O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
TU 3 2 1 0 1 2 3 Q 8.1-chizma. Me‟yorli foydalilikning pasayish qonuni Demak, xulosa qilish mumkinki, me‘yorli foydalilik miqdori mazkur tovar miqdoriga va unga bo‗lgan iste‘mol darajasiga bog‗liq. Har bir alohida buyum (tovar)ning me‘yorli foydaliligi konkret va shu bilan birga subyektivdir. Birinchi ko‗zadagi suvning foydaliligi juda yuqori: agar chanqovni qondirishga boshqa bironta ko‗zada suv bo‗lmasa. Beshinchi yoki oltinchi ko‗zadagi suvning foydaliligi ancha kam: u gullarga suv quyish yoki pol yuvishga ishlatiladi. O‗ninchi ko‗zaga kelsak, u umuman ortiqcha bo‗lishi mumkin. Uy javonida uning egasiga, misol uchun, yetti juft etik yetarli; qolganlari javonda faqat joyni band qiladi va ularni kiyib ulgurmasdanoq modadan chiqib qolishi mumkin. Foydalilikning pasayib borishi buyumning haqiqiy qimmati nima bilan (uning eng ko‗p, o‗rtacha yoki eng kam foydaliligi bilan) aniqlanishini tushunishda yordam beradi. Avstriya maktabi vakillari nazariyasiga ko‗ra konkret qimmat eng kam yoki me‘yorli foydalilik bilan aniqlanadi. Xaridor o‗zi uchun yagona bo‗lgan bir juft etik uchun yettinchi etikka qaraganda ko‗p haq to‗lashga tayyor. Unga birinchi juft etikka qaraganda yettinchisining foydasi ancha kam. Demak, foydalilikka subyektiv baho beriladi, tovar miqdori ko‗payib borgan sari foydalilik pasayib boradi va bu miqdorning kamayib borishi bilan foydalilik oshib boradi. Bozorning tovarlar bilan to‗yinish darajasini o‗rganayotgan ishlab chiqaruvchi ham ushbu xususiyatni hisobga olgan holda ish yuritadi. 178 8.2. Buyumni taqsimlash, ayirboshlash va uning ijtimoiy me‟yorli foydaliligi Har xil ehtiyojlarni qondirish uchun buyumlar qanday taqsimlanishi kerak? Faraz qilaylik, bitta Z buyumning o‗zi uchta – A, V va S ehtiyojlarni qondirishi mumkin. Bu yerda A ancha muhim ehtiyoj, S esa unchalik ahamiyatli bo‗lmagan ehtiyoj. Demak, ehtiyojlarning har birini qondirish uchun Z buyumi birligining me‘yorli foydaliliklari har xil (mazkur sxema «Menger jadvali» deyiladi, 8.1-jadval). 8.1-jadval A V S 4 3 3 2 2 2 1 1 1 Faqat bitta Z buyum birligiga ega bo‗lgach, odam uni A ehtiyojni qondirish uchun foydalanadi, negaki, bu vaziyatda uning me‘yorli foydaliligi eng yuqori – 4 shartli birlikka teng. Agar kishida 6 ta buyum birligi bo‗lsa, unda ularning uchtasini u A ehtiyojni qondirishga ishlatadi, ikkitasini – V ehtiyojga, bittasini esa – S ehtiyojga ishlatadi. Bunda ehtiyojlarning umumiy qoniqishi 16 shartli birlikka teng (barcha Me‘yorli foydaliliklarning yig‗indisi). Bu yerda buyumlarning boshqa- cha taqsimlanishi inson uchun ancha kam qimmatli ekanligini bilish qiyin emas. Shunday qilib, qandaydir bir buyum birliklari har xil e‘htiyojlar o‗rtasida ratsional taqsimlanganda me‘yorli foydaliliklar baravarlashadi: MUa = MUb = Mus. Bozorda tovarlarni xarid qilishda umumiy foydalilikni maksimallashtirish uchun ularning narxini ham hisobga olish kerak. Bunda xaridor qimmat tovar o‗rniga arzonroq tovarlardan ko‗proq sotib olishi va bu bilan u xarid qilingan tovarlarning har biriga sarflangan har bir pul birligidan bir xil qoniqish hosil qilishi mumkin. Gossenning ikkinchi qonuni me‘yorli foydaliliklarning baravarlashuvini ifodalaydi, ya‘ni bu qonunga muvofiq bir pul birligiga olingan har bir tovarning me‘yorli foydaliliklari tengligi amal qilishi kerak. Boshqacha aytganda, go‗sht yoki baliq sotib olishga sarflangan har bir oxirgi pul birligi, o‗z 179 foydaliligi bo‗yicha, makaron yoki kartoshka sotib olishga sarflangan oxirgi pul birligiga teng bo‗lishi kerak. Iste‘mol muvozanatining bunday shartini quyidagicha ifodalash mumkin: , ... 3 3 2 2 1 1 n n P MU P MU P MU P MU Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling