O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

 
Muhokama uchun savollar 
1. Nima sababdan hozirgi zamon Xitoy iqtisodchisi uchun Adam 
Smitni o‗rganishdan ko‗ra Guan Szini o‗rganish zarur bo‗lishi mumkin? 
2. Yunonlar va sxolastlar yetishmovchilikning to‗liq ma‘nosi va 
oqibatlarini tushunganlar, degan ta‘kidlashning ma‘nosi nima? 
3. Jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, sotsiologik va psixologik 
jihatlarini umumiy jamiyatdan ajratishni to‗g‗ri, deb o‗ylaysizmi? 
4. Samaradorlikning qaysi jihatlari ayrim yunon mutafakkirlarini 
qiziqtirdi? 
5. Iqtisodiy faoliyatning to‗g‗riligi bo‗yicha Aristotelning qarashlari 
qanday bo‗lgan? 
6. O‗z iste‘molingiz tarkibini baholash uchun Aristotelning ehtiyoj 
bilan talablar o‗rastidagi farqdan foydalaning. 
7. Feodal jamiyati bozor iqtisodiyoti jamiyatidan qanday farq 
qiladi? 
8. Platon, Aristotel va Avliyo Tomas Akvinskiy qarashlarida 
xususiy mulkning maqsadga muvofiqligi bo‗yicha qanday farqlar 
mavjud? Ular qarashlarini taqqoslang. 
9. Adolatli narx konsepsiyasini tushuntirib bering va adolatli narxni
obyektiv aniqlashning qiyinchiliklari to‗g‗risida bayon yozing. 
10. Sudxo‗rlik konsepsiyasning rivojlanishini tushuntirib bering va 
bu g‗oyadan bizning jamiyatimizda qay tarzda hamon foydalaniladi? 
 


42 
 
 
III BOB

O„RTA ASR IQTISODIY QARASHLARI
 
3.1. «Buyuk ipak yo„li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy 
munosabatlar rivojlanishidagi o„rni
 
Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa 
davlatlarini bog‗lovchi qadimgi savdo yo‗li - Buyuk ipak yo‗li, deb 
ataladi. Bu yo‗l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak 
yo‗li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo‗l m.av. II asrdan to milodiy 
XV asrgacha, suv yo‗llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy 
Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O‗rta Yer dengizi mamlakatlari 
o‗rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol 
o‗ynagan.
Manbalarga qaraganda Sariq dengiz qirg‗oqlaridan Xuanxe 
daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo‗l Lanchjou orqali 
Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib, biri shimoli-g‗arbga, 
ikkinchisi janubi-sharqqa yo‗nalgan. Karvon yo‗lining umumiy uzunligi 
12 ming chaqirim atrofida bo‗lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887- 
yil ushbu yo‗nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo‗li» degan nisbat beradi va 
bu ibora muomalaga kiritiladi.
Shimoliy yo‗l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashqar 
orqali Dovon (Farg‗ona vodiysi) ga borgan. U yerdan So‗g‗dning 
markazi Samarqand va Marg‗iyona (Marv) ga yo‗nalgan. Ipak yo‗li 
Farg‗ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo‗lingan. Janubiy qismi 
O‗zgandan O‗sh, Quva, Marg‗ilon, Qo‗qon orqali Xo‗jand, Samarqand, 
Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan 
o‗tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq 
tarixiy yo‗lning uzviy bo‗lagi hisoblangan. Bu yo‗l Sharq va G‗arbni 
turli jabhalarda bog‗lovchi yo‗ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat 
va boshqalar).
Shu karvon yo‗li orqali Xitoydan ipak, Xitoyga esa har xil 
gazlamalar, gilamlar va oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho 
tosh va dorivorlar keltirilgan. 
XV-XVI asrlardan bu yo‗lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo 
Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi 
tufayli, bu yo‗lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug‗ildi.


43 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling