Qoniqarsiz «2» ball bilan baholanadi:
- mavzu mohiyati deyarli ochilmagan, ya’ni juda tor doirada yoritilgan bo‘lsa;
- mavzu doirasida mustaqil fikrlash qobiliyati bo‘lmasa;
- mavzuga oid savollarga savollarga etarli javoblar olinmasa;
- qonun-qoida, nazariya, tushunchalar bayonida qo‘pol xatoliklar uchrasa;
- rejada berilgan savollarning javobi to‘liq yozilmagan bo‘lib, xulosalar keltirilmagan bo‘lsa.
«0-1» ball bilan baholanadi:
- mavzu mohiyati umuman ochilmagan, boshqa materiallar yozilgan bo‘lsa;
- mavzuga oid savollarga javoblar olinmasa;
- qonun-qoida, nazariya, tushunchalar bayonida qo‘pol xatoliklar uchrasa.
3.3. Oraliq nazorat uchun baholash mezonlari:
ON da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo‘lim yoki qism bo‘yicha nazariy ma’lumotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savol yoki muammoni echish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. ON semestrda bir marta, fanning taxminan 50% i o‘tilgandan keyin 3 ta nazariy savoldan iborat yozma nazorat ishi shaklida o‘tkaziladi. Har bir javob 0 dan -5gacha bo‘lgan ballarda faqat butun sonlarda baholanadi.
1- savol: B1=5ball
2- savol: B2=5 ball
3- savol: B3=5ball
Har bir savolga yozilgan javoblar quyidagi mezon asosida baholanadi:
A’lo 5 ball bilan baholanadi:
- savolga atroflicha, aniq va to‘g‘ri javoblar yozilgan bo‘lsa;
- o‘quv rejadan tashqari (zamonaviy) materiallardan xabardorligi bilinib tursa;
- qonun va qoidalar, nazariyalar, tushunchalar va tasavvurlar bayoni to‘gri va aniq yozilgan bo‘lsa;
- bayonda ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilmay, material mazmunining ilmiy va mantiqiyligi saqlangan holda puxta yozilgan bo‘lsa;
- bayonda orfografik va grammatik kamchiliklar uchramasa.
YAxshi 4 ball bilan baholanadi:
- savolga yozilgan javoblar o‘quv dasturi talablari doirasi bilan cheklangan, ammo to‘gri bo‘lsa;
- javobda ilmiylik buzilmagan, bayon mazmunida mantiq saqlangan bo‘lsa;
- qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida xatoliklar uchramasa;
- bayonda orfografik va grammatik xatolar uchramasa.
Do'stlaringiz bilan baham: |