagi kishilar borgan sari ko‗proq tovar ayirboshlashga jalb qilingan. Ularning ba‘zilari sudxo‗rlar to‗riga ilinib, xonavayron bo‗ldi va qullarga aylandi. To‗la huquqli bo‗lmagan (qaram) kishilar qatlami ancha ko‗payib bordi. Harbiylar va soliq to‗lovchilardan ajralib qolishga olib keluvchi bunday jarayon davlatni zaiflashtirgan. Jamiyatdagi erkin kishilarni sudxo‗rlardan himoya qilish maqsadida (ularning mulkini himoya qilish, savdo, ijara va boshqa shartlarini qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy, huquqiy munosabatlarning davlat tomonidan tartibga solinishi zaruriyati kuchaydi. Davlat bu vazifalarni qonunchilik yo‗li bilan hal qilishga uringan. Bu borada iqtisodiy fikrlar nuqtayi nazaridan Eshnun Podshohi qonunlari (m.av. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling