O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi fanining ahamiyati va uning maqsadi
6 I BOB. IQTISODIY TA‟LIMOTLAR TARIXI FANINING PREDMETI VA O„RGANISH USULI 1.1. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi fanining ahamiyati va uning maqsadi Bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonida iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fani insonlarning iqtisodiy bilim saviyasini oshirish, iqtisodiy fikr, g‗oya, nazariyalarning kelib chiqish tarixini, ularning mohiyatini, iqtisodiy maktablar, hozirgi zamon iqtisodiy yo‗nalishlari, ularning asosiy qoidalarini yaxshi bilish, har bir nazariyaning o‗ziga xosligini, uning asosiy tomonlarini, nazariya bilan amaliyotni bir-biriga bog‗lab o‗rganish zarurligini, har qanday iqtisodiy xulosa universal bo‗lmasligini, shu bois ularning amal qilish xususiyatlarini to‗g‗ri tushinishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo‗shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to‗g‗risida imkoni boricha ko‗proq bilishga intilmoqdalar. Bundan ummon kabi keng iqtisodiyot fanini o‗rganishni nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug‗ilishi tabiiy. Iste‘molchilar xohishlari odatda, chegaralanmagan va cheksizdir, ammo resurslar (odatda yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik layoqati) cheklangandir. Tanqislik muammosini hal qilish uchun cheklangan iqtisodiy resurslarni cheklanmagan muqobil variantlar (xohish-istaklar) o‗rtasida adolatli taqsimlaydigan ijtimoiy mexanizm zarur. Bunday taqsimot bir tarafdan iste‘molchi istaklarini kamaytirishi va cheklashi kerak, ikkinchi tomondan esa iqtisodiy resurslar va ne‘matlarni yetkazib berishni ko‗paytirishi kerak. 1 Shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani kabi iqtisodiyotni o‗rganishni ham tarixdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to‗la hal etishda o‗tgan 1 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-16 b. 7 asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo o‗tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirgi va kelajak to‗g‗risida to‗g‗ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Aniqrog‗i velosipedni qayta kashf qilishga hojat qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. Iqtisodiyot insonning tarixi kabi qadimiydir. Iqtisodiyotga oid fikr, g‗oya, qarash, nazariya va ta‘limotlar ham ko‗p ming yillik tarixga ega. Lekin ularning asosiy qismi yozuv paydo bo‗lganidan so‗ng, yozma manbalardan bizgacha yetib kelgan. Bu manbalar, ulardagi g‗oyalar, avvalo, insoniyatning muqaddas mulkidir, uni topish, o‗rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo‗lsa, ulardagi nodir fikrlarni hayotga tatbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etishi bilan birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. Iqtisodiyot baynalmilal hodisa bo‗lib, uning oldida turgan vazifalar barcha xalqlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha natijalarga erishganlar. «Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‗oya, qarash, nazariya, qonun, ta‘limot, konsepsiyalarining tarixiy rivojlanishi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. «Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi» fanini o‗rganish manbalari turli-tuman bo‗lib, qadimgi arxeologik topilmalar, moddiy ne‘matlar, qoya va bino devorlaridagi rasmlar, chizmalar va xalq og‗zaki ijodi namunalari muhim ahamiyatga ega. Ammo bu fanning eng muhim manbalari bo‗lgan qo‗lyozmalar, davlat arboblari, olim, donishmand, mutafakkirlarning yozib qoldirgan kitoblari hal qiluvchi o‗rinni egallaydi. Jahon iqtisodiy tafakkurida qadimgi qo‗lyozmalar o‗ta ahamiyatlidir. Masalan, O‗zbekiston fanlar akademiyasi sharqshunoslik institutida arab, fors, qadimgi turk tillarida yozilgan yigirma besh mingdan ortiq qo‗lyozma mavjud. Lekin bu qo‗lyozmalarni o‗rganishda ma‘lum obyektiv va subyektiv kamchiliklar mavjud. Xuddi sutning qaymog‗ini olish oson bo‗lganidek, bu qo‗lyozmalardagi ensiklopedik g‗oyalardan muhimlarigina o‗rganilgan, iqtisodiyot tafakkuri bilan bog‗liq bo‗lgan materiallar hali o‗z tadqiqotchilarini kutib yotibdi. Bu fanning maqsadi avvalgi ortodoksal g‗oyalar zamonaviy iqtisodiy nazariyaning mazmuni va predmetiga qo‗shgan hissalarini va shu bilan birga ortodoksal bo‗lmagan boshqa g‗oyalarning zamonaviy iqtisodiy ta‘limotlarning shakllanishidagi ahamiyatini ko‗rsatgan holda iqtisodiy nazariyaning asrlar davomida shakllanishini tasvirlab berishdir. 8 Kitobda iqtisodiy nazariyadagi asosiy uslubiy masalalar, iqtisodiy nazariyaning fan sifatida rivojlanishi va o‗sha davrning iqtisodiy holati o‗rtasidagi bog‗liqlik hamda yaratilgan nazariyaning mazmunini to‗laroq tushuntirib beruvchi uning ichki bog‗liqliklari va ishlash mexanizmlari ko‗rib chiqilgan va tahlil qilingan. Bundan tashqari kitobda alohida olingan g‗oya va fikrlarning iqtisodiy nazariyaning rivojlanishidagi ahamiyati va o‗z o‗rnida nazariyaning ijtimoiy-iqtisodiy siyosat shakllanishidagi ahamiyati to‗g‗risida batafsil ma‘lumotlar berilgan. Tabiyiki, bu iqtisodiy ta‘limotlar kishilarning dunyoqarashi va rasmiy nazariyalaridan tashkil topgan. Iqtisodiy dunyoqarash shaxsning dunyodagi voqeliklarni o‗z ongida aks ettirishidir. Iqtisodiy nazariya esa ana shu dunyoqarashning soddalashtirilgan shakli modellaridan tashkil topadi. Alohida olingan iqtisodchining qarashlarini tushinish uchun uning ham dunyoqarashi, ham nazariy modeli qanday ekanligini o‗rganish lozim. 2 Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanini o‗rganishning asosiy sabablaridan biri yaxshi iqtisodchi bo‗lishdir. O‗tmishning va hozirning eng muhim iqtisodchilari o‗z fanlari nazariyasi tarixi bilan yaqindan tanish bo‗lganlar. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o‗qish nazariy va mantiqiy qobilyatlarni oshiradi, farazlarni xulosaga bog‗lashga imkon beradi, o‗z fikridan farqli bo‗lgan tizimli mantiq asosida ishlashni o‗rgatadi. O‗tmish g‗oyalarini o‗rganishning yana bir sababi yangi g‗oyalarni shakllantirishdir. Oldingi iqtisodiy nazariyalarni o‗rganish ko‗pincha yangi g‗oyalarni yaratishga undaydi. Ba‘zan nazariyalar o‗tmishda yo‗qolib ketadi va kelajakka yetib bormaydi yoki ular ma‘lum vaziyatlargagina bog‗liq bo‗lib qolishadi. 1815-yillarda renta va unumdorlikning pasayib borishi tuhunchalarining rivojlantirilishi bunga yaxshi misol bo‗ladi. Ya‘ni renta va unumdorlikning pasayib borishi tuhunchalari 1890-yillargacha ishlab chiqarish omillariga tatbiq etilmaguncha faqatgina yerga nisbatan ishlatilgan. Shunday qilib, zamonaviy ortodoksal iqtisodning yuzaga kelishini o‗rganish orqali ortodoksal g‗oyalardan farqli bo‗lgan, lekin hozirgi kun iqtisodiy nazariyalar mazmunining shakllanishiga yordam bergan g‗oyalarni esdan chiqarmagan holda, iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o‗rganishimiz lozim. Iqtisodiy nazariyalarning ko‗lami va mazmuniga qo‗shimcha ravishda o‗sha davrdagi iqtisodiy vaziyat o‗rtasidagi bog‗liqlikka ham e‘tibor qaratishimiz zarur. Nazariyalardan kelib 2 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-16 b. 9 chiquvchi umumiy xulosalar hamda alohida olingan g‗oyalarning rivojlanishi orqali iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni shakllantirishdagi ahamiyatini ko‗rsatib o‗tishimiz zarur 3 . Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling