O„zbekiston respublikasi


 Qadimgi Xitoy iqtisodiy g„oyalari


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

2.3. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g„oyalari 
 
Qadimgi Xitoy iqtisodiy g„oyalari. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari 
ichida Konfutsiy (m.av. 551 – 479-y.) alohida o‗rin tutadi. 
Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» 
(«Suhbat va mulohaza») to‗plamida aks ettirilgan. Uning fikricha, 
mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko‗paytiradi. 
Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy 
egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko‗proq qo‗llaydi. Bu 
yerda u xo‗jalik yuritishda xususiy mulkni ustun qo‗yadi.
Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko‗rsatib, 
aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, 
asosiy qismi qullardan iborat bo‗lgan «oddiy» kishilar shug‗ullanadi, 
deb ta‘kidlaydi. 
Eramizdan avvalgi yettinchi asrda Xitoyda yashab ijod etgan 
mutafakkir Guan Szi (eramizdan avvalgi 725-645-yillar)ning iqtisodiy 
faoliyati va uni turli joylarda amalga oshirish mumkinligi tahlilini 
o‗rganish maqsadida biz uning yangi tarjima qilingan asarlari bilan 
qisqacha tanishamiz. Iqtisodiyot sohasida ko‗pgina qadimgi Xitoy 


30 
asarlari Shumpeterning tasvirlashiga mos keladi: ular qat‘iyan ―ilmiy‖ 
o‗rganishlardan ko‗ra etik asosga muvofiq davlat boshqaruvi 
mulohazalari bilan cheklangan.
7
Konfutsiy ta‘limotiga ko‗ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning 
otasi», «to‗g‗ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning 
kafolati. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat 
toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma‘naviy 
yuksalishga da‘vat etgan, kattalarga bo‗lgan hurmat qoidalari to‗g‗risida, 
farzandlik burchi to‗g‗risida, aka-ukalar o‗rtasidagi do‗stlik to‗g‗risida 
qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta‘limotidan shu narsani 
ko‗rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda 
ustalik bilan xo‗jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo‗ladi». 
Lekin Guan Szining ―Guan-szi kitobi‖ ma‘muriy qolipdan uzoq asar 
sifatida mashhur. U o‗z ichiga iqtisodiy tafakkurnig markaziga tegishli 
bir qator g‗oyalarni oladi. Ehtimol, ularning eng muhimi talab/taklif 
nazariyasining taxmini bo‗lgan uning ―yengil/og‗ir‖ nazariyasidir.
Guan Szi tovar agar u mo‗l bo‗lsa, uning vazni yengillashgan va 
uning narxi pasayganligini ta‘kidlagan. U ―qulf ostiga berkitilsa‖, uning 
vazni og‗irlashgan va narxi ko‗tarilgan bo‗ladi. Tovarning yengilligi va 
og‗irligiga asoslangan holda narxlarning muayyan darajasida tovarlar 
bozor tomon yoki undan tashqari tomon harakat qila boshlaydi. Shu 
tarzda yengil/og‗ir nazariyasi talab va taklif qonunining ta‘kidlanishi 
bo‗lgan. Guan Szi yengil/og‗ir nazariyasidan pulning miqdor 
nazariyasini rivojlantirish uchun foydalangan, pul og‗ir bo‗lganida uning 
narxi ko‗tarilganligini ta‘kidlagan (tovarlar narxi pasayadi) va pul yengil 
bo‗lganida, uning narxi pasayadi (tovarlar narxi ko‗tariladi). Bu 
tebranishni to‗xtatish uchun u pul og‗ir bo‗lganida (buning yordamida 
narx darajasi ko‗tarilib), hukumat tovarlarni xarid qilishi lozimligini va 
pul yengil bo‗lganida (buning yordamida narx darajasi pasaytirilib) 
tovarlarni sotishni tavsiya etgan. Bu nafaqat narx darajasini 
barqarorlashtirishga, 
balki 
hukumat 
uchun 
pul 
daromadlarini 
ko‗paytirish imkonini bergan.
8
Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda xitoylik mualliflar 
birgalikda yozgan asar «Guan-szi» g‗oyalari keng tarqalgan. Bu asarda 
ilgari surilgan ba‘zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo‗lsada, bugungi 
7
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 45-b. 
8
Bu muhokama Guan Szining W.Allyn Rickett tomonidan nashr qilingan asarlari (A Conside History of Chinese 
Economic Thought, 1998).


31 
kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin, marvarid alohida 
boylik sifatida ko‗rilmaydi; bunday boylik, deb eng avvalo, moddiy 
ne‘matlar (tovar) e‘tirof etiladi. Asarda ko‗rsatilishicha, bir tomondan, 
«oltin davlat resurslarini hisoblash o‗lchovi hisoblanadi», ikkinchi 
tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo‗lib xizmat 
qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to‗g‗risida 
aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o‗sha 
yerda tinchlik, osoyishtalik bo‗ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni 
tartibga solib turish uchun asar mualliflari davlatning don zaxiralarini 
tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga 
bo‗lgan to‗g‗ri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya‘ni ulardan 
foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo‗lgan soliqni kengay-
tirishni tavsiya etadilar. «Guyan-szi» mualliflari «davlatni boy, xalqni 
mamnun» holda ko‗rishni xohlaganlar. Asarda yer va suvlarni davlat 
ixtiyoriga o‗tkazish, ulardan daromad olish yo‗lida foydalanish, 
baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e‘tiborga molik 
iqtisodiy g‗oyalar ilgari surilgan. 
Guan Szi faol tarzda siyosatni o‗z zamonining institutsional tizimiga 
moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari 
bilan muvofiqlikda tizimlashtirdi. Hozirda Xitoy muhim iqtisodiy 
islohotlar jarayonlarini boshidan kechirmoqda va G‗arb iqtisodchilari 
uni qay tarzda tuzish va boshqarish bo‗yicha fikrlar olish uchun 
murojaat qilmoqdalar. Xitoy an‘analariga ko‗ra Guan Szini o‗rganish 
G‗arbiy hamkorlarning ortodoksal tahlilidan ko‗ra muhimroq.
9

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling