O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

 
 
bu yerda: MU – ayrim tovarlarning me‘yorli foydaliligi;
P – ularning narxi. 
Shunday 
qilib, 
turli 
tovarlarning 
me‘yorli 
foydaliliklari 
tenglashadi. Agar 1 kg apelsin 100 so‗m, 1 kg ananas esa 300 so‗m 
tursa, unda ananasning foydaliligi apelsinning uch karra ko‗paytirilgan 
foydaliligiga teng. Shunday taqqoslashga muvofiq bozorda alohida 
tovarlarning narxlari o‗rnatiladi, nisbatlar shakllanadi, nisbiy narxlar 
tashkil topadi. Natijada pul birligiga olinadigan har bir tovarlarning 
me‘yorli foydaliliklari tengligi kelib chiqadi. 
Ijtimoiy Me‟yorli foydalilik. Bozorda har bir subyekt o‗ziga 
keragidan ortiqcha tovarlarini (subyekt uchun me‘yorli foydaliligi 
nisbatan katta bo‗lmagan) sotish va o‗zi ehtiyoj sezgan tovarni (uning 
Me‘yorli foydaliligiga nisbatan yuqori) sotib olish yuzasidan ish 
yuritadi. Kishilarning manfaatlari to‗qnashadi va iste‘molchilar bilan 
sotuvchilarning subyektiv baholashi yagona ijtimoiy qiymatni keltirib 
chiqaradi. Agar bozorda faqat bitta sotuvchi (uning uchun sotilayotgan 
tovarning Me‘yorli foydaliligi, masalan, 100 pul birligiga teng) va bitta 
(300 pul birligiga teng) xaridor bo‗lsa, unda narx 100 dan 300 gacha 
bo‗lgan chegarada tebranib turadi. Lekin bozor ishtirokchilari qancha 
ko‗p bo‗lsa, bozor qiymati chegarasi imkoniyatlari shuncha kam bo‗ladi 
(Edjuort teoremasiga muvofiq). 
E.Bem-Baverk o‗nta xaridor va sakkizta sotuvchi qatnashadigan ot 
bozorini misol qilib keltiradi. Har bir xaridor o‗zining yuqori narx 
chegarasiga ega («undan qimmatiga olmayman»), har bir sotuvchi esa 
quyi narx chegarasiga («undan kamiga sotmayman») (2-jadval). Bir ot 
uchun belgilangan narx 120 pul birlik bo‗lganda bozorda 10ta xaridor va 
2 tagina sotuvchi qoladi. Bunda talab taklifdan oshib ketadi va narx, 
albatta, ko‗tariladi (xaridorlar o‗rtasida raqobat natijasida). 


180 
8.2-jadval 
Xaridorlar









10 
Qimmat 
bo‗lmasin (pul 
birligidan) 
300 280 260 240 220 210 200 180 170 150 
Sotuvchilar









10 
Arzon bo‗lmasin 
(pul birligidan) 
100 110 150 170 200 215 250 260 
Agar narx masalan, 250 pul birligi darajasida o‗rnatilsa, unda 
bozorda 7 ta sotuvchi va 3 tagina xaridor qoladi. Taklif talabdan oshib 
ketadi. Endi sotuvchilar o‗rtasida raqobat kelib chiqadi, ular narxni 
pasaytira boshlaydilar. Narx 215 pul birligidan sal pastga tushishi 
bilanoq, bu yerda sotuvchilar bilan xaridorlar soni tenglashadi (oltitaga 
oltita). 
Shunday qilib, bunday bozorda bir otning narxi 210 va 215 pul 
birligi o‗rtasida o‗rnatiladi. Ana shu narx, faraz qilaylik, 212,5 pul 
birligi, mazkur bozordagi pul birligiga nisbatan otning me‘yorli 
foydaliligini ifodalab beradi: bu narxdan kamiga hech kim sotmaydi, bu 
narxdan yuqorisiga hech kim olmaydi. Ana shu ijtimoiy me‘yorli 
foydalilikdir. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling