O‟zbekiston respublikasi


Download 115.65 Kb.
bet16/25
Sana24.12.2022
Hajmi115.65 Kb.
#1051688
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafed

Moslashuvchanlik. O‟quvchilar keng fikr yurita olsalar, vaziyat va muammoga ham bir qancha va turli echim topadilar. Bo‟lajak pedagoglarda moslashuvchanlikni ular turli nuqtai- nazar va fikrlarni inobatga olganlari va ularni tahlil qilganlarida, turli fikrlarin bir-biri bilan solishtirganda va ularning o‟hshash va farqli tomonlarin topganlarida va nihoyat muvafaqqiyatga erishib, yaxshi natijalar ko‟rsatayotganlarida kuzatish mumkin. Moslashuvchan bo‟lish uchun bo‟lajak pedagoglar ma‟lumotning faqat yuzaki qismini emas, balki uning chuqur mohiyatini anglab etishlari lozim. Moslashuvchanlik ko‟nikmasini shakllantirishda bo‟lajak pedagoglar amaliyot bilan ta‟minlansa va ularga yo‟l- yo‟riq ko‟rsatilsa, kelgusida turli g‟oyalarni topishda bu kuchli stimul bo‟lib hizmat qiladi. Agarda talaba ko‟plab g‟oyalar topgan bo‟lsa, u moslashuvchanlikni emas, balki ravon fikrlashni namoyon qilmoqda, chunki bunda barcha e‟tibor bitta yoki bir turdagi javoblarga qaratiladi. Bo‟lajak pedagoglarda moslashuvchalik ko‟nikmasini shakllantirishda soni jihatdan ko‟p emas, balki turli mazmundagi g‟oyalarni topish kerakligini alohida ta‟kidlab o‟tish lozim.
Muammoning mazmunini chuqur anglagan holda ham, bo‟lajak pedagoglar turli g‟oyalarni topishda qiynaladilar yoki umuman bunga qodir bo‟lmaydilar. Bu esa, o‟z o‟rnida, ularda moslashuvchanlik ko‟nikmasini shakllantirish kerakligdan dalolat beradi.
Tajriba va doimiy mashq yordam bersada, o‟qituvchi bo‟lajak pedagoglarga murabbiy sifatida turli strategiyalardan foydalanishni o‟rgatishi kerak. Bo‟lajak pedagoglarga turli g‟oyalar turli toifa (kategoriyalar)ga bo‟linishini anglashida yordam berish mumkin. M: “hayvonlar” kategoriyasiga bo‟lajak pedagoglar hayvonlar nomlarini keltiradilar. Birozdan so‟ng, “taomlar” kategoriyasiga Bo‟lajak pedagoglar avval milliy keyin boshqa halqlar taomlari ro‟yxatini tuzadilar. Mashq shu yo‟sinda davom etadi. Bu bo‟lajak pedagoglar bir kategoriya, ya‟ni bir fikrdan ikkinchisiga o‟tish va unga tezda moslashish ko‟nikmasini o‟zlashtirmaguncha davom etadi. Bo‟lajak pedagoglarda bunday
ko‟nikma shakllangach, ulardan moslashuvchanlik bilan fikrlashni talab qilish mumkin.
Ko‟p yillar avval Aleks Osborn moslashuvchanlik bilan fikrlashni kuchaytiruvchi savollar toifasini tuzib chiqqan (1963). Eberlening 1971 yilda ishlab chiqqan SCAMPER mnemonik sxemasi substitute (almashtirmoq, o‟zgartirmoq), combine (birlashtirmoq), adapt (moslashtirmoq), modify (o‟zgartirmoq, boshqa shakl bermoq), maximizeG‟minimize (maksimallashtirmoq, minimallashtirmoq), put to other uses (boshqa soha, usulda qo‟llash), eliminate (oldini olmoq) va rearrange (qo‟llanilishini o‟zgartirish) kabi tushunchalar asosida ishlab chiqilgan. 4-sinf o‟qituvchisi SCAMPER mnemonik sxemasidan bo‟lajak pedagoglarda moslashuvchan fikrlashni rivojlantirishda istiqomat qilayotgan shahri, tuman, mahallasining ramzi yoki iqtisodiyot, sanoat, oziq-ovqat sohasiga tegishli ma‟lumotlarni va aynan Mayn shahrining ramzi bo‟lshan mashhur olmali pirogidan o‟quvchilar e‟tiborini tortishda foydalanganini ko‟rsatadi. O‟quvchilar mnemonik sxemadan foydalangan holda agarda shokoloddan mashhur olmali pirogni pishirishda shokoladdan foydalanilsa va pishirish jarayonida pirogning tarkibi yoki shakli o‟zgartirilsa qanday natijaga olib kelishi va qanady qilib bu shokoladli pirogni Mayn shahrining mashhur pirogiga aylantirish mumkinligi tahlil qiladilar”.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling