O„zbekiston respublikasi
Qadimgi Rimdagi iqtisodiy
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
2.5. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi Katta Mark Porsiy Katon (m.av. 234–149) o‗zining «Dehqonchilik to‗g‗risida»gi asarida qishloq xo‗jaligini xalq xo‗jaligidagi asosiy tarmoq, deb hisoblaydi. Katon dehqonchilikni tashkil qilishning eng qulay usulini qo‗llashga, Mark Portsiy Katon (m.av. 234–149) 39 qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta e‘tibor berdi. U faqat ortiqcha mahsulotni sotish, xo‗jalikda ishlab chiqarish mumkin bo‗lmagan narsalarni esa sotib olish zarurligi to‗g‗risida fikr yuritdi. Eng foydali mahsulot, deb zaytun yog‗ini hisoblagan. Katon savdogarlar va sudxo‗rlar faoliyatiga salbiy munosabatda bo‗lgan. Katon tovar qiymatidan ortiqchasini foyda, deb bilgan va qiymatni to‗la ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga kiritgan. Masalan, uningcha, barcha «qiymat o‗za- gini» material sarflari, usta va yordam- chilarga to‗lanadigan haq tashkil etadi. Atoqli Rim yozuvchisi va olim Mark Terensiy Varron (m.av. 116–27) xalq xo‗jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq hisobladi. U «Qishloq xo‗jaligi to‗g‗risida» degan asarida o‗zining iqtisodiy qarashlarini bayon etdi. Chorvachilikka katta e‘tibor berib, bozor sharoitida uni eng foydali tarmoq, deb bildi. Bunday xulosa qilishning asosiy sababi shundaki, o‗sha davrda Italiyada don arzon bo‗lgan, chunki u chet o‗lkalardan ancha ko‗p miqdorda olib kelinar edi, chorvachilik daromadi esa yuqori bo‗lgan. Shu bilan birga Varron har bir xo‗jalikning o‗zini o‗zi ta‘minlashining tarafdori bo‗lgan, bozor uchun qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga esa uncha e‘tibor bermagan. Rim yozuvchisi Yuniy Moderat Kolumella (m.av. I asr) «Qishloq xo‗jaligi to‗g‗risida» degan kitobida inqiroz va kolonatning (yirik yer egalari bilan bevosita ishlab chiqaruvchilar – kolonlar o‗rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari shakli) rivojlanishi davridagi Rim qishloq xo‗jaligiga tavsif beradi. Uning fikricha, qullar yerni yaxshi ishlatmaydilar, yerdan yuqori hosil olish uchun qayg‗urmaydilar. Kolumella urug‗ni sepishdan boshlab to hosilni yig‗ib olishgacha bo‗lgan davrda qullar isrofgarchilik qilishini, yaxshi ishlamasligini, o‗g‗rilik qilishini va pirovard natijada donni qabul qilishda uning miqdorini hisob daftarida noto‗g‗ri ko‗rsatishini aytib berdi. U qullar mehnatidan ko‗ra erkin mayda ishlab chiqaruvchilar mehnatining afzalligini isbotlab berdi. Qullarning imkon boricha yerni ishlamaslikka intilishini ko‗rgan Kolumella bunday yerlarni erkin kolonlarga bo‗lib berish, mayda tovar ishlab chiqarishga o‗tish zarurligi to‗g‗risida fikr Mark Terensiy Varron (m.av. 116–27) 40 yuritadi. Bunday fikrning yuritilishi Kolumellaning ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalarini nisbatan to‗g‗ri tushunganligidan dalolat beradi. Qadimgi Rimning jiddiy iqtisodiy muammolaridan biri yerga bo‗lgan mulkchilikning oqsuyak patritsiylar qo‗lida to‗planishi va italiyalik ko‗pchilik dehqonlarning yerdan mahrum bo‗lishi hisoblanadi. Xonavayron bo‗lgan mayda dehqonlarni aka-uka Tiberiy (m.av. 162- 133-y.) va Gay (m.av. 153–121-y.) Grakxlar himoya qilib chiqishdi. Patritsiylarning yer mulkini cheklash va agrar masalalarni hal qilish maqsadida Tiberiy Grakx m.av. 133-yilda qonun qabul qilishni taklif qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq rimlik fuqarolarga davlatning haydaladigan yeridan 500 yuger (125 gektar)gacha ijaraga olish ruxsat etilgan. Bundan tashqari bir oila 1000 yugerdan ziyod yerga egalik qilishi man etilgan. Barcha ortiqcha yerlar davlat ixtiyorida bo‗lgan va yerga muhtojlarga avlodlariga qoldirish va uncha ko‗p bo‗lmagan soliq to‗lash sharti bilan 30 yugerdan bo‗lib berilgan. Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va natijada o‗n minglab dehqonlar yer olishga muvaffaq bo‗ldilar. Tiberiy Grakx ataylab o‗ldirilgandan keyin, uning ishini ukasi Gay Grakx davom ettirdi. Dehqonlarga yer berish qaytadan bosh-landi hamda shaharlik kambag‗al- larga davlat xazinasidan past bahoda don sotish to‗g‗risida qonun qabul qilindi. Grakx-larning islohoti mayda dehqon yer egaligi mavqeyini kuchay- tirish va aholi kamba-g‗allashu-vining oldini olishga qaratilgan edi. Islohot ancha muvaffaqiyatli bo‗ldi va hatto Gay Grakx o‗limidan keyin ham konservatorlar muhtojlarni yer bilan ta‘minlash to‗g‗risidagi qonunni bekor qila olmadilar. Mark Tulliy Sitseron (m.av.106–43) Ggakx aka-uka Tiberiy (m.av. 162- 133) va Gay (m.av. 153–121.) Grakxlar 41 Mark Tulliy Sitseron (m.av.106–43-y.) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq. U yashagan davrda davlat ancha markaz-lashgan bo‗lib, savdo-sotiq rivojlandi, sudxo‗rlik boylik manbayiga aylandi. Qadimgi Yunoniston iqtisodiy fikrlaridan farqli ravishda, Sitseron yirik savdoni qo‗llab-quvvatlab, mayda savdoga esa e‘tibor qaratmadi. Sisteronning sudxo‗rlikka bo‗lgan munosabati ziddiyatli bo‗lgan. Bir joyda sudxo‗rlikni ma‘qullasa, ikkinchi bir joyda uni qoralaydi. Sitseronning savdo va sudxo‗rlikka bo‗lgan qarashlarida Qadimgi Rim iqtisodiyotidagi natural va tovar xo‗jaligi o‗rtasidagi ziddiyat o‗z aksini to‗gan. Sitseron xususiy mulkchilik, yirik yer egaligi va mustamlaka mamlakatlarda ekspluatatsiyani kuchaytirish tarafdori bo‗lgan. Dehqon- chilikni ancha samarali ish turi, u bozorni tovar bilan ta‘minlashda muhim o‗rin tutadi, deb hisoblagan. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling