O„zbekiston respublikasi
O„rta Osiyodagi iqtisodiy g„oyalar
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir 45 Temur, A.Navoiy, Z.Bobur
- «Jon haqida»
- «Metafizika»
3.2. O„rta Osiyodagi iqtisodiy g„oyalar O‗rta Osiyo mustaqil davlatlarining tashkil topishi, Yaqin va O‗rta Sharq mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi ularning fan va madaniyatining yanada rivojlanishiga katta turtki bo‗ldi. O‗rta Osiyo X– XIV asrlarda Sharqda ilg‗or ijtimoiy tafakkurlar rivojlangan bir markazga aylandi. Bu davrda dunyoga mashhur bo‗lgan Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir 45 Temur, A.Navoiy, Z.Bobur va boshqa ko‗plab olim va shoirlar, davlat arboblari yetishib chiqdi. Ularning asarlarida ham iqtisodiy fikrlar o‗z aksini topgan. Biz ularni quyida ko‗rib chiqamiz. A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari O‗rta asrda ilg‗or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristo- telning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu Nasr Forobiy (870– 950) hisoblanadi. U ko‗p qirrali olim bo‗lib, o‗z bilimini oshirish yo‗lida tinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan suhbatlashib undan saboq olish uchun yo‗lga chiqqan. U 70dan ko‗p tilni bilgan. Forobiy bir asarni bir marta o‗qib tushu- nolmasa, uni qayta-qayta o‗qigan. Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy o‗qigan nusxasi topilgan bo‗lib, kitob chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta o„qidim», boshqa bir kitobda esa «Bu kitobni qirq marta o„qidim, lekin yana o„qishim kerak», deb yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini o‗qib o‗rganish bilan birga, ularga sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina to‗liq tushunganligi haqida yozgan. Forobiy bugungi kunda ham o‗z ahamiyatini yo‗qotmagan moddiy ehtiyojlar to‗g‗risida ta‘limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko‗p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o‗zi topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo‗ladiki, uning har biri u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo‗ladi». Jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar to‗g‗risida bunday tushuncha o‗sha davrdagi ilg‗or fikrlardan hisoblanadi. Shu bilan birga moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining ahamiyatini, har xil hunar turlarini uqtirib o‗tgach, qullikka keskin qarshi chiqdi. Forobiy Platonga o‗xshab ideal tuzum to‗g‗risida fikr yuritdi. U kelajak haqida o‗ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini Abu Nasr Forobiy (870–950) 46 tashkil etuvchi o‗zaro yordam va do‗stlik tufayli bo‗ladigan shaharni ideal shahar, deb hisoblagan; yer yuzida barcha xalqlarning o‗zaro yordami asosida bir butun yagona jamiyat qurish mumkinligi to‗g‗risida, mahsulotlarni adolatli taqsimlash haqida fikrlar bildirgan. Ammo Forobiy mazkur o‗zaro yordamning iqtisodiy asosi – mehnat mahsulotlarini ayirboshlashning zarurligini ko‗rsatib bera olmadi. Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, Forobiy iqtisodiy masalalarni ikkinchi o‗ringa surib qo‗ydi. Bu ayniqsa, uning davlat to‗g‗risidagi talqinida ko‗rinadi, unda adolat o‗rnatish, ommani ma‘rifatli qilish uning asosiy funksiyalaridan, deb e‘tirof etiladi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling