O„zbekiston respublikasi


Forobiyning mulkchilik to„g„risidagi qarashlari


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

Forobiyning mulkchilik to„g„risidagi qarashlari. Abu Nasr 
Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan 
maqsadga muvofiq foydalanish, o‗ziga to‗q yashash to‗g‗risidagi ilg‗or 
fikrlarni ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan 
mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar uchun zarar 
keltiradigan boylik to‗plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat 
ekanligini aytib o‗tadi. 
Forobiy kishilarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga 
alohida e‘tibor beradi. Uningcha, ma‘rifatli, qonun asosida ish 
yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim 
rol o‗ynaydilar va aksincha, “...shahar aholisi ma‟rifatsiz, tajribasiz 
odamlar va bolalardan iborat bo„lsa, u holda ular qonun o„rnatgan 
tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. Ko‗rinib turibdiki
qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e‘tibor qaratilgan. 
Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to‗g‗ri tasarruf etish, undan unumli 
foydalanish 
va 
mulkni 
ko‗paytirishga 
undaydi. 
Forobiyning 
ta‘kidlashicha, “Mulk orttirishda unchalik xavf yo„q... Mulkni ehtiyot 
qilib saqlab, o„z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi”. 
 
Forobiyning mulkchilik to‗g‗risidagi iqtisodiy fikrlarining to‗g‗ri 
ekanligini hayotning o‗zi ko‗rsatib berdi. Buni mamlakatimizda 
mulkdorlar sinfining shakllanib, ularning soni ko‗payib, iqtisodiyotni 
rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi davrda Forobiyning mulk 
va unga egalik qilish haqidagi g‗oyalari yana ham faollashib borayotgani 
misolida ko‗rish mumkin. 
Forobiyning taqsimotga bo„lgan iqtisodiy qarashlari 
Taqsimot Forobiyning iqtisodiy qarashlarida o‗ziga xos usulda talqin 
etiladi. Uningcha, jamiyat va kishilar qo‗lidagi mol-mulkni, noz-
ne‘matlarni to‗g‗ri taqsimlash davlat miqyosidagi asosiy muammolardan 


47 
biri hisoblanadi. Taqsimot maqsadga muvofiq amalga oshirilmas ekan, 
ko‗pchilik kishilar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir ahvolga tushib 
qoladi. 
Shu narsa ayonki, mavjud narsalar taqsimlanadi. Shu bois 
maqsadga muvofiq taqsimotni amalga oshirishda Forobiy mavjud 
bo‗lgan barcha boyliklarni to‗g‗ri hisobga olishni nazrda tutadi. U 
shunday yozadi: “Avvalo yer va joylarning miqdori, keyin ularning 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling