O„zbekiston respublikasi


Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi quyidagi bir qator progressiv


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi quyidagi bir qator progressiv 
uslublarga asoslanadi: 
har qanday tadqiqotning asosi uslubi sifatidagi dialektika, 
induksiya va deduksiya, analiz va sintez; 
o„tmishdagi iqtisodiy qarashlarni o„rganishda abstrakt va 
konkretlikni ajratish; 
 nazariya va amaliyot o„rtasidagi o„zaro bog„liqlikning tahlili, 
iqtisodiy ta‟limotlardagi umumiylik, yagona va alohidalikni aniqlash. 
 
1.2-rasm. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixining bir qator progressiv 
iqtisodiy tahlil uslublari
 
Absolyut va nisbiy yondashuvlar 
Absolyut yondashuvchilar iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishida 
iqtisodchilar kasbiy mahoratining o‗sishi kabi ichki omillarning 
ahamiyatiga urg‗u berishgan.
1950-yillardan oldin iqtisodiyot nazariyasining ko‗plab nufuzli 
tarixchilari nisbiy yondashuvni yoqlab chiqishdi.
Bizning fikrimizcha, na absolyut yondashuv na nisbiy yondashuvga 
to‗liq ishonish qiyin. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi faniga yangi iqtisodiy 
nazariyalar olib keluvchi tashqi va ichki omillarning bir-biriga o‗zaro 
Induksiya 
Tarixiy 
Sistemali 
Mantiqiy abstraksiya 
Funksional 
Kazual (tasodifiy) 
Matematik 
modellashtirish 
Ular: 


17 
ta‘sirining dinamik (doimiy o‗zgaruvchi) jarayoni sifatida qarash zarur. 
Ayrim hollarda bu rivojlanishlar fan ichidagi qarama-qarshiliklar natijasi 
sifatida tushuntirilishi mumkin, boshqa joylarda esa o‗sha davrning 
iqtisodiy va siyosiy muammolarini yaxshilab o‗rganib chiqish 
muhimroq, deb ta‘kidlanadi. Ayrim hollarda yangi nazariyalarni keltirib 
chiqaruvchi omillar shu qadar chalkashib ketadiki, nazariyaning yuzaga 
kelishida qaysi nazariya (nisbiymi yoki absolyutmi) muhimroq 
ekanligini aytish qiyin.
Iqtisodchilar har xilligini tushunishning bir yo‗li iqtisodiy 
ta‘limotlar tarixining bir segmentini ko‗rib chiqishdir. Iqtisodiy 
ta‘limotlar tarixi bu o‗zgarishlar tarixiydir va bir vaqtlar noortodoksal 
bo‗lgan fikrlar boshqa bir davrga kelib asosiy ortodoksal fikrga aylanadi. 
Misol uchun, noortodoksal bo‗lgan Maltus, Tugan-Baranovski va 
Marksning fikrlari Keyns nazariyasida qisman aks ettirilgan. Bu 
o‗zgarishlar sodir bo‗lishiga sabab ba‘zi iqtisodchilarning noortodoksal 
fikrlarni qabul qilishni xohlashlari, keyin esa uni to‗g‗riligiga 
boshqalarni ham ishontirishlari sabab bo‗lgan. Shunday tarzda ularning 
fikrlari asosiy ortodoksal yo‗nalishga qo‗shilib ketadi. 
Noortodoksal maktablar fanning evolutsiyasi tarixida muhim rol 
o‗ynaydi. Ular asosiy oqimni tanqid qilishda nuqson, nomuvofiqliklarni 
ko‗rsatib, ularning sof va benuqson bo‗lishiga yordam beradi. 
Noortodoksal tushuncha va asosiy ortodoksal maktab rivojining o‗zaro 
ta‘sirini Alfred Marshallning iqtisodiy rivojlanishi misolida ko‗rish 
mumkin. U tarixiy maktab iqtisodchilari va abstrakt nazariyachilar 
qarashlariga qarshi chiqib neoklassik iqtisodiy yo‗nalishga asos soldi. 
Lekin Marshall nazariyasi XIX asr oxirida yashagan Amerika 
iqtisodchilari uchun o‗ta rasmiy va abstrakt nazariya edi. 1885-yilda 
tashkil topgan Amerika Iqtisodiyot Asotsiatsiyasi asosan nemis tarixiy 
maktabi tarafdorlari tomonidan nazorat qilinar edi. Tarixiy-institutsional 
metodologik yo‗nalish tarafdorlari va iqtisodiyotning kelajagi abstrakt 
matematik tahlil modellarida, deb ta‘kidlovchilar o‗rtasida ochiqcha 
qarama-qarshilik mavjud edi. Ularning qarama-qarshiligi hozirgi kun 
iqtisodiyotining shakllanishida 
muhim 
rol o‗ynagan. 
Amerika 
universitetlarida tarixiy-institutsional yo‗nalishning ahamiyati yigir-
manchi asrning birinchi yarmi davomida pasayib bordi, neoklassik 
iqtisod esa (avval Marshall nazariyasi, keyinchalik Valras nazariyasi) 
aksincha, Amerikada asosiy oqimga aylandi.
5
5
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-19 b. 


18 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling