O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir zumli bozor muvozanati
- Uziq muddatli bozor muvozanati
muddatli muvozanat turlarini ajratib ko‗rsatib beradi. Bir zumli
muvozanatda taklif o‗zgarmaydi. Bunday sharoitda keskin oshgan talab qondirilishi mumkin emas (band bo‗lmagan quvvatlardan foydalanish yoki yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun vaqt kerak bo‗ladi). Bu vaqt ichida tanqis (defitsit) mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan tadbirkor bahoni oshirish hisobiga qo‗shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, tirik baliq bozorida baliqqa bo‗lgan talab oshdi, deylik. Baho ko‗tarildi, 186 lekin o‗sha kuni sotuvchilar taklifni ko‗paytira olmaydilar (yangisini olib kelishga ulgurmaydilar). Shuning uchun taklif egri chizig‗i to‗g‗ri chiziq (S) ko‗rinishida bo‗ladi. Yuqorida qayd qilib o‗tganimizdek, baho oshadi (P 1 dan P 2 ga, 8.3-chizma). P S P 2 E1 P 1 D2 D1 Q 1 Q 8.3-chizma. Bir zumli bozor muvozanati Amal qilib turgan ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga o‗sgan talabni qondirish uchun taklifni ko‗paytirish qisqa muddatli muvozanatni ta‘minlaydi. Agar bozorda baliqqa bo‗lgan talab bir necha kun davomida ancha yuqori bo‗lsa, unda baliqchilar qo‗shimcha ishchi kuchi, ortiqcha to‗r va boshqa anjomlar hisobiga baliq tutishni ko‗paytirishga harakat qiladilar. Natijada taklif Q 1 dan Q 3 ga oshadi (8.4-chizma). Baho qanday bo‗ladi? U pasayishga intiladi (P3 8.4-chizma). P S P 3 E2 P 1 E0 D2 D1 Q 1 Q 3 Q 8.4-chizma. Qisqa muddatli bozor muvozanati Uzoq muddatli muvozanatda taklif talabning oshishiga moslasha oladi, chunki uning uchun vaqt yetarli bo‗ladi. Bu davr ichida ishlab chiqarish quvvatini, ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubini o‗zgartirish, yangi korxonalarni ochish, yangi texnologiyalarni 187 qo‗llash mumkin. Sotuvchilarga ustama foyda keltiruvchi yuqori talab (D 2 egri chizig‗i) va shunga muvofiq yuqori narx (P 4 ) uzoq muddat saqlanib turgan sharoitda baliqchilar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida ishlab chiqarish quvvatini kuchaytirishga kirishadilar (yangi baliq tutish kemalari, omborxonalar va boshqalar quriladi). Bu tarmoqqa yuqori daromad tufayli yangi ishlab chiqaruvchilar kirib keladi. Taklif (Q 3 dan Q 4 ga) ko‗payadi, baho esa (P 3 dan P 4 ga) pasayadi. (8-4-rasm). P S P 4 E3 D2 P 1 E0 D1 Q 1 Q 4 Q 8.5-chizma. Uziq muddatli bozor muvozanati Bu yerda A.Marshall shunday xulosaga keladi: qisqa muddatli davrda bahoni shakllantiruvchi asosiy kuch talab (negaki, taklif o‗zgaruvchan emas), uzoq muddatli davrda esa taklif hisoblanadi. Tovar qiymati qisqa muddatli davrda haqiqatan ham eng avvalo xaridorlarning xatti-harakati bilan aniqlanadi (marjinalizm). Lekin uzoq muddatli davr mobaynida baho o‗rtacha ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga yaqinlashadi va taxminan bir xil darajada bo‗ladi (klassik maktab). Klassiklarning bu nazariyasi faqat uzoq muddatli davr mobaynida to‗g‗ri amal qilishini ularning o‗zlari ham yaxshi anglamaganlar va bu haqda o‗z tadqiqotlarida qayd qilib o‗tmaganlar. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling