O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Abu Ali Ibn Sino (980–1037) 52 mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g‗oyalar ham o‗z aksini topgan. Sharq uyg‗onishi davrida yashab ijod qilgan olimlar o‗z asarlarida shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko‗plari hozirgi kunda ham o‗z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat miqyosidagi daromad va xarajatlar balansi to‗g‗risida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, davlat tabiiy ofat yoki urush bo‗lish ehtimolini hisobga olib, unga mablag‗ ajratgan holda daromad va xarajatlar balansiga erishishi zarur. Ibn Sino ideal davlat to‗g‗risida fikr yuritib, uni quyidagicha tavsiflab beradi: 1) hamma o‗z foydasini ko‗zlab mehnat qilishi kerak; 2) bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi kerakki, unda juda katta boylik va ashaddiy kambag‗allik bo‗lmasin; 3) barcha kishilar halol mehnat bilan shug‗ullanishi va halol savdo qilishi sababli urushadigan odamlar bo‗lmaydi va urushlar tugatiladi, davlatlar o‗rtasidagi siyosiy bahslar esa tinch yo‗l bilan hal etiladi; 4) ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo‗ladi, shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo‗lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi ko‗radilar, uzoq vaqt qarimaydilar. Ibn Sinoning ideal davlat to‗g‗risidagi qarashlari Platonning «Qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning «Saxovatli shahar aholisining qarashlari to‗g‗risida traktat»ida aytilgan fikrlariga ko‗p jihatdan o‗xshab ketadi. Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 1020-yili Qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri Bolasog‗unda tug‗il- di (olamdan o‗tgan yili noma‘lum). Bo‗lajak mutafakkir o‗z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda ushbu tillarda yozilgan adabiyotlarni puxta egallaydi. U 1069-1070-yillar orasida «Qutadg‗u bilig» (Qutga, ya‘ni baxt- saodatga erishtiruvchi bilim) asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg‗ochxon Bug‗roxonga taqdim Yusuf Xos Hojib 1020-yil 53 etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og‗asi) degan martabani in‘om etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma‘muriy-xo‗jalik hamda ma'rifat, obodonchilik, moddiy-ma‘naviy va davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o‗rganish, kasb-hunar egallash, xalq g‗amini yeyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari yetib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar to‗planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo‗q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari bo‗yicha so‗z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g‗oyalar o‗z davri uchun ham, hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa, iqtisodiyot masalalari bo‗yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o‗rganilgan. Asar 18 oy – bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog‗unda boshlangan va Qashqarda nihoyalangan) bo‗lsa ham uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko‗rilgan. Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat-ibodat bilangina yetishib bo‗lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko‗rsatish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga to‗qnashib, odam bilishi mumkin bo‗lmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yo‗q, bilim tufayli osmon sari ham yo‗l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o‗rganish lozimligini uqtiradi. Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta‘limotiga ko‗ra (XVIII asr) mamlakatni iqtisodiy tanglikdan chiqarish uchun 3 narsa: 1. Tinchlik-osoyishtalik. 2. Me‘yordagi soliqlar. 3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi. Ana shu g‗oya aslida bizning mutafakkir tomonidan yetti asr avval bayon etilgan. Xalq, raiyat (soliq to‗lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini ko‗tarish yoki ushlab turish; 2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta‘minlovchi qonunlarni joriy etish; 3) yo‗llarni o‗g‗ri-qaroqchilardan muhofaza qilish. Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to‗lashni (hozirgi kunda ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon, qonunlarini bajarish hamda do‗stiga do‗st, dushmanga dushman bo‗lishni talab qiladi, deb yozadi. 54 Ko‗rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o‗zaro mutanosib bo‗lishi zarurligi g‗oyasi aniq ifoda etiladi. Pulning qadrli bo‗lishi haqidagi g‗oya, aslini olganda inflyatsiya muammosi bilan chambarchas bog‗liq, baholarning mo‗tadilligi ham ta‘minlanadi. U o‗z navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valyuta masalalariga borib taqaladi. Xususiy mulk huquqini ta‘minlash bozor munosabatlarining bosh unsuridir, mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jahon rivoji asosida isbotlangan va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq mulkiga ommaviy o‗tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho‗rolar davrida boshimizdan kechirganmiz. Yo‗llarni o‗g‗rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa, tashqi savdo (eksport-import) ni ta‘minlash va qo‗llab- quvvatlashning o‗zginasidir. Bu yerda savdoning xalq xo‗jaligi uchun ustuvor ahamiyati to‗g‗risida gap yuritiladi. Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag‗al tabaqalar ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr-shafqatli, insof-adolatli, marhamatli bo‗lishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga bo‗ysunuvchi, sadoqatli bo‗lishiga chaqiradi. Mana shunday kelishtirish yo‗li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir). Kitobdagi g‗oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo‗l keladi. Unda mulk tutishning siru asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, mol-mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab-yashnashi va uning xarob bo‗lish belgilari berilgan. Mutafakkir ayniqsa, kasb-hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. «Bir yigitga qirq hunar oz» bobi xuddi shu masalaga bag‗ishlangan. Vazir, qo‗mondon, elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir. Masalan, «Vazir ko‗zining to‗q bo‗lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan asraydi. Ko‗zi och odam bor olamni yesa ham to‗ymaydi», deydi olim. Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to‗g‗risida nodir fikrlar bildiriladi. «Bular bilan yaqin bo‗lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha», shuningdek, ayniqsa bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e‘tibor berib: «Odamzod naslining ulug‗ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni yechishga qodir», deb yozadi alloma. Aql-idrok egalarining nafi har doim ko‗pchilikka tegib turadi. Bilim egalari esa elda aziz bo‗ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o‗quv-idrok 55 bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilish bilan hal etiladi. Ko‗rinib turibdiki, yurtimizda iqtisodiy rivojlanish bo‗yicha tanlangan o‗z yo‗nalishimizda ham yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari tajribasini o‗rganishga keng imkoniyatlar yaratilayotir. Bu tanlangan yo‗limizning to‗g‗riligidan dalolat beradi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling