1. Fanning maqsadi va vazifalari:
“Gaz-yoy payvandlash ishlari” fanining maqsadi “Payvandlash ishlari ustasi” kasbi bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilarni gaz alangasida payvandlash jixozlarini ishga tayorlash, ishlatishni, ish o‘rnini tashkil qilish, payvandlanadigan metal turiga qarab payvandlash rejimi va texnologiyasini aniqlash, payvandlashda yuz beradigan deformatsiyalar va kuchlanishlarni oldini olish, xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilish, gaz-yoy payvandlash texnikasi va texnologiyasini o‘rgatishdan iborat.
2. Fanni o‘rganish natijasida tinglovchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak:
payvandlash ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablari;
qo‘llaniladigan gazda payvandlash apparatlari, gaz generatorlari, kislorod hamda atsetilen ballonlar, payvandlash gorelka va priborlarining tuzilish va ishlash tamoyillari;
payvandlashda qo‘llaniladigan suyuqlik va gazlar bilan ishlash qoidalari hamda ularning asosiy xossalari, ballonlardagi ruxsat etilgan bosim, gaz turiga belgilangan ballonlarining bo‘yoq rangi;
payvand birikma va choklar, ularni chizmada belgilanishi;
detallarni payvandlashga tayyorlash qoidalari va usullari;
gaz alangasining tavsifi;
uglerodli po‘lat, legirlangan po‘lat, rangli metall va ularning qotishmalari hamda cho‘yanlarni payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari;
metallarni gaz-kislorod kesish texnologiyasi va apparatlari;
payvand birikmalarining nuqsonlari va ularning nazorati.
Mavzular rejasi:
№
|
Mavzular nomi
|
Soati
|
SHu jumladan
|
Nazariy
|
Amaliy
|
1
|
Gaz alangasida payvandlash haqida tushuncha.
|
6
|
|
6
|
2
|
Kislorod reduktorlari. Payvandlash gorelkasining rusumini va uchlik nomerini tanlash.
|
6
|
|
6
|
3
|
Gaz alangasida suyuqlantirib, ko‘p qatlamli qilib qoplas· bamda payvandlash. Gaz alangasida halqasimon choklami paivanddash.
|
6
|
|
6
|
4
|
Rangli metall va qotishmalami gaz alangasida payvandlash.
|
6
|
|
6
|
5
|
Gaz alangasida ishlov berishda ishlatiladigan jihozlari. Atsetilen generatorlari, konstruksiyasi, ishlash prinsipi
|
6
|
|
6
|
|
Jami
|
30
|
|
30
|
Do'stlaringiz bilan baham: |