O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
qo„shimcha qiymat me‟yori, deb atadi. Uning yozishicha, «qo‗shimcha
qiymat me‘yori ishchi kuchining kapital tomonidan yoki ishchining kapitalist tomonidan eksplutatsiya qilinish darajasining aniq ifodasidir». Qo‗shimcha qiymat me‘yori yangidan yaratilgan qiymatning kapitalist bilan yollanma mehnat o‗rtasida qanday taqsimlanishini, shuningdek, ish kunining qancha qismida ishchi o‗zi uchun va qancha qismida kapitalist uchun ishlashini ko‗rsatib beradi. Yuqorida qayd qilib o‗tilganidek, ishchi «zarur ish vaqti»da o‗z ishchi kuchi qiymatiga teng qiymat yaratadi, «qo‗shimcha ish vaqti»da esa qo‗shimcha qiymat yaratadi, ya‘ni kapitalist uchun ishlaydi: kapitalist qo‗shimcha ish vaqtini uzaytirishga harakat qiladi. Unga erishishning ikki yo‗li mavjud: ish kunini uzaytirish va zarur ish vaqtini qisqartirish. Ish kunini mutlaq uzaytirish yo‗li bilan olinadigan qo‗shimcha qiymatni K.Marks «absolyut qo„shimcha qiymat» deb atadi. «Absolyut qo‗shimcha qiymat hosil qilish, – deb yozadi u – ish kunini ishchi faqat o‗z ishchi qiymatining ekvivalentini ishlab chiqara oladigan chegaradan nariga uzaytirishdan va bu qo‗shimcha mehnatni kapitalni o‗zlashtirib olishdan iborat». Zarur ish vaqtini qisqartirish va shunga muvofiq qo‗shimcha ish vaqtini uzaytirish yo‗li bilan olinadigan qo‗shimcha qiymatni K.Marks “nisbiy qo„shimcha qiymat”, deb atadi. Bu yerda shu narsaga e‘tibor berish kerakki, ya‘ni qiymat qonuniga xilof ish qilmaslik uchun ekvivalentli ayirboshlashning buzilmasligi kapitalist ishchi kuchi qiymatiga nisbatan ish haqini kamaytirish hisobiga zarur ish vaqtini qisqartirishi mumkin emas. Ammo ishlab chiqarishni yaxshi tashkil etish 161 va samarali texnika va texnologiyani qo‗llash tufayli mehnat unumdorligini oshirish yo‗li bilan bunga erishish mumkin. Kapitalist o‗z foydasini ko‗paytirish maqsadida fan va texnika yutuqlaridan ishlab chiqarishda ko‗proq foydalanishga harakat qiladi. Ayrim kapitalistlar tomonidan fan-texnika taraqqiyoti natijalarini amaliyotda qo‗llash o‗rtacha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi, bu esa unga foydani ko‗paytirish imkonini beradi. Bu yerda «ortiqcha qo„shimcha qiymat» vujudga keladi. Ammo raqobat qonuni asosida boshqa kapitalistlar tomonidan ham yangiliklarning ishlab chiqarishda qo‗llanilishi natijasida bozor bahosi pasayadi va ortiqcha qo‗shimcha qiymat yo‗q bo‗lib ketadi. Demak, qo‗shimcha qiymat ishlab chiqarish tadbirkorlarni yangi texnika va texnologiyalarni qo‗llashga undaydi. Ish haqi. K.Marks ish haqini klassik siyosiy iqtisod asoschilariga o‗xshab mehnat uchun to‗lanadigan haq, deb emas, balki ishchi kuchi uchun to„lanadigan haq, deb talqin qiladi. Uning nazariyasiga muvofiq, ish haqi ishchining va uning oilasining hayot kechirishi uchun zarur bo‗lgan tovarlar miqdoriga teng bo‗ladi. Ish haqi darajasi mehnat unumdorligiga bog‗liq bo‗lib, u o‗z navbatida, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashuvi va texnologik jihatdan ta‘minlanishi sababli ro‗y beradi. Bu hol pirovard natijada ish haqining o‗sishiga to‗sqinlik qiladi, negaki, texnik-iqtisodiy taraqqiyot ishchi kuchining doimiy ortiq- chaligini keltirib chiqaradi. Ishchi kuchining ortiqchaligi esa, ishchilar bilan kapitalistlar o‗rtasidagi munosabatda keyingisiga ustunlik beradi va ishchi kuchi o‗z qiymatidan past bahoda sotiladi. Demak, K.Marks bo‗yicha ishchi mehnatini emas, balki ishchi kuchini sotdi, bunda «haq to‗lanmagan mehnat»ning (aniqlash va o‗lchash mumkin bo‗lgan) ish haqiga aloqasi bo‗lmaydi, «haq to‗lanmagan ishchi kuchi»ni esa aniqlash mumkin emas, negaki, bitim (kelishuv) bir butun ishchi kuchi qimmatini ayirboshlash yuzasidan tuziladi. Kapitalist ish haqini «bitim» tuzilgandan keyin emas, balki mehnat jarayoni tugagandan keyin to‗laydi. Ishchi o‗z ishchi kuchining qiymatini ish haqi shaklida olishdan avval kapitalistga ma‘lum miqdorda mehnat, shu jumladan, qo‗shimcha mehnat ham qilishi kerak. Mehnat sarfi esa, uning nazariyasiga ko‗ra ish vaqti bilan o‗lchanadi. Binobarin, ishchi kuchining ma‘lum muddat davomida unumli mehnat qilishi uning qiymatiga haq to‗lash sharti bo‗lib qoladi. K.Marks fikri bo‗yicha, real ish haqi «hech qachon mehnat unumdorligi kuchining oshishi bilan mutanosib tarzda o‗smaydi» va 162 natijada ishchilarning kambag‗allik va ma‘naviy qashshoqligi kelib chiqadi. Lekin tajriba bunday qarashlarning mutlaq noto‗g‗ri ekanligini ko‗rsatib berdi. Kapitalizm nafaqat texnologiyalar darajasini takomillashtirib bordi (buni Marks tan olgan), balki ijtimoiy masalalar bo‗yicha ham katta yutuqlarni qo‗lga kiritdi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling