O„zbekiston respublikasi
Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy fikrlar
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
2.4. Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy fikrlar Qadimgi Yunonistonda ham iqtisodiy fikrlar yanada rivojlantirildi. Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus tadqiqot obyektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning zamondoshi Ksenofont (m.av. 430–355) asarlarida yaqqol ko‗rish mumkin. Uning ko‗p sonli asarlari ichida «Daromadlar to‗g‗risida» va «Ekonomikos» (xo‗jalik to‗g‗risida ta‘lim) kabi maxsus iqtisodiy asarlari alohida ahamiyatga ega. Ksenofont «Daromadlar to‗g‗risida» asarida Afina davlatining iqtisodiy holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo‗lini tavsiya etadi: 9 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 47-b. 32 1) xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko‗paytirish, ularning Afinaga kelishini rag‗batlantirish; 2) kumush qazib olishni kengaytirish; 3) qullar savdosini tashkil etish. Ksenofontning «Ekonomiks» asarida hamda uning alohida mulohazalarida quldorlik xo„jaligi iqtisodiyotiga xarakteristika beriladi. Ksenofont qishloq xo‗jaligini xalq xo‗jaligining eng asosiy tarmog‗i, deb hisoblagan. «Qishloq xo‗jaligi rivojlansa, – deb yozadi u, – boshqa faoliyat turlari ham rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u holda uning bilan birga suv va quruqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati tarmoqlari halok bo‗ladi». Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixiga birinchilardan bo‗lib mehnat taqsimotini tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U o‗zining «Kiropediya» asarida shunday yozadi: «Kichkina shaharlarda bitta ustaning o‗zi yotoq joy, eshik, plug, stol yasaydi, ko‗pincha o‗sha odamning o‗zi uy ham quradi... Albatta, bunday har xil hunar bilan shug‗ullanuvchi odam hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi mumkin emas. Aksincha, yirik shaharlarda har bir buyumga ko‗pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli har bir ustaga o‗zini Ksenofont (m.o. 430–355) 33 boqish uchun bitta hunar yetarli. Ko‗p joylarda o‗sha hunarning hatto bir qismi ham kifoya: masalan, bir usta erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi, boshqasi esa – ayollarning. Ba‘zida esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot tayyorlab, boshqasi – charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to‗rtinchisi esa – ularning hammasini birlashtirib tikib, hayot kechirish uchun haq oladi. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, kim muayyan cheklangan ish turi bilan shug‗ullansa, o‗sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir». Har qanday tovarning ikkiyoqlama xarakterini, ya‘ni uning foydaliligini va almashuv qobiliyatini birinchilardan bo‗lib tushungan ham Ksenofont hisoblanadi. Bundan tashqari natural-xo‗jalik konsepsiyasi tarafdori va shunga ko‗ra sudxo‗rlikka qarshi bo‗lganiga qaramay, u pulning zarurligi va foydaliligini tan olgan va unga xos bo‗lgan muomala vositasi va jamg‗arish vositasi funksiyalarini ko‗rsatib bergan. Gesiodning g‗oyalari eramizdan avvalgi VIII asrdan boshlab og‗zaki tarzda talqin etiladi. Gesiodga taalluqli eng muhim asar xudolarning tug‗ulishi to‗g‗risidagi ―Teogoniya‖ asaridir. Gesiodning fikricha, yetishmovchilik insonning cheksiz istaklari va cheklangan resurslar bilan bog‗liq holatidan vujudga kelmaydi, balki bu Pandora tomonidan qutini ochib, chiqarib yuborilgan yovuzliklardan biridir. Gesiodning iqtisodiy g‗oyalari uning iqtisodiy masalalarga qiziqishni boshlab bergan va ikki asr davomida muhokamalarga sabab bo‗lgan ―Ishlar va Kunlar‖ asarida berilgan. Dehqon bo‗lsada, Gesiodni samaradorlik muammosi qiziqtirgan. Ushbu davrda samaradorlik tushunchasi bir necha konteksda ishlatilgan. Samaradorlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarf qilingan resursga bo‗lgan munosabati bilan o‗lchangan. Mavjud resurslar bilan iloji boricha eng ko‗p mahsulot ishlab chiqrishga erishish uchun maksimal samaradorlik qabul qilinishi lozim bo‗lgan. Mahsulot va resurslarning o‗lchov birliklari natural o‗lchamlarda (masalan, bir akr bo‗g‗doyning bushellari) yoki pul birliklarida (masalan, doll hisobida) ko‗rsatilishi mumkin. Hozirda kimdir samaradorlikka unumdorlik nuqtayi nazaridan emas, balki chiqimlar nuqtayi nazaridan qaraydi (masalan, bir akrdan olingan bo‗g‗doy bushellari qiymati yoki mahsulot birligining qiymati). Mahsulot miqdorini maksimal darajada oshirib, yoki chiqimlarni minimal darajada kamaytirib samaradorlikni oshirish mumkin. Ko‗pchilik fermerlar va ishlab chiqaruvchilar samaradorlikka qiziqish bildiradilar: albatta, qadimgi davrdan klassik davrgacha ushbu holat 34 davom etgan. Qadimda samaradorlik muammosi ishlab chiqaruvchining darajasi va xonadoniga bog‗liq bo‗lgan. Samaradorlik masalasini iqtisodiyot darajasida o‗rganish boshlanganida nozik va murakkab masalalar to‗plamiga duch kelinadi. Ushbu holatda hech kim unumdorlikda chiqimlarni tabiiy o‗lchovlarda o‗lchay olmasligi, hatto ular to‗laqonli bo‗lmasalarda pullik o‗lchamlarga o‗tganligi orqali yaqqol namoyon bo‗ladi. Qadimgi yozuvchilarni jamiyat miqyosidagi samaradorlik qiziqtirmagan, ular iqtisodiy yetishmovchilik tushunchasi va uning oqibatlarini amalda o‗rganmaganlar. Kelib chiqishi yunon (grek) tilidan olingan ―Economics‖ (Iqtisodiyot) so‗zi Ksenofontning ―Oeconomicus‖ asarining nomidan olingan. Lekin yunonlar tomonidan ishlab chiqarishda samaradorlikka erishish xonadon miqyosida boshqarishga tegishli hisoblangan. Geradot, Ksenofont va boshqa qadimgi yozuvchilar iqtisodiyot bo‗yicha samaradorlikning aniq masalalari bilan shug‗ullanmasdan ishlab chiqarish va xonadon miqyosida samaradorlikka tegishli bo‗lgan muammolar to‗plami bilan shug‗ullanganlar. Ishlab chiqarish va xonadon miqyosida samaradorlik to‗liq tushuncha sifatida aniqlanishidan avval iqtisodiyot fan sifatida anchayin taraqqiy topgan edi (bu o‗n to‗qqizinchi asr oxirida marjinal tahlil va differensial hisoblashdan foydalanilganidan so‗ng vujudga keldi). Geradotdan keyin taxminan to‗rt yuz yil o‗tib Ksenofont tomonidan samarali boshqarish tushunchasi Geradotga qaraganda kengroq tartibda rivojlantirildi va xonadon, ishlab chiqarish, harbiy va davlat ma‘muriyati miqyosida keng qo‗llanildi. Mazkur holat mehnat taqsimotini amalda qo‗llash orqali samaradorlikni mukammallashtirish imkoniyatini berdi. Mehnat taqsimotiga Aristotel va keyinchalik boshqa olimlar tomonidan ham alohida e‘tibor berildi. 10 Natural xo‗jalik konsepsiyasi yunon mutafakkiri Platonning (m.av. 427–347) iqtisodiy qarashlari uchun ham xarakterli bo‗lgan. Bu uning «Davlat» va «Qonunlar» asarlarida o‗z aksini topgan. Birinchisida ideal davlat tuzumi loyihasi shakllantirilgan bo‗lsa, ikkinchisida real haqiqatga ancha yaqin davlat tasvirlangan. Platon «Davlat» asarida ideal ijtimoiy tuzum nazariyasini yaratib, iqtisodiy ta‘limotlar tarixiga katta hissa qo‗shdi. Ideal ―davlat‖da yashovchi kishilar uch toifaga ajratib ko‗rsatiladi: 1. Faylasuflar. 2. Harbiylar. 3. Oddiy toifa – yer egalari, hunarmandlar, savdogarlar. 10 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 48-b. 35 Bunda ijtimoiy manfaatlarni himoya qilishda oqsuyaklarning (faylasuflarning) roliga yuqori baho beriladi, negaki, ular boshqa bir toifa – harbiylar (armiya) bilan birga davlatning boshqaruv apparatini tashkil etgach, olimning fikriga ko‗ra butun jamiyatni boshqaradi. Bunda faylasuflar ham, harbiylar ham hech qanday mulkka egalik qilmaydilar (davlat manfaatlari yo‗lida chalg‗ib ketmaslik uchun); ularning moddiy ta‘minotini tekischilik tamoyili asosida davlat o‗z zimmasiga oladi. Barcha xo‗jalik ishlari, shu jumladan, mulkka egalik qilish, uni tasarruf etish ideal davlatdagi uchinchi toifa hisoblangan – yer egalari, savdogarlar va hunarmandlar zimmasiga yuklanadi. Qullar – erkin fuqarolar mulki va shuning uchun «Davlat» asari muallifi tomonidan ular hech bir toifaga kiritilmadi. «Qonunlar» asarida Platon boshqa bir loyihani tavsiya etadi va unda davlat ta‘minotida bo‗lgan, ya‘ni yuqori toifali «fuqarolarning» moddiy ta‘minoti to‗g‗risidagi oldin ilgari surilgan g‗oyalar rivojlantirilgan. Bu yerda faylasuf tenglik tamoyilida jamiyat tuzilishining ayrim ijtimoiy- iqtisodiy unsurlarning tavsifini boshqalardan oldin ko‗ra bilgan. Xususan, barcha fuqarolar Platon fikricha, ideal davlatda (qur‘a bo‗yicha) uy-joy, yer olishlari mumkin. Buning ustiga yer faqat unga egalik qilish va undan foydalanish huquqi bilan (ya‘ni to‗la bo‗lmagan mulk huquqi) berilgan bo‗lsa ham, uni olgan kishi keyinchalik bolalarining biriga aynan shu shart bilan meros qoldirish imkoniyatiga ega bo‗lgan. Fuqarolar umumiy mulkining qimmati to‗rt martadan ko‗p farq qilmasligi kerak. Platonning har ikkala loyihasida o‗xshashlik mavjud: davlatni boshqaruv apparati (birinchi loyihada) va fuqarolar (ikkinchi loyihada) oltin va kumushga ega bo‗lishlari va sudxo‗rlik bilan shug‗ullanishlari mumkin emas. U xuddi Ksenofontga o‗xshab dehqonchilikni iqtisodiyotdagi asosiy tarmoq, deb hisobladi, hunarmandchilik va savdoni jamiyatda uncha e‘tiborli bo‗lmagan mashg‗ulotlar turiga kiritdi. Antik iqtisodiy fikrlar tarixida Platon birinchilardan bo‗lib bahoning asosi va darajasi to‗g‗risidagi savolni o‗rtaga tashladi. Uning fikricha, baho davlat hokimiyati tomondan tartibga solinib turilishi kerak, bundan tashqari asos sifatida shunday baho olinishi kerakki, u o‗rtacha foyda olishni ta‘minlasin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling