O„zbekiston respublikasi


«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

 
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar 
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari (ajdodlarimiz) miloddan ancha 
ilgari rivoj topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri – 
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto» ham 
isbotlaydi. Olingan ma‘lumotlarda «Avesto» kitobining muallifi 
Zardusht (m. av. 589–512-y.) bo‗lganligi qayd etiladi. U Markaziy 
Osiyo hududida faoliyat ko‗rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va 
tabiatshunos olim bo‗lgan.  
«Avesto» boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi uchun 
kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat‘iy nazar 
ularning ro‗shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni 
shakllantirish va tarbiyalash g‗oyasi bilan sug‗orilgan. Unda xalqlarning 
qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam 
to‗g‗risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma‘naviy madaniyatlari o‗z aksini 
to‗gan. «Avesto»da Yer dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi 
okeanlar bilan o‗ralganligi haqida yozilgan. Unda 16 mamlakatning 
nomi ko‗rsatilgan bo‗lib, ulardan to‗qqiztasi (masalan, Sug‗diyona, 
Marg‗iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar) Markaziy Osiyo 
hududida joylashgan. 
«Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati yanada rivojlana 
bordi. Ko‗chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush 
tarzi (ko‗chmanchilik) o‗rnini o‗troq yashash egallay boshladi, 
sug‗oriladigan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari 
taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo‗lishi 


27 
o‗troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko‗rsata bordi. Ana shu 
o‗troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan 
ko‗chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini 
ko‗rsatib berishda «Avesto»ning ahamiyati beqiyos.
«Avesto»da: «… yerga yaxshi, sog‗lom urug‗lar sepishdan ortiq savob 
ish yo‗q…» deyilib, xalq xo‗jaligi sohasida dehqonchilikning muhim 
ahamiyat kasb etishi ko‗rsatib beriladi. «Olam go‗zalligi dehqondan, 
dehqonchilikdan, kimki yerga urug‗ qadabdiki, u odamiylikka iymon 
keltiradi, yagona shu yo‗lgina haqiqat bo‗lib, qolgani sarobdir», –deyiladi 
unda. Qo‗riq va bo‗z yerlarni o‗zlashtirish, uni jamoa o‗rtasida adolatli 
taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, 
uy hayvonlarini va chorva mollarini ko‗paytirishga ham alohida e‘tibor 
berilgan. 
«Avesto»da yer, suv, havoni bulg‗ash, ifloslantirish og‗ir gunoh 
hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, 
atrof-muhitga aslo vahshiyona munosabatda bo‗lmaslikka chorlaydi. 
Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda 
shunday deyiladi: «Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli 
ishlovchilarga va na sog‗lom baquvvat bolalarga ega bo‗ladi… Yomon 
ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo‗l-ko‗l 
bo‗lsa, muqaddas so‗zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bu yerda biz 
sog‗lom avlod to‗g‗risida, iqtisodiy va madaniy, ma‘naviy yuksalish 
o‗rtasida o‗zaro bog‗liqlik mavjudligi to‗g‗risida fikr yuritilganligini 
ko‗ramiz. O‗sha davrda aytilgan bunday fikrlar ajdodlarimiz Qadimgi 
Dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi. 
Bu noyob kitobda patriarxal urug‗ jamoasi uning tugatilishi 
davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli 
ma‘lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan avvalgi IX–VII asrlar 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma‘naviy hayot haqida g‗oyat 
muhim ma‘lumotlar beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy 
boyligidir. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling