O„zbekiston respublikasi
K.Marks iqtisodiy ta‟limotining umumiy tavsifi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
7.5. K.Marks iqtisodiy ta‟limotining umumiy tavsifi
Karl Marks klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri sifatida iqtisodiy ta‘limotlar tarixida yorqin iz qoldirdi. U 1818-yil 5- mayda Germaniyaning Trir shahrida tug‗ilgan. Uning otasi advokat, yahudiy bo‗lib, 1824-yilda protestantlikni qabul qilgan. Oilasi davlatmand, ma‘rifatli bo‗lgan. K.Marks Trir shahrida gimnaziyani tamomlagandan so‗ng dastlab, Bonndagi, so‗ngra Berlindagi universitetga kirdi, yuridik fanlarni, tarix va falsafani o‗rgandi. 1841- yilda Epikur falsafasi to‗g‗risida universitet dissertatsiyasini topshirib, kursni bitirdi. 1842-yili K.Marks Bonnga ko‗chib keldi va shu yilning oktabrida «Reyn gazetasi»ning bosh muharriri bo‗ldi va Bonndan Kyolnga ko‗chib o‗tdi. 1843-yili birdaniga bir qancha voqea sodir bo‗ldi: u muharrirlik qilgan gazeta yopildi, nemis baronining qizi Jenni Fon Vestfalenga uylandi, Parijga ko‗chib o‗tdi. Keyingi ikki yil (1844–1845) K.Marks uchun iqtisodiy nazariya, falsafani chuqur o‗rganishning boshlanish davri bo‗ldi. U G.Geyne, P.Prudon, M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels bilan do‗stlashdi. K.Marks 1845–1848-yillari Bryusselda bo‗ldi. O‗sha yillari F.Engels bilan hamkorlikni davom ettirgan holda, «Nemis ideologiyasi» va «Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848-yili Germaniyaga Kyoln shahriga keldi va «Yangi Reyn gazetasi»ga rahbarlik qildi. U o‗zining gazetasida 1849-yili «Yollanma mehnat va kapital» asarini chop etdi. Shundan so‗ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu yerga qaytib kelmadi. K.Marks avval Parijga keldi, u yerda bir oz vaqt turgandan keyin Londonga borib, umrining oxirigacha (1850-1883) shu yerda yashadi. Aynan Londonda yashagan davrlarda K.Marks o‗zining ko‗p sonli asarlarini, jumladan, hayotining mazmunini tashkil etgan ―Kapital‖ni yozdi. K.Marksning iqtisodiy konsepsiyalari asosan uning ushbu mashhur asarida berilgan. Uning bu asari to‗rt jilddan iborat bo‗lib, birinchi jildi 1867-yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi jildlari 158 K.Marks o‗limidan keyin F.Engels tomonidan (ikkinchi jildi 1885-yil, uchinchi jildi 1894-yil) chop etildi. To‗rtinchisi tugallanmasdan qolib ketdi. Unda K.Marks siyosiy iqtisod tarixini ko‗rib chiqmoqchi bo‗lgan. Kapital ishlab chiqarish jarayoni «Kapital»ning birinchi jildining mazmunini tashkil etadi. Ikkinchi jildida kapitalning muomala jarayoni tadqiqot etiladi. Uchinchi jildida yaxlit olingan kapitalistik ishlab chiqarish jarayoniga tavsif beriladi. To‗rtinchi jildi («Qo‗shimcha qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta‘limotlar tarixiga bag‗ishlangan. K.Marks «Kapital»ga yozgan so‗zboshisida: «Asarimning tub maqsadi hozirgi zamon jamiyati, ya‘ni kapitalistik jamiyati harakatining iqtisodiy qonunini ochib berishdir», – deydi. Ushbu tarixiy jihatdan muayyan jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlarini va bu munosabatlarning paydo bo‗lishini, taraqqiy qilishini va tanazzulga yuz tutishini ko‗rsatib berish K.Marks iqtisodiy ta‘limotining asosini tashkil etadi. Kapitalistik jamiyatda tovar ishlab chiqarish umumiy tus olgan, shu sababli K.Marksning tadqiqoti ham tovarni tahlil qilishdan boshlanadi. Qiymat nazariyasi. Marks ta‘limotiga binoan har bir tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan o„lchanadi. Bir turdagi tovarni ishlab chiqarish uchun turli miqdorda mehnat sarflanadi. Buning natijasida tovarlar har xil individual qiymatga ega bo‗ladi. Lekin qiymat o‗zida ijtimoiy mehnatni mujassam- lashtirganligi sababli uning miqdori individual mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy zarur mehnat bilan o‗lchanadi, ijtimoiy zarur ish vaqti bilan belgilanadi. «Iste‘mol qiymatiga ega bo‗lgan qiymat miqdori, – deb yozadi K.Marks, – uni ishlab chiqarish uchun kerak bo‗lgan Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling