Texnik-texnologik malakalar:
ta‟lim jarayoniga zamonaviy texnik vositalarini tatbiq etish;
dars jarayoni mazmunini texnologik pasport va texnologiya xarita yordamida yoritish;
o‟quv materiali mazmunini yorituvchi slaydlarni tayyorlash;
o‟quv mashg‟ulotlarini axborot texnologiyalari, interfaol metodlar yordamida tashkil etish;
ixtisoslik fani xususiyatidan kelib chiqqan holda turli texnik vositalardan foydalanish;
darslarda proektorni qo‟llay olish;
o‟quv materiallarini audio va video yozuvlari, taqdimot asosida bayon qilish;
bo‟lajak pedagoglarda o‟quv materialini mustahkamlash va o‟quv topshiriqlarini berishda axborot texnologiyalarini qo‟llash;
kompyuter imkoniyatlaridan foydalanishga doir o‟quv topshiriqlarini ishlab chiqish;
bo‟lajak pedagoglarning BKMni baholashni kompyuter asosida tashkil etish;
bo‟lajak pedagoglarning bilim olganlik va tarbiyalanganlik darajalarini
tashxis qilishda kompyuter yordamiga tayanish va b.sh.
Kreativ ko‟nikmalar va bo‟lajak pedagoglarda kreativ ko‟nikmalarni shakllantirish jarayonining mohiyati.
“Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans to‟rtta kreativlik ko‟nikmasini aniqlagan (1987a). Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ ko‟nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkin:
Ravonlik. Ko‟plab g‟oyalarni o‟ylab topish ko‟nikmasi ko‟p degan so‟zga asoslanadi.
Moslashuvchanlik. Turli g‟oyalarni o‟ylab topish ko‟nikmasi o‟zgartirish degan so‟zga asoslanadi.
O‟ziga xoslik. Boshqalarga o‟xshamagan, ajralib turuvchi g‟oyani o‟ylab topish ko‟nikmasi noyob degan so‟zga asoslanadi.
Yaratuvchanlik. G‟oyalarni kengaytirish ko‟nikmasi qo‟shish degan so‟zga asoslanadi.
Kreativlik darslarida bo‟lajak pedagoglardan ajoyib g‟oyalarni o‟ylab topish (o‟ziga xoslik); ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa g‟oyalar bilan solishtirish va ulardagi bog‟liqlikni topish (moslashuvchanlik) talab etilganda, mazkur ko‟nikmalar bir-biri bilan kesishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |