O„zbekiston respublikasi


Abu Ali Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

Abu Ali Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari 
Ulug‗ mutafakkir Ibn Sino 280 dan ko‗p asarlar yozgan, ular 
tibbiyot, matematika, astronomiya, kimyo, falsafa, iqtisodiyot va boshqa 
sohalarga bag‗ishlangan. 
Ibn Sinoning inson ehtiyojlari, mehnat va uning moddiy ishlab 
chiqarishdagi roli to‗g‗risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha: 
«Hayvon tabiat ne‘matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne‘matlari 
kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. 
Hayvonlar tabiat ne‘matlarini o‗zlashtiradi, 
inson esa o‗z mehnati bilan o‗ziga ovqat, 
kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maqsadda 
inson dehqonchilik bilan shug‗ullanishi kerak. 
Hayvonlar garchi poda bo‗lib yashasalar ham 
yolg‗iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda 
o‗zlari uchun barcha yashash vositalarini topa 
olmaydilar. Shuning uchun odamlar muloqot 
va o‗zaro yordamga muhtoj bo‗ladilar». 
Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy 
muammolarini tadqiq qiladi. U jamiyatning 
amal qilishining asosi hunarmandchilik, deb 
hisoblaydi. 
«Odamning 
o„z 
quvvatini 
saqlashga va oziq-ovqatga bo„lgan ehtiyoji, –
deb yozadi Ibn Sino, – hammani hunar 
o„rganishga undaydi». 
O‗rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog‗lovchi yirik moddiy-
madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab 
chaqirim 
uzoqlikdagi 
davlatlar, 
xalqlar 
o‗rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Yevropadagi 
tovarlarga bo‗lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi 
bilmay turib, uzoq va xatarli yo‗lga chiqish mumkinmidi, katta 
karvonlarni tog‗u toshlardan, qumu cho‗llardan olib o‗tish osonmidi, 
buning uchun ma‘lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko‗rish kerak 
bo‗ldi. Yevropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u yerdan nima 
olib qaytish, karvon yo‗lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi 
bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), 
geometriya (handasa), astronomiya (falakiyot) va boshqa ko‗pgina fanlar 
rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg‗oniy, Ibn 
Sino, Ibn Ro‗shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko‗plab 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling