O‘zbekiston respublikasi


partasida hosil qilina boshlanadi. O‘quvchining maktabdagi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1331631
1   2   3
Bog'liq
Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi


partasida hosil qilina boshlanadi. O‘quvchining maktabdagi
faoliyati o‘qituvchilar, tarbiyachilar rahbarligida o‘tadi, uning
darsdan keyingi faoliyatini to‘g‘ri uyushtirish pedagogik jihatdan
alohida ahamiyatga egadir. O‘quvchilar xuddi shu jarayonda ixti-
yoriy tashkil topgan «Kamalak» bolalar tashkiloti va «Kamolot»
YIH ishtirokchisi, oila a’zosi sifatida harakat qiladi.
Biz olib borgan kuzatishlar — o‘quvchilar hayotini o‘rganish,
tarbiyachilar, maktabdan tashqari muassasalarning ish faoliyati
bilan tanishish natijasida quyidagicha xulosaga keldik:
1. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internat o‘quv-
chilarining bo‘sh vaqt muammosi muhim pedagogik muammo
hisoblanadi. Bu vaqtda uning shaxsi kamol topadi, ma’naviy va
axloqiy qiyofasi o‘sadi.
2. Maktab-internat, kuni uzaytirilgan sinf, guruh o‘quvchi-
larining bo‘sh vaqtini uyushtirish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib,
u pedagog nazorati ostida uyushtiriladi.
3. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internat o‘quv-
chilarining bo‘sh vaqtini tashkil etish shakli va muvaffaqiyati
tarbiyachining mahoratiga bog‘liqdir. Bu ish shakllari, xarakteri
va o‘tkazish metodikasiga ko‘ra har xil bo‘lishi mumkin, lekin u
tarbiyachi qo‘ygan aniq pedagogik talabga mos bo‘lishi hamda
maktab o‘quv jarayonida o‘tilganlarni takrorlamasligi kerak.


198
4. Maktabda sharoitning kamligi, bo‘sh vaqtning cheklangan-
ligi sababli o‘quvchilarning o‘z vaqtini uyushtirishi murakkabdir.
KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH
VA MAKTAB-INTERNATLAR BOSHLANG‘ICH
SINFLARIDA «KAMALAK» BOLALAR BOSHLANG‘ICH
TASHKILOTI VA «KAMOLOT» YIH BILAN ISHLASH
Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlar boshlang‘ich
sinflarida sinfdan tashqari ishlar tarbiyachi, «Kamolot» YIH va
jamoatchilik tomonidan tashkil qilinadi. Sinfdan tashqari
ishlarning o‘quv ishidan farqi shundaki, bu ish qat’iy qoida yoki
dastur asosida tashkil qilinmaydi. Tarbiyaviy ishlar boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari olgan bilimlarning kengayishiga, chuqurlashi-
shiga, mustahkamlanishiga hamda o‘quvchilar umumiy dunyo-
qarashining kengayishiga juda katta imkoniyat yaratadi.
Tarbiyachi tomonidan tashkil qilingan sinfdan tashqari ishlar
bolalar uchun qiziqarli bo‘lishi kerak.
Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarning boshlan-
g‘ich sinflarida tashkil qilinadigan sinfdan tashqari ishlar bolalarda
quyidagi tarbiya ko‘nikmalarini shakllanishiga imkon berishi
kerak:
— o‘quvchining aqliy faoliyatini faollashtiradi. Tarbiyaviy ish
jarayonida bolaga ayrim topshiriqlar berish, uni bajarishga
qiziqtirish, mehnatning natijasini ko‘rsatish unda o‘zining
qobiliyatiga ishonch hosil qiladi. Ijodiy izlanishga, ishlashga un-
daydi. Bu esa aqliy faoliyatning shakllanishida muhim garov
hisoblanadi;
— bolada siyosiy ong va axloq normalarini shakllanishiga
imkon beradi. Bu xususda o‘tkazilgan tarbiyaviy ishlar onglilik-
ni, Vatanga sodiq bo‘lishni, dunyoqarashning shakllanishini,
o‘zaro hamkorlik va o‘rtoqlikni, rostgo‘ylikni shakllantiradi.
Bolada axloq normalari hamma taraflama, chunonchi odob,
madaniy xulq jihatdan jamiyat talablariga to‘la javob berishi
lozim;
— bir qator tarbiyaviy xarakterdagi sinfdan tashqari ishlar
bolalarda maktabga ongli munosabatda bo‘lishni, kasb va kasb
tanlash haqidagi dastlabki tasavvurni shakllantiradi, halol mehnat
qilish ko‘nikmalarini tarkib toptiradi;


199
— sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarda estetik didni
shakllantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat hosil qiladi. Tabiat-
dagi go‘zallikni his qilish, madaniyatli kiyinish, gapirish, yurish-
turish, san’at sirlarini egallash kabilar haqida tushuncha paydo
bo‘ladi;
— tarbiyaviy ishlar vositasida bolalarni kompleks tarbiyalash
maktab islohoti oldiga qo‘ygan asosiy talablardan biri hisobla-
nadi. Shuning uchun bolaning bilimliligi, odobliligi, siyosiy
ongliligi, mehnatsevarligi bilan birga, jismonan baquvvat bo‘lishi
tarbiya ishining ajralmas qismi hisoblanadi.
Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlar boshlang‘ich
sinflarida o‘quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy hamda axloq ruhida tar-
biyalash. Yurtboshimizning keyingi qarorlarida bolalarni g‘oyaviy-
siyosiy jihatdan tarbiyalashga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki
kishilarning ongliligi, ichki va tashqi siyosatga ongli munosabatda
bo‘lishi farovon jamiyat qurish ishiga sadoqatni ta’minlaydi. Kuni
uzaytirilgan guruhlarda bolalar uzoq muddatda pedagoglar
nazorati ostida bo‘lar ekan, ularni g‘oyaviy-siyosiy jihatdan
tarbiyalashga qo‘shimcha imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Kundalik
ish jarayonida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda bo‘layotgan
voqealar bilan tanishadilar, ularni tahlil qilib, o‘z munosabatlarini
bayon etadilar, xulosa chiqaradilar.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda g‘oyaviy-siyosiy tarbiya ishlarini
takomillashtirishning qulay vositalaridan biri klub soati mashg‘uloti
hisoblanadi. Tarbiyachi o‘quv yili davomida taxminan 32—34
marta g‘oyaviy-siyosiy mavzu — klub soati mashg‘uloti o‘tkazishi
lozim. Buning uchun klub soatlari mavzusi oldindan aniqlanishi
kerak. Bu mashg‘ulotni ikki qismga ajratib o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Birinchi qismga 10—12 daqiqa vaqt ajratib, unda mamlakatimizda
bo‘layotgan o‘zgarishlar, va dunyoda ro‘y berayotgan voqealar
bolalarning yosh xususiyati hamda bilim darajasini hisobga olgan
holda hikoya qilib beriladi. Haftalik voqealar muhokamasida I—II
sinflarda tarbiyachi faolroq rol o‘ynasa, III—IV sinflarda esa
o‘quvchilarni faol ishtirok etishiga sharoit yaratish lozim. Ular
mamlakatda va dunyo miqyosida bo‘layotgan voqealarga o‘z
munosabatlarini bildirishga, ularni tahlil qilishga va to‘g‘ri xulosa
chiqarishga o‘rgatib boriladi. Mashg‘ulotning ikkinchi qismida esa
siyosiy mavzuga doir bir mavzu tanlanadi. Bunda Vatanga sodiqlik,
ilg‘or kishilik hayoti, vatanparvarlik, baynalmilallik, Qurolli kuchlar


200
safida xizmat qilish kabi masalalarga oid mavzular tanlanishi kerak.
Masalan: «O‘zbekiston — Vatanim manim», «Paxta —
Respublikamiz iftixori», «O‘zbekiston — Baynalmilal Respublika»,
«Vatan nimadan boshlanadi?», «Mustahkam do‘stlik —
muvaffaqiyat garovi», «Qurolli kuchlar safida xizmat qilish — mu-
qaddas burch» va hokazo. Bu bolalarning kichik maktab yoshi-
dagi bolalar ekanini hisobga olib, har bir mashg‘ulot ko‘rgazmali
suhbat shaklida o‘tkazilishi kerak. Mavzuga doir fakt va raqamlar
rangli, chiroyli yozib keltirilishi lozim. Muhokama qilinayotgan
masalaga doir nutqlar magnitofon orqali eshittirilsa, rasmlar
epidiaskop orqali namoyish qilinsa, suhbatning ta’sirchanligi yanada
oshadi. Ayrim holatlarda siyosiy voqealarda ishtirok etgan
kishilarning jonli suhbatini uyushtirish bolalarda yana ham chuqur
taassurot qoldiradi. Demak, tarbiyachining bu mashg‘ulotga puxta
tayyorgarlik ko‘rishi talab qilinadi.
O‘quvchilarga Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari amalga oshayotganligini o‘quvchilarga tushuntirish
uchun hayotiy faktlarga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Qishloq,
tuman, viloyat va respublika miqyosidagi o‘zgarishlar, xalq
moddiy farovonligining yaxshilanib borayotganligini o‘quvchiga
ko‘rsatish kerak. Masalan:
1. Mustaqillik davrida erishilgan yutuqlar materiallari asosida
stend tayyorlanadi.
2. Ilg‘or kishilarning O‘zbekiston qahramonlarining mehnatda
erishgan yutuqlariga doir faktlar to‘planadi.
3. Qishloq yoki tuman miqyosida avvalgi yillarda sodir bo‘lgan
o‘zgarishlar, yangi va keyingi yillarda amalga oshiriladigan
tadbirlar jadvali tuziladi.
Tarbiyachi bu mashg‘ulotni o‘tkazar ekan, bolalar qalbiga
Mustaqillikning naqadar tengsiz ne’mat ekanini, uning o‘rni
Vatan va shaxs ravnaqida ham tengsiz ekanini singdiradi. Shu
bilan birga, bolada ijtimoiy muhitga munosabatni tarkib topti-
rishga erishiladi. Bu esa hayot, xalq mehnati, qurilish tajribasi
bilan mustahkam bog‘langan faoliyatdagina tarkib topadi.
Tarbiyachi bu talablarga amal qilib, o‘quvchilarni hayotdan ajratib
qo‘yilgan sun’iy bir sharoitda emas, balki hayotning tabiiy sha-
roitida, uning har tomonlama namoyon bo‘lishida, uning qiyin-
chiliklari hamda qarama-qarshiliklari bilan birga, bu qarama-
qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida tarbiyalab boradi.


201
Umuman olganda, boshlang‘ich sinfda bolalarga g‘oyaviy-si-
yosiy tarbiyaning dastlabki (ongiga, bilimi va tafakkuriga mos)
elementlari berilishini unutmaslik kerak.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning g‘oyaviy-siyosiy ongini
tarkib toptirishda istiqlol g‘oyalarini bolaga ishonchli shaklda
tushuntirib borish katta ahamiyatga ega. Buning uchun ekskur-
siyaning roli juda kattadir. Chunki bolaning dunyoqarashi faqat
kitob o‘qiganda, tarbiyachini tinglagandagina emas, balki real
hayotni kuzatganda, burch, vazifa, javobgarlik va vijdon tushun-
chalarini hayot bilan taqqoslab tahlil qilganda ham shakllanadi.
Bir oyda bir marta ishlab chiqarish korxonalariga, turli muzey-
larga, fan va madaniyat dargohlariga, qurilish obyektlari, shirkat
xo‘jaliklariga ekskursiya uyushtirish mumkin. Xususan, bolalarning
ota-onalari xizmat qilayotgan joylarga ekskursiya tashkil etish
maqsadga muvofiqdir. Bolalar o‘z ota-onalari jamiyat uchun, xalq
uchun qanday jonbozlik ko‘rsatayotganliklarini o‘z ko‘zlari bilan
ko‘rib xulosa chiqaradilar. Tarbiyachi o‘quv yilida ekskursiyalar
tashkil qilishni mo‘ljallar ekan, yashab turgan joyining shart-
sharoitini, imkoniyatini hisobga olishi shart.
O‘quvchilarda g‘oyaviy-siyosiy ongni shakllantirishda tarixiy
sanalarga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ertaliklarning ham roli
kattadir. Agar tarbiyachi bu tadbirlarni o‘tkazishda yuzakilikka
yo‘l qo‘ysa, puxta tayyorgarlik ko‘rmasa, bolalarga real fakt va
raqamlar haqida ma’lumot bermasa, o‘quvchilarda qat’iy siyosiy
maqsad shakllanishi qiyin bo‘ladi. Tarbiyachining o‘tkazgan
siyosiy tarbiya ishlari tufayli bolada erishilgan yutuqlarni boyitish-
dagi shaxsiy o‘rni, mustaqillikni himoya qilishga intilish xislatlari
shakllanishi lozim. Shu vaqtdagina bolada jamiyat va undagi
o‘zgarishlarga nisbatan shaxsiy munosabat paydo bo‘ladi va o‘zida
ham unda faol ishtirok etish ishtiyoqi tug‘iladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jalb qilingan kuni uzaytirilgan
sinf, guruh hamda maktab-internatlarda g‘oyaviy-siyosiy tarbiya
ma’lum tizimda tashkil qilinishi kerak. Har bir sinf bolalarining
yosh xususiyatlarini, bilim darajasini hisobga olgan holda quyidagi
taxminiy dastur tavsiya etiladi:
I-sinfda Alisher Navoiyning bolaligi, Navoiy oilasidagi ahillik,
Alisherning jonivorlarga g‘amxo‘rligi, Alisher Navoiyning xalq
baxt-saodati yo‘lida qilgan ishlari, O‘zbekistonning ko‘p millatli
davlat ekani, ular orasidagi inoqlik, do‘stlik qudrati haqida aniq


202
misollar yordamida suhbatlar uyushtirishi, savol-javob kechalari
rejalashtirilishi lozim.
Vatanparvarlik mavzusida o‘tkaziladigan tadbirlar mazmuni-
ni «Men O‘zbekistonda yashayman», «O‘z o‘lkamni obod qila-
man» kabi mavzularda suhbatlar tashkil qilish, stendlar chiqa-
rish singari faoliyat orqali yoritish mumkin. Shuningdek, bolalarga
mamlakatimiz ayrim yirik inshootlari haqidagi faktlar yetkazilishi
lozim.
II sinfda 1-sinfda o‘tkazilgan tadbirlar davom ettiriladi. Avvalgi
berilgan materiallarga bog‘lagan holda bolalarga yangi faktlar,
raqamlar, ma’lumotlar berilishi kerak. Alisher Navoiyning o‘smirlik
davridagi xalqparvarlik faoliyatini boshlanishi, uning oilasida-
gilarning oddiy mehnatkash xalqqa bo‘lgan munosabati, otasi,
onasi, ukalari haqidagi parchalar, asarlaridan o‘qib berish, filmlar
namoyish etish, muzey materiallari bilan tanishtirish lozim.
Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston singari
qo‘shni respublikalar, ularning yirik shaharlari, xalqi, urf-odat-
lari, tili, madaniyatiga doir ma’lumot beradigan mashg‘ulotlar
uyushtirish ko‘p millatli mamlakatimiz haqidagi bolalar tasav-
vurini kengaytiradi.
O‘quv materiallariga bog‘lagan holda Qurolli kuchlar, uning
safida xizmat qilganlar, urush qahramonlari haqidagi badiiy
asarlarni o‘qish, muhokama qilish kerak. Harbiy xizmat va uni
o‘tash har bir erkak kishining fuqarolik burchi ekani jonli misollar
vositasida, ya’ni xizmatdagi kishilar bilan uchrashuvlar tashkil
qilish vositasida o‘quvchilarga yetkazilsa ta’sirli bo‘ladi.
Vatanparvarlik mavzusi yanada kengaytiriladi. Bunda Tosh-
kent va viloyatlar haqida suhbatlar uyushtirish mumkin. «Vatan»
va «vatandoshlar» terminlarini tahlil qilish, kishi, uning huquqi
kabilar ustida tarbiyaviy tadbirlar belgilanishi kerak.
O‘zbekistonning Konstitutsiyasi, uning qabul qilinishi, maz-
muni haqidagi dastlabki tushuncha hosil qilinadi.
III—IV sinflarda g‘oyaviy-siyosiy tarbiya ishlari kengroq
ko‘lamda olib boriladi. Hur Vatanimizning turli viloyat va shahar-
lariga bag‘ishlangan qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Alisher Navoiyning adabiyotga kirib kelishi va adabiyot so-
hasidagi faoliyati chuqurroq o‘rganiladi. Uning «Xamsa», «Hay-
ratul-abror» asarlari va «Alisher Navoiy o‘zbek xalqining buyuk
mutafakkiri va shoiri» mavzusida suhbatlar uyushtiriladi.


203
Tarbiyachi suhbat o‘tkazar ekan, albatta, bolalarni ijtimoiy
voqelikning aniq faktlari bilan tanishtirib o‘tadi. Bu xususda
«O‘zbekiston — mening Vatanim», «Shu Vatan barchamizniki»,
«Paxta — Respublikam faxri» kabi mavzular tarbiyaviy ishlar kun
tartibidan o‘rin olishi kerak.
Siyosiy tarbiya ishlarini jonlantirishda «G‘uncha», «Gulxan»,
«Yosh kuch» jurnallari taxlamlaridan foydalaniladi. Ulardan reja-
dagi tadbirlarni amalga oshirishda foydalanibgina qolmay,
bolalarning muntazam mustaqil o‘qishini tashkil etish, vaqti-vaqti
bilan ularda chop etilgan materiallarni tahlil qilish kabi tadbirlar
belgilanishi kerak.
Bolalar bilan bo‘ladigan fan taraqqiyoti to‘g‘risidagi suhbat-
larda kosmosga qilinadigan parvozlar, Quyosh tizimidagi
sayyoralar hikoya qilinadi; yulduzlar haqidagi ko‘rgazmali o‘quv
qurollaridan foydalaniladi. Bolalarga Yerda hayot qanday paydo
bo‘lganligi, tabiiy hodisalar (Yer qimirlashi, Quyosh va Oyning
tutilishi, suv toshqinlari, kuchli shamol)ning sodir bo‘lishi sabab-
larini ishonchli faktlar bilan tushuntirish muhim hisoblanadi.
«Kamalak» bolalar tashkilotiga «Kamolot» YIH otaligi va
jamoatchilik ishlari.
Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internat «Kamalak»
tashkilotida, «Kamolot» YIH hamda jamoatchiliksiz ishni to‘la
tashkil qilish mumkin emas. Ishni shunday tashkil qilish kerakki,
tarbiyalanuvchilar mashg‘ulotlarda toliqib, zerikib qolmasinlar,
aksincha, ularning sog‘liqlari mustahkamlanib, o‘qishdagi o‘zlash-
tirishlari yaxshilansin, qiziqishlari oshsin. «Kamalak» tashkiloti
va «Kamolot» YIH tashkil etadigan ishlar tarbiyalanuvchilarning
tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirishi, jamoani, aqliy va
jismoniy malakani takomillashtirishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida kuni uzaytirilgan sinf va guruh-
larning ko‘pchilik qismi boshlang‘ich sinf hisobidan tashkil
qilinadi. Shuning uchun bu sinf va guruhlar asosan «Kamalak»
tashkiloti a’zolari yoshidagi bolalardan iborat bo‘ladi. Bu
maktabning «Kamolot» YIH, «Kamalak» tashkilotlari tarbiyaviy
ishlarini yana ham takomillashtirishda faol bo‘lishni taqozo etadi.
Pedagoglar bu tashkilotlarning faol yordamida o‘z o‘quvchi-
lariga ko‘maklashishlari kerak. Pedagog va «Kamolot» YIH faol-
lari «Kamalak» tashkiloti ishiga rahbarlik qiladi, uning muvaffa-
qiyatli ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratadi va doimo rivoj-


204
lantirib boradi. Bu ishda bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o‘tish
jarayoni amalga oshadi. «Kamolot» a’zolari o‘zlariga o‘rinbosar
tayyorlaydi. «Kamalak» a’zolari bilan ishlashning muhim
elementlaridan biri — guruh yig‘ilishi hisoblanadi. Birinchi sinfda
quyidagi mavzularda yig‘ilish o‘tkazish mumkin: «Kundalik rejim
bizning do‘stimiz», «Biz o‘z kitob va daftarlarimizni ozoda
tutamiz», «Qo‘shiq — hamrohimiz», «Kim yaxshi chizadi?» va
hokazo.
Ikkinchi sinfda «Yaxshi ishlash uchun, yaxshi o‘qish kerak»,
«Do‘stlik — bizning ahdimiz» mavzularida yig‘ilish o‘tkaziladi.
Uchinchi sinfda yig‘ilish mavzusi ko‘lami kengayadi:
«Kamalak» yoshlari — mustaqil mamlakatda», «Mehnat insonni
ulug‘laydi». To‘rttinchi sinf uchun «Do‘stlik har narsadan aziz»,
«Vatanni mehnat bilan sharaflaydilar» kabi mavzularda yig‘ilishlar
o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Rejaga muvofiq konsert dasturini tayyorlashda, sport o‘yin-
larini tashkil etishda, ekskursiya va sayohat uyushtirishda «Ka-
malak» a’zolarining vazifalari belgilab olinadi. Shuningdek, rejada
ertaliklar mavzusi va ularni o‘tkazish tartibi, tarixiy sanalarga
bag‘ishlangan yig‘ilishlarni o‘tkazish borasida qilinadigan ishlar
ham ko‘rsatiladi.
«Kamalak» yig‘ilishi o‘quvchilarda faollikni oshirish, musta-
qillik ko‘nikmalarini takomillashtirish bilan birga ijtimoiy-siyosiy
qiziqishni oshiradi. Yig‘ilishni suhbat, ommaviy o‘yin, diafilm
tomosha qilish, badiiy o‘qish tanlovi, plastilin yoki qog‘ozdan
yasalgan narsalar ko‘rigi kabi shakllarda uyushtirish mumkin.
Bunda, albatta, o‘quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlari
nazarda tutiladi.
Yig‘ilish quyidagi qismlarga ajraladi: kirish so‘zi, rejalashti-
rilgan mavzuda suhbat, «Yulduzchalar» bajargan topshiriqlarni
baholash, yig‘ilishni yakunlash. Yig‘ilishning asosiy qismini suhbat
tashkil etadi. U ko‘rgazmali bo‘lishi kerak. Suhbat, asosan,
10—15 daqiqaga, bolalar faol ishtirok etsa, 20—25 daqiqaga
mo‘ljallanishi mumkin.
Yig‘ilish ta’sirchanligini oshirish uchun diapozitiv, fotosuratlar,
badiiy asarlardan, sitatalardan foydalaniladi. Yig‘ilish kelgusi
yig‘ilish mavzusini e’lon qilish va unga qanday tayyorgarlik
ko‘rishni tushuntirish bilan tugaydi. Yig‘ilish ko‘pi bilan bir
astronomik soatdan oshmasligi kerak.


205
Bayroq va uning bo‘lagi haqida hikoya qilish, «Kamalak»ni
tantanali va’dasining hamda qoidalarining ma’nosini tushunti-
rish, «Kamalak» tashkiloti o‘z a’zolari oldiga qo‘yadigan talablar
haqida emotsional va obrazli shaklda hikoya qilish yosh avlodlarda
havas uyg‘otadi.
O‘n yoshga to‘lgan va «Kamalak» safiga kirishni istagan har
bir bolani «Kamalak» a’zosi bo‘lishini, avvalo, eng yaxshi o‘rtoq-
lari, «Yulduzcha» a’zolari ma’qullashlari kerak. Bu esa «Yulduz-
cha» yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi lozim. Bunday yig‘ilishni
tayyorlashga tarbiyachi, yetakchi yordam beradi. Biroq, tarbiyachi
yoki yetakchi bolalarga o‘z fikrini, so‘zini o‘tkazishga harakat
qilmay, bolalar o‘rtasida talabchan va haqiqiy do‘stona vaziyatni
yaratishga intilishi lozim. Muhimi, bolalarning qanday o‘qishi yoki
o‘zini qanday tutishigina emas, balki o‘rtoqlariga, kichkintoy va
kattalarga qanday munosabatda ekanligiga, jamoat topshiriqlarini
qanday bajarishiga, «Yulduzcha» va guruh hayotida qanday
qatnashishiga baho bera olishlarini tashkil qilish talab qilinadi. Har
bir nomzod alohida-alohida muhokama qilinadi va uning uchun
ovoz beradilar. Bu tadbir bolada o‘zining «Kamalak» tashkiloti
a’zosi ekanligidan faxrlanish va mas’uliyat hissini paydo qiladi.
Maktab-internat (imkoniyat bo‘lsa), kuni uzaytirilgan guruh-
larda shu tantanaga ota-onalar avvaldan taklif etilishi kerak.
Tantananing qayerda o‘tkazilishi maktab «Kamalak» tashkiloti
kengashida hal qilinadi. Bayram tantanasini maktabda, o‘quv-
chilar saroyida, muzeyda, maktabni otaliqqa olgan tashkilotlarda
o‘tkazish mumkin.
Yuqorida zikr qilingan tadbirlar bolalarning g‘oyaviy-siyosiy
tarbiyasiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘zini-o‘zi boshqarish. Ta‘lim
jarayonida o‘quvchilarni o‘zini-o‘zi boshqarish ko‘nikmalarini
hosil qilish avvaldan o‘zini oqlab kelgan va shunday bo‘lyapti.
Olimlar yaratgan asarlarda ham o‘zini-o‘zi boshqarishning foy-
dali ekani ilmiy nuqtayi nazardan isbot qilingan. Maktab-internat,
kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi bosh-
qarish ishi, uning tashkiliy masalalari o‘ziga xos spetsifik
xususiyatlarga ega. Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda o‘zini-o‘zi
boshqarishning mazmuni va formasini belgilash muhim
hisoblanadi. Ma’lumki, o‘quvchilar ertalab soat 9
00
dan kechqurun
18
00
gacha maktabda bo‘ladilar. Ular ovqatlanadilar, uxlab ham


206
oladilar va bo‘sh vaqtlarda o‘ynaydilar. Sinf xonasi, o‘yin xonasi
va uyqu xonalari ularning ixtiyorida. Ularni jihozlash, ozoda
tutish, gullar parvarish qilish kabi ishlarda o‘quvchilarning o‘zlari
faol ishtirok etishi zarur. Bu xonalarda navbatchilik qilish,
yumushlarni bajarish, bajarilgan ishga baho berish guruh ixtiyoriga
berilishi kerak. So‘zsiz, bu ishlarning hammasi tarbiyachining faol
nazorati ostida olib boriladi. Pedagog doimo guruh faolini har
bir o‘quvchining ijtimoiy topshiriqni bajarishiga real baho berishga
undab borishi kerak. Shu jumladan, bolalar mehnati muhokama
qilinganda uning axloqiy tomoniga: burch, e’tiqod, javobgarlik,
fuqarolik, rostgo‘ylik kabilarga o‘quvchilar e’tibori qaratiladi,
vaqti-vaqti bilan bu mavzularga oid qiziqarli suhbatlar uyushtirib
boriladi. Uchinchi sinflarda chiqariladigan devoriy gazetalarda
yoki maxsus fotostendlarda ijtimoiy mehnatda, sinfni boshqarish-
da, sinf xo‘jalik ishlariga doir topshiriqni bajarishda o‘rnak
ko‘rsatgan bolalar faoliyati aks ettirilishi kerak.
O‘zini-o‘zi boshqarishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi sinf yoki
guruh faolini tanlashga ko‘p tomonlama bog‘liqdir. Ayrim
maktab-internatlarda sinf boshlig‘i etib, uning o‘qishidan qat’i
nazar, jismonan kuchli, hammadan «zo‘r» bolani tayinlaydilar.
Bunday qilish mutlaqo xato. Sinf yoki guruh faoli qilib intizomli,
o‘qishi yaxshi, obro‘li va, eng muhimi, tashabbuskor bolani
saylashga erishish maqsadga muvofiqdir.
Faol doimo o‘z sinfi yoki guruhi oldida turgan vazifanigina
bilib qolmasdan, u umummaktab jamoasi, obrazli qilib aytganda,
qanday nafas olayotganini, uning yutuq va kamchiliklarini yaxshi
bilishi lozim. Bu o‘zini-o‘zi boshqarish ishini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yishga yordam beradi. Masalan, maktablarda har yil aprel
oyida bir oylik ko‘kalamlashtirish va sanitariya kunlari o‘tkaziladi.
Har bir sinf yoki guruh o‘z imkoniyatini hisobga olib, o‘sha ishga
nima bilan hissa qo‘shishini hisobga oladi, uni sifatli va o‘z
vaqtida bajarishga harakat qiladi. Bu tashabbusni muhokama
qilishni, har bir jamoa o‘z vazifasini belgilashni sinf yoki guruh
faoliga topshirish lozim. Chunki o‘zlari qabul qilgan qarorni
o‘zlari sifatli va astoydil bajarishga urinadilar. Sinf boshlig‘i
bajarilgan ishlar haqida muntazam hisobot beradi.
Tarbiyachi, avval ta’kidlaganimizdek, boshlang‘ich sinflarda
o‘quvchilarning sinfda, o‘yin xonasida va oshxonada navbatchilik
qilishiga alohida e’tibor berishi kerak. Navbatchilik qoidalari


207
o‘quv yili boshida jamoa o‘rtasida o‘rganilib, ular tomonidan
qabul qilinadi. Har bir navbatchi uchun daftar-jurnal tashkil
qilinib, unga kechikib kelish yoki boshqa sodir bo‘lgan umumiy
qoidaga xilof ishlar ko‘rsatiladi. Jurnaldagi yozuvlar vaqti-vaqti
bilan sinf yoki guruh majlisida muhokama qilinadi. Bu o‘rinda
tarbiyachi daftarda qayd etilganlarning realligini, uning sodir
bo‘lish sabablarini o‘rganib, unga nisbatan o‘z munosabatini
majlis vaqtida o‘quvchilarga bayon qilishi mumkin. Buning
tarbiyaviy ahamiyati juda katta.
Har o‘quv yili oxirida o‘zini-o‘zi boshqarish ishiga yakun
yasash kerak. Sinf boshlig‘i, o‘quv-xo‘jalik, tozalik bo‘yicha
komissiyalar qilingan ishlar haqida jamoa oldida hisobot beradilar.
Ma’lumki, kichik maktab yoshidagi bolalar rag‘batlanishni yaxshi
ko‘radi. Shuning uchun tarbiyachi, maktab o‘quvchilar qo‘mitasi-
ning vakili yakun vaqtida qilingan yaxshi ishlarni alohida ta’kid-
lashlari, o‘quvchilarning tashabbusi va faolligi uchun minnatdor-
chilik bildirishilari kerak. Kamchiliklarni esa pedagogik taktikaga
asoslangan holda tahlil qilish lozim. Aks holda faol a’zoligiga
saylash uchun bolalar roziligini olish qiyin bo‘ladi.
Maktabda o‘zini-o‘zi boshqarish ishini yaxshilash amalda joriy
etilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy yo‘na-
lishlari»da alohida qayd qilinadi. Chunonchi, unda o‘quvchi-
larning ta’lim sifatini yaxshilashdagi rolini oshirish, mehnat va
o‘quv intizomini takomillashtirishga erishish, ularning ijtimoiy
faolligini ta’minlash, o‘zini-o‘zi boshqarish ishini yo‘lga qo‘yish
bilan amalga oshiriladi, deyilgan.
Xulosa qilib aytganda, o‘zini-o‘zi boshqarish ishi nafaqat
bugungi ta’lim-tarbiya ishi samaradorligini oshiradi, balki ertangi
jamoatchi, tashabbuskor kishini voyaga yetkazadi.
Mehnat faoliyati va o‘z-o‘ziga xizmat qilish. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining mehnat faoliyati turli xil mehnat qurollari bilan
tanishish, ulardan foydalanish malakasining shakllanishi hamda
ularda mehnatning sodda shakllarini bajarish ko‘nikmasini paydo
bo‘lishiga qaratiladi. O‘quvchilar shaxsining shakllanishida mehnat
faoliyati to‘g‘ri tashkil qilinsa, o‘quv jarayonida berilgan ta’lim
materiallari kunning ikkinchi yarmidagi mashg‘ulotlar bilan
mustahkamlanadi. Bola darsdan tashqari yana 5 soat maktabda
bo‘lar ekan, bu vaqtning anchagina qismini bolalarning mehnat
faoliyatini uyushtirish uchun sarf qilish mumkin. Tarbiyachi


208
bolalarni mehnat faoliyatiga jalb qilar ekan, u albatta bolaning
xarakterli xususiyatini, ya’ni o‘z mehnatining oqibatini ko‘rishga
oshiqishi, o‘z mehnatidan rohatlanishini, mehnatning foydali
ekanini his qilish kabilarni hisobga olishi kerak.
O‘qishlar o‘zbek tilida bo‘lgan maktab o‘quvchilarida mehnat
ko‘nikmasi anchagina shakllangan bo‘lsa ham jamoaviy mehnat
qilish, o‘z oldilariga maqsad qo‘yish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash,
qo‘l kuchidan to‘g‘ri foydalanish kabilarda malaka yetarli emas.
Shuning uchun tarbiyachi bolalarda jamoaviy mehnat qilish,
o‘ziga topshirilgan ishga astoydil, vijdonan munosabatda bo‘lish
xislatlarini tarbiyalashga urinadi. O‘quvchilarning mehnat
faoliyatiga rahbarlik qilish uch bosqichda amalga oshiriladi:
mehnatga tayyorlash, mehnat jarayonini tashkil etish va mehnatga
yakun yasash.
Birinchi bosqichda mehnat maqsadi bayon qilinadi, bolalar
mehnat qurollari, qilinadigan ishlar, yagona mehnat qonun-
qoidalari, mehnatni hisobga olish, kuzatish va yakunlash kabilar
bilan tanishtiriladi.
Ikkinchi bosqichda mehnat jarayoni boshlanadi. Tarbiyachi bo-
lalarda halol mehnat qilishga intilish, mehnat natijasining yaxshi
bo‘lishiga erishish istagini uyg‘otadi. Masalan, maktab hovlisini
tozalash bir sinf yoki guruh zimmasiga tushdi, deylik. Tarbiyachi
bolalarga maktab hovlisi toza bo‘lsa, uning chiroyiga chiroy
qo‘shilishi, unda odamlar yurib quvonishi, ularning bolalar
mehnatidan mamnun bo‘lishi, ularga minnatdorchilik bildirishi
haqida tushuntiradi. Yoki, o‘quvchilar o‘zlari uchun o‘yin
maydonchasini jihozlashi kerak, deylik. O‘yin maydonchasining
har tomonlama ko‘ngildagidek bo‘lishining mohiyatini bola
tushunsa, bolada bu mehnatga ishtiyoq, qiziqish uyg‘onadi.
Tarbiyachi bolalarga mehnat turlarini taqsimlar ekan, ular
mehnatidagi bir-biriga bog‘liqlik, mehnatining sifatli bo‘lishi zarur
ekanligi ongiga yetkaziladi. Bu esa bolada javobgarlikni his qilish-
ga, jamoaviy mehnat ko‘nikmasining shakllanishiga olib keladi.
Sinf yoki guruh o‘quvchilarini guruhchalarga taqsimlab yumush
bilan shug‘ullantirish ham bolada vazifani jamoa bo‘lib yechishga
o‘rgatadi.
Butun mehnat jarayoni sinf yoki guruh faoli rahbarligida
tashkil qilinishi, ayrim vazifalarni o‘quvchilar jamoasi hal qilishga
imkoniyat yaratilishi kerak. Lekin, bu tarbiyachi o‘sha jarayonga


209
mutlaqo aralashmasligi kerak degan so‘z emas. Tarbiyachi mehnat
jarayonining boshidan oxirigacha rahbarlik qiladi, kerakli o‘rinda
maslahat beradi.
Bolalar mehnatini tashkil qilishda asosiy tarbiyaviy rolni
uchinchi bosqich o‘ynaydi. Tarbiyachi bolalarning mehnat
faoliyatiga yakun yasaydi. Bajarilgan ishning sifati tahlil qilinadi.
Bunda, eng muhimi, bolaning mehnatga munosabati, mehnat
jarayonida bir-biri bilan samimiy aloqasi, o‘zaro yordamlashish
kabilar ustida ko‘proq to‘xtash kerak. Topshirilgan ishni kuchi
yetmaganidan yoki uquvi yo‘qligidan sifatsiz bajargan bolalar
ustidan kulishga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Mehnatdagi
jamoaviylik, o‘rtoqlik munosabati, mehnatning yaxshi oqibati,
foydaliligi bolada eng olijanob xislat — mehnatsevarlikni
shakllantiradi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning mehnat faoliyatini
tashkil etish jarayonida kasb tanlash masalasining hal etilishiga
alohida e’tibor berish kerak. Ma’lumki, kasb tanlash haqidagi
tushunchaning kurtaklari o‘quvchida maktabgacha davrda paydo
bo‘ladi. Tarbiyachi esa buni hisobga olib, birinchi sinfdan boshlab
bolalarga kasb, uni xilma-xil ekanligi, har bir kasbning o‘ziga
xos xususiyatlari mavjudligi haqida hikoya qila boshlaydi.
Xususan, kasb tanlash haqidagi ma’lumot sayohat bilan birga
bog‘lansagina ta’sirchan bo‘ladi. Sayohat kishilar mehnatining
xarakterini, mohiyatini ochib beradi va bolani psixologik tomon-
dan mehnat faoliyatiga chorlaydi. Deylik, non zavodiga sayohat
uyushtirildi. Bolalar juda katta qiziqish bilan u yerda ishlaydigan
kishilarning mehnatini kuzatadilar. Bir qator bajarilgan opera-
tsiyalar tufayli oddiy undan tayyor bo‘lgan turli xil non va boshqa
un mahsulotlarini ko‘rib hayron bo‘ladilar. Sayohat yakunida
nonvoylardan biri mehnat faoliyati haqida hikoya qiladi. Kasb
haqidagi bu bahs-suhbat ekskursiyadan keyin maktabda davom
ettiriladi. Natijada bolalarning ayrimlarida nonvoy bo‘lish orzusi
paydo bo‘lishi mumkin.
Demak, bolalar bilan turli ishlab chiqarish korxonalariga,
qurilishlarga, zavod va fabrikalarga, ferma va avtokorxonalarga
ekskursiyalar uyushtirish, kasb tanlashga yo‘llashda katta ahamiyat
kasb etadi.
Qishloq joylarida yashayotgan bolalar, asosan, qishloq
xo‘jaligiga doir joylarga olib boriladi. Shuningdek, tuman, viloyat
14 — K. Hoshimov


210
markazidagi turli korxona, muassasa va tashkilotlarga, muzey-
larga, o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlariga sayohatlar uyushtirish
yanada katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi, birinchidan,
bolalarning dam olib hordiq chiqarishiga, ikkinchidan, darsda
olgan bilimlarini mustahkamlash va kengaytirishga, uchinchidan,
mehnatsevarlik, kasb tanlashga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish
malakalarini hosil qilishiga erishadi.
Bolalarning mehnatga qiziqishini uyg‘otish o‘zini-o‘zi bosh-
qarish ishida katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, mehnat xonasi,
«Mohir qo‘llar» to‘garagi mashg‘uloti, mehnat ta’limi darslari shu
dolzarb muammoni hal qilishga yordam beradi. Shuning uchun
mehnat xonasi, uning jihozlanishiga o‘qituvchilar, tarbiyachilar
alohida e’tibor beradi. O‘quv xonasida mehnat ta’limi darsi va
to‘garak mashg‘uloti uchun qulay sharoit yaratiladi.
«Mohir qo‘llar» to‘garagi ham mehnat faoliyatini faollashti-
rishga ko‘maklashadi. U maktab sharoitini hisobga olgan holda
haftaning xohlagan kunida bir marta bir astronomik soat
davomida o‘tkaziladi. Tarbiyachi bu sohadagi bir yillik to‘garak
dasturini maktab moddiy bazasi imkoniyati doirasida 32
mashg‘ulotga mo‘ljallab tuzadi.
Birinchi, ikkinchi va uchinchi sinfda o‘tkaziladigan to‘garak
mashg‘ulotlari bir-biridan biroz farq qilishi kerak. Birinchi sinf
bolalari ko‘proq ixtiyoriy mashqlar bilan shug‘ullanishni yaxshi
ko‘radi. Shuning uchun bu sinfda mashg‘ulot o‘quvchilarning
qiziqishiga qarab o‘tkaziladi. Masalan, plastilindan biror predmet
yasash kerak bo‘lsa, bunda har bir bolaning xohlagan narsasini
yasashiga ijozat berish kerak. Shunda bola faoliyati faollashadi.
Ikkinchi, uchinchi sinflarda to‘garak mashg‘ulotlariga bo‘lgan
bolalar munosabati anchagina mustahkamlangan bo‘ladi. Ular
shunchalik odatlanadilarki, tarbiyachining ayrim shartlariga ham
rozi bo‘ladilar.
Tarbiyachining reja-konspektida mashg‘ulot mavzusi, mazmu-
ni, maqsad to‘liq aks ettiriladi. Bu reja-konspekt ma’muriyat
tomonidan xohlagan vaqtda tekshirilib, tasdiqlanishi mumkin.
Mashg‘ulotda karton, qog‘oz, plastilin, cho‘p bilan ishlash,
bichish-tikish mashqlari, qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ulla-
nish tavsiya etiladi. Yana bir bor ta’kidlaymizki, bularning
barchasi mehnat ta’limi dasturiga mos bo‘lishi kerak.


211
To‘garak mashg‘uloti samaradorligini oshirish uchun maktab
ma’muriyati turli xil tadbirlar o‘tkazadi. Shulardan biri — o‘quv
yili davomida ikki marta «Mohir qo‘llar» ko‘rigi (ko‘rgazmasi)ni
o‘tkazish. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchilar vakillaridan hakamlar
hay’ati tayinlanadi. Ko‘rgazma bir hafta davom etadi. Hakamlar
hay’ati a’zolari hafta oxirida yakun yasab, 1-, 2-, 3-o‘rinlarni
guruhlarga hamda yakka o‘quvchilarga berish yuzasidan qaror
chiqaradilar. G‘olib guruhlar va o‘quvchilar maktab ma’muriyati
tomonidan taqdirlanadi. Maktab-internatlarda hamma boshlan-
g‘ich sinflar, umumiy ta’lim maktablarida esa barcha boshlang‘ich
sinf, o‘quv kuni uzaytirilgan guruhlar ishtirok etadi. Bunday
ko‘rgazmalar «Mohir qo‘llar» to‘garagi ishini yanada samarali
bo‘lishini ta’minlaydi. Uning natijasi o‘quvchilarnigina emas,
balki tarbiyachilar va ota-onalarni ham qiziqtiradi. Ular kelgusi
ko‘rgazmalarda faolroq ishtirok etishga harakat qiladilar. Bu kabi
ko‘rgazmalarni har o‘quv yilida bir marta tuman yoki shahar
miqyosida ham o‘tkazish mumkin. Unda maktablar ko‘rgazma-
larida g‘olib chiqqan sinf va guruhlar ishtirok etadilar.
O‘quvchilarda mustaqillikning shakllanishida, asosan, o‘quv
mashg‘ulotlari katta rol o‘ynaydi. Lekin o‘z-o‘ziga xizmat qilish
ham bunga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ammo kichik maktab
yoshidagi bolalarni o‘z-o‘ziga xizmat qilish ishiga odatlantirish
o‘ziga xos qiyinchiliklarga ega. Bu ishning samarali bo‘lishiga
erishishda quyidagilarga e’tibor berish talab qilinadi: tarbiyachi
o‘quv yili boshida bolalar bilan suhbat o‘tkazib, ularning uyda
qanday ish bilan shug‘ullanishini, ularning ishiga kim rahbarlik
qilishi yoki yordam berishini, maktabda qanday yumushni
qilmoqchi ekanliklarini aniqlab oladi. Eng muhimi, uyda va
maktabda har bir o‘quvchining o‘zi o‘tirgan joyi, ust-boshini,
ovqatlanish o‘rnini qay holatda tuta olishini kuzatish zarur.
Uyda va yotoqxonalarda (maktab-internatlarda) karavot,
pollarni o‘z vaqtida artib turish, ko‘rpa va choyshablarni taxlab
qo‘yish, ust-boshlarni yechinganda ehtiyot qilib taxlash kabi ishlar
tarbiyachi tomonidan kuzatiladi. Kerak bo‘lsa, bunga e’tibor
bermaydigan bolalarga o‘rgatib boriladi. O‘quvchilarning bu
ishlarni uyda ota-onalari nazoratida bajarishlarini ota-onalar
yig‘ilishida ta’kidlanadi.
Bir maktabdagi ikki kuni uzaytirilgan guruhda ikki xil holatni
tahlil qilib ko‘raylik. Birida bolalar sochi taralgan, tugmalari


212
qadalgan, usti-boshlari toza. Ikkinchisida esa, bu darajada emas.
Nega bunaqa? Suhbat natijasida ma’lum bo‘ladiki, birinchi
guruhning o‘qituvchisi ham, tarbiyachisi ham bola bilan ishlash-
dan oldin, ulardan o‘zlarini tartibga solishni talab qiladi. Hatto,
dastlabki vaqtlarda sochlari to‘zib keladigan qizlarni sinf eshigi
oldida to‘xtatib, pedagoglar o‘z taroqlari bilan ularni tartibga
solib, keyin partaga o‘tirishga ijozat beradilar. Pedagoglarning bu
ishi bolalarni ortiqcha uyaltirish yo‘li bilan emas, ularga kishi
doimo o‘ziga qarashi, o‘zini tartibga solib yurishi kerakligini
tushuntirish bilan olib boriladi. Hatto, buni ota-onalar ham sezib,
farzandlarini maktabga jo‘natishdan oldin ularni kuzatadigan
bo‘ldilar.
Ma’lumki, 1986—87-o‘quv yilidan boshlab maktablarda
ijtimoiy-foydali mehnat maxsus davlat dasturi asosida tashkil
qilina boshladi. O‘quvchilarning bu faoliyatiga rahbarlik qiladigan
maxsus kishilar tayinlanadi.
Ijtimoiy-foydali mehnatni bir chorak, yarim o‘quv yili yoki
bir o‘quv yiliga mo‘ljallab rejalashtirish mumkin. Kuzatishlar
yarim o‘quv yiliga mo‘ljallab tuzilgan reja yoki dasturning
afzalligini isbotlamoqda. Quyida biz boshlang‘ich sinfga o‘quv
yilining birinchi yarmi uchun rejalashtirilgan axloqiy-mafkuraviy
va ijtimoiy-foydali mehnat tarbiyasi mavzusini namuna sifatida
tavsiya etamiz.
I. Axloqiy-mafkuraviy tarbiya, (32 mashg‘ulot)
1-sinf
1. Alisher Navoiyning bolaligi. (4 mashg‘ulot).
a) Alisher — odobli bola — 1 soat;
b) Alisher — kitob shaydosi — 1 soat;
d) Alisher tug‘ilgan oila — 1 soat;
e) Alisherning jonivorlarga g‘amxo‘rligi — 1 soat.
2. O‘zbekiston — mening Vatanim. — 1 soat.
3. Bizning Vatanimiz — katta, ahil oila (baynalminal tarbiya) —
1 soat.
4. Barcha respublikalarning bolalari do‘stlik tufayli kuchlidir
(baynalminal tarbiya) — 1 soat.
5. Men O‘zbekistonda yashayman, men o‘z jonajon o‘lkamni
yaxshi ko‘raman — 1 soat.


213
6. Ota va ona qanday mehnat qiladi? — 1 soat.
7. Bolalar tashkiloti qanday bo‘lishi kerak? — 1 soat.
8. Mehnat qilish — demak, yalqovlik qilish emas — 1 soat.
9. Biz Vatanimizni himoya qilamiz — 1 soat.
10. Bizning bolaligimizni kim himoya qiladi? — 1 soat.
11. Haqiqat va yolg‘on bir-biriga zid. — 1 soat.
12. Tabiatni muhofaza qil (qo‘riqla), (ekologiya) — 1 soat.
13. Nima yaxshiyu, nima yomon? (odob) — 1 soat.
14. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 1 soat.
15. Kimlarni vatanparvar deyish mumkin? — 1 soat.
16. O‘zbekiston fuqarolarining huquq va burchlari — 1 soat.
17. Muhim sanalar haqida suhbat — 8 soat.
Din haqida
18. Suhbat: Biz nima uchun tush ko‘ramiz? — 1 soat.
19. Suhbat: Momaqaldiroq, do‘l, qor, yomg‘ir nimadan bo‘la-
di? — 1 soat.
20. Sehrli ertaklar nimadan darak beradi? — 1 soat.
21. Islom dini va tarbiya — 2 soat.
2-sinf
1. Alisher Navoiyning bolalik yillari.
a) Alisher Navoiyning she’riyatga qiziqishi — 1 soat;
b) mustaqil mutolaa — 1 soat;
d) o‘rtoqlarga yordam — 1 soat;
e) aziz ustoz o‘qituvchim — 1 soat.
2. Men Vatanga xizmat qilishni xohlayman — 1 soat.
3. Biz — «Kamalak» bolalarimiz — 1 soat.
4. «Kamalak» mamlakatiga sayohat — 1 soat.
5. Tarix bilan uchrashuv (mamlakat tarixi) — 1 soat.
6. Istiqlol va mustaqillik haqida — 1 soat.
7. O‘sha kunlarning shuhrati so‘nmas — 1 soat.
8. Kerakli bo‘lish juda muhim — 1 soat.
9. Kimlarning qo‘llari mohir? — 1 soat.
10. Harbiy xizmatchi — 1 soat.
11. Qadimiy shaharlarimiz — 1 soat.
12. Respublikamizning gerbi va bayrog‘i — 1 soat.
13. Toshkent — mehmondo‘st poytaxt shahar — 1 soat.
14. Mas’ullik va javobgarlik — 1 soat.


214
15. O‘zbekiston fuqarolari Vatanga naf keltirishlari shart —
1 soat.
16. O‘zbekiston — tinchliksevar mamlakat — 1 soat.
17. Muhim sanalar haqida suhbat — 8 soat.
Din va hayot
18. Nima uchun kun va tun bo‘ladi? — 1 soat.
19. Suv qayerdan keladi? — 1 soat.
20. Bizning mamlakatimizda vijdon erkinligi va din — 1 soat.
21. Din haqidagi diafilmlarni ko‘rish — 2 soat.
3-sinf
1. Alisher Navoiyning adabiyotga kirib kelishi va adabiyot so-
hasidagi faoliyati — 4 soat.
a) «Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim» — 1 soat;
b) donolarning donosi — 1 soat;
d) «Boshingni fido ayla ato qoshig‘a, jismingni qil sadqa ona
boshig‘a» — 1 soat;
e) Alisher Navoiy haqidagi latifa, hikoyat va rivoyatlar — 1
soat.
2. Vatanning bayrog‘i ostida — 1 soat.
3. Do‘stlik hamma narsadan qimmatli — 1 soat.
4. O‘zbekiston nimasi bilan boy? — 1 soat.
5. Davlat mustaqilligi nima? — 1 soat.
6. Hokimiyat nima? — 1 soat.
7. Hamma ishlar yaxshi, didingga yoqqanini tanlab ol — 1
soat.
8. Mehnat kishi shuhratini oshiradi — 1 soat.
9. Dengiz faqat mardlarga bo‘ysunadi — 1 soat.
10. Bolalar mamlakati — 2 soat.
11. Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun — 1
soat.
12. Halol va so‘zimiz ustidan chiqadigan bo‘laylik — 1 soat.
13. Baxtimiz qomusi— 1 soat.
14. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik to‘g‘risidagi
qonuni — 1 soat.
15. Muhim sanalar to‘g‘risida suhbat — 8 soat.
Din va hayot
16. Din va zamonaviylik — 1 soat.


215
17. Zilzila, suv toshqini, o‘rmon yong‘inlari nimadan sodir
bo‘ladi? — 1 soat.
18. Dunyoda qanday dinlar bor? — 1 soat.
19. Dinga oid diafilmlarni ko‘rish va hikoyalar tinglash — 2
soat.
4-sinf
1. Alisher Navoiyning yoshlik yillari.
a) Alisher Navoiy o‘zbek xalqining buyuk mutafakkiri va shoi-
ri — 1 soat;
b) Alisher Navoiyning «Xamsa» asari haqida — 1 soat;
d) Alisher Navoiyning «Hayratul-abror» asari haqida — 1 soat;
e) Alisher Navoiy bugungi kunda — 1 soat.
2. O‘zbekiston — mening Vatanim — 1 soat.
3. Paxta — Vatanimiz iftixori — 1 soat.
4. «Yer — fermerlarga!» — 1 soat.
5. Yoshlar — tinib-tinchimas qalblar — 1 soat.
6. Qush uyasini buzib, o‘zingdagi ezgulikni yo‘qotasan — 1
soat.
7. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi — 1 soat.
8. Hech kim, hech narsa unutilmaydi — 1 soat.
9. Turli xalqlarning bolalari, bizlar tinchlik haqida o‘ylab
yashamoqdamiz — 1 soat.
10. Qadimiy shaharlar — 1 soat.
11. Odamlarga nisbatan ezgulik va iltifot haqida — 1 soat.
12. Ahil jamoa qanday bo‘lishi kerak? — 1 soat.
13. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganlik haqida
(1989-y. 21-oktabr) — 1 soat.
14. O‘zbekiston xalqlarining do‘stligi va qardoshligi — 1 soat.
15. Odam odamga do‘st, o‘rtoq va birodardir — 1 soat.
16. O‘zbekiston — baynalminal mamlakat — 1 soat.
17. Toshkent — non shahri — 1 soat.
18. Muhim sanalar haqida suhbat — 8 soat.
Din va hayot
19. Nima uchun Oy va Quyosh tutilishi ro‘y beradi? — 1
soat.
20. Yerda hayot qanday paydo bo‘lgan? — 1 soat.
21. Diniy bayramlar va marosimlar — 2 soat.
22. Milliy bayramlar — 1 soat.


216
Mehnat tarbiyasi
1-sinf
Qog‘oz va karton bilan ishlash
1. Qog‘oz salfetkalar yasash — 1 soat.
2. Rangli applikatsiyalar qirqish — 2 soat.
3. Shakl va rasmlarni qirqish hamda ularni kartochkalarga
yopishtirish — 1 soat.
4. Qog‘ozdan sumkalar, bayroq tizimlari, archa bezaklari,
o‘yinchoqlari (fonarlar, sumkalar, jonivorlar tasviri, qor parcha-
lari, karnaval qalpoqchalari) yasash — 4 soat.
Gazlama (mato) bilan ishlash
5. Popukli salfetka, ilgak tayyorlash — 1 soat.
6. Tabiiy materiallar (so‘ta, shox, somon, yeryong‘oq) dan
foydalanib narsalar yasash — 2 soat.
Plastilin bilan ishlash
7. Mevalar, hayvonlar, «Bo‘ri va yetti uloq», «Qizil shapka-
cha» ertaklarining qahramonlarini, harbiy mashinalarni va
bolalarning o‘z xohishlariga ko‘ra narsalarni yasash.
Texnik modellashtirish
8. Konstruktor-mexanik termasi detallaridan eng oddiy
qurilmalar modelini yasash — 4 soat.
Qishloq xo‘jalik mehnati
9. Xona gullarini parvarishlash. Ularni o‘stirish va parvarish
qilish qoidalari bilan tanishish — 2 soat.
10. Belkurak, xaskash bilan ishlash usullarini o‘rganish,
urug‘lar sepish — 2 soat.
11. Kolleksiya to‘plash: «Kuz barglari, gullar va o‘tlar» — 3 soat.
O‘z-o‘ziga xizmat qilish
12. Kiyimni qanday kiyish, saqlash va tozalash kerak?
Ovqatlanayotganda idish-tovoq va shu kabilardan qanday foy-
dalanish kerak? — 2 soat.
13. Ijtimoiy-foydali mehnat — 5 soat.
II sinf uchun dastur
Texnikaviy mehnat
1. Qog‘oz va karton bilan ishlash. Kartondan shaxmat-shash-
ka taxtachalarini, lotoga o‘xshash o‘yin uchun kartochkalarni,
archa uchun bezak va o‘yinchoqlarni, oddiy kartochkalarni


217
tayyorlash. O‘quvchilarning o‘z xohishlariga ko‘ra shug‘ullanish-
lari — 4 soat.
2. Gazlama (mato) bilan ishlash. Ipak, jun, tabiiy gazlama
va ip namunalari kolleksiyasini tuzish. Nonushta uchun
xaltachalar, navbatchilar uchun bog‘ichlar tikish, tugma qadash,
kamarchalar, sakrash uchun arqonchalar to‘qish — 4 soat.
3. To‘qish texnikasi — 1 soat.
4. Turli materiallar bilan ishlash. Yog‘och g‘ildirakli arava-
cha uchun taxta randalash, g‘altakdan viz-vizaklar yasash — 2
soat.
5. Plastilindan bolalar xohishiga ko‘ra qush, jonivorlar va shu
kabilar shaklini yasash — 3 soat.
6. Daraxt butog‘i, ildizi, yong‘oq va shu kabilardan ertak-
larning personajlari (qahramonlari)ni yasash — 2 soat.
Texnik modellashtirish
7. «Konstruktor» termasi detallari (bo‘laklari)ni qo‘llab,
namunalar asosida texnik o‘yinchoqlarning model va maketlari
(bino, avtomashina, ko‘tarma kran va shu kabilar)ni yasash —
2 soat.
8. Ijtimoiy-foydali mehnat — maktab uchastkasida ishlash,
qog‘oz to‘plash, shanbalikda qatnashish — 7 soat.
Qishloq xo‘jalik mehnati
9. Kuz. O‘quv-tajriba uchastkasida tuproqqa ishlov berish.
Bahor. Xona o‘simliklari ko‘chatini tayyorlash va ekish. Maktab
qoshidagi uchastkada ishlash — chopish, ariq olish, urug‘ se-
pish, ekish, parvarish qilish — 5 soat.
O‘z-o‘ziga xizmat qilish
10. Suhbat: Ho‘l bo‘lgan kiyimlarni quritish va tozalash
usullari — 1 soat. (Amaliy mashg‘ulot)
11. Turar joyga qarash. (Amaliy mashg‘ulot) — 1 soat.
III sinf uchun dastur
Mehnat tarbiyasi
1. Qog‘oz va karton bilan ishlash. Matematikadan masala-
lar tuzish uchun ko‘rgazmali qurollar, mehnat darslari uchun
kartochkalar shablonlari (andozalari), karton muqovali qo‘lbo-
la kitoblar tayyorlash. Mehnat, ona tili, matematika darslari
uchun kerakli tarqatma materiallar saqlanadigan qutichalar


218
yasash, qopqog‘i applikatsiyalar bilan bezatilgan qutichalarga
tabiiy materiallardan to‘plangan kolleksiyalarni joylashtirish —
10 soat.
2. Gazlama bilan ishlash. Ish turlari: yamoq solish, turlash,
tish cho‘tkalari uchun kashta tikilgan xaltachalar, yengliklar,
yoqalar, qo‘g‘irchoqlar uchun kiyimlar tikish — 4 soat.
3. Turli materiallar bilan ishlash: a) yog‘ochdan buyumlar
(ko‘rsatkich, xatcho‘p, ko‘chat va kolleksiyalar uchun qutichalar,
qushlar donlashi uchun moslamalar) yasash. b) Plastilindan
«Fermer xo‘jaligi dalasida», «Shirkat xo‘jaligi fermasi», «Hayvonot
bog‘i» maketini va shu kabi maketlarni yasash — 4 soat.
4. Ijtimoiy-foydali mehnat. Temir-tersak, qog‘oz to‘plash,
kutubxona kitoblarini taxlash, shanbaliklarda ishtirok etish — 8
soat.
5. Texnik modellar yasash. «Konstruktor» termasidan cho‘n-
tak fonarining batareyasi bilan ishlaydigan turli texnik qurollar
(karusel va shu kabilarni) yasash — 2 soat.
6. Qishloq xo‘jalik mehnati: maktab uchastkasida ishlash
(yerni kuzda shudgorlash, bahorda qayta chopish, o‘g‘itlash, sab-
zavot va gul, manzarali ko‘chatlar ekish, ularni parvarish qilish,
oziqlantirish) — 4 soat.
IV sinf uchun dastur
Texnik tarbiya
1. Qog‘oz va karton bilan ishlash (jurnalni muqovalash, ki-
chik albom va xotira (yon) daftarlari tayyorlash). Ko‘rgazmali
qurollar — geometrik jismlar, qo‘l mehnati asboblari, kolleksiya
uchun qutichalar, archa o‘yinchoqlarini yasash — 3 soat.
2. Mato bilan ishlash. Ish kiyimi etagining andozasini tay-
yorlash, bichish va tikish. Kashta tikish. To‘plar uchun to‘r,
soatlar uchun tasmalar to‘qish — 3 soat.
3. Yog‘ochni arralash, kuydirib naqsh solish — 3 soat.
4. Texnik modellar yasash. Turli materiallar (qog‘oz, karton,
faner, mayda sim, tunuka, plastik massa)dan har xil buyumlar
yasash, «Konstruktor» termasidan turli modellar (suv g‘ildiragi,
shamol dvigateli, semafor va svetofor) yasash — 5 soat.
Qishloq xo‘jaligi mehnati
5. Xona gullarini parvarish qilish — 2 soat.


219
6. Maktab uchastkasini qishga tayyorlash, bahorda ishlash,
ekin ekish, o‘stirish — 4 soat.
7. Ijtimoiy-foydali mehnat. Temir-tersak yig‘ish, shanbalik-
larda ishtirok etish — 8 soat.
O‘z-o‘ziga xizmat qilish
8. Kir yuvish va dazmollash — 2 soat.
9. Elektr asboblaridan foydalanganda texnika xavfsizligi qonun
qoidalari — 2 soat.
KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH VA MAKTAB-
INTERNATLAR O‘QUVCHILARI UCHUN BADANTARBIYA
MASHQLARI
Kuni uzaytirilgan maktablarning kundalik rejimiga quyidagi
mashg‘ulot turlari kiritilgan: dars oldidan o‘tkaziladigan gimnas-
tika, dars mashg‘ulotlaridagi badantarbiya daqiqalari, ochiq
havoda o‘tkaziladigan badantarbiya va sport o‘yinlari, katta
tanaffusda bajariladigan harakatli o‘yinlar va hokazolar.
Badantarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan maqsad. Badan-
tarbiya mashg‘ulotlari kuni uzaytirilgan guruhlari mavjud maktab
rejimiga kiritilgan bo‘lib, u bir necha darsdan keyin o‘quv-
chilarning dam olishi maqsadiga va keyingi o‘quv faoliyatida ish
qobiliyatini tiklashga qaratiladi.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari-
da faol harakat qilishi juda foydali. Chunki har kungi bu harakat
kichik maktab yoshidagi bolalarning yoki o‘quvchilarning qon
harakatini mo‘tadillashtiradi, sog‘lig‘ining yaxshilanishiga ijobiy
ta’sir qiladi.
O‘quvchilarni jismoniy jihatdan tarbiyalash tarbiyaning uzviy
bir qismidir. U yoshlarni har tomonlama chiniqqan, sog‘lom qilib
o‘stirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Badantarbiyaning
vazifasi o‘quvchilarni jismoniy jihatdan baquvvat, tetik, xushchaq-
chaq, mehnatga qobiliyatli, ijodiy mehnat qilishga qodir, hayotda
har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradigan qilib tarbiyalash-
dan iboratdir.
O‘quvchining kuzatuvchanligi, zehni, xotirasi uning jismoniy
rivojlanishiga, sog‘lomligiga bog‘liq. Shuning uchun sog‘liqni
mustahkamlash, kasallanishning oldini olish ish qobiliyatining
ortishi va o‘qishda yaxshi natijalarga erishishda zamin hisoblanadi.


220
Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlarda va maktab-internatlarda
bolalarning kuni bo‘yi maktabda pedagog-tarbiyachilar nazorati
ostida bo‘lishi ularni turli mashg‘ulotlarga jalb qilish imkoniyatini
beradi. Bunday mashg‘ulotlardan biri bolalar o‘rtasida olib bo-
riladigan badantarbiya mashg‘ulotlaridir. Bunday mashg‘ulotlar
o‘quvchilarning har tomonlama o‘sishida va ularni ijtimoiy-
foydali mehnatga tayyorlashda katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun
bu yangi tip muassasalarda bolalarga ertalab, dars boshlangunga
qadar badantarbiya mashqlari qildirish, darsdan keyin harakatli
o‘yinlar, turli gimnastik mashqlar bilan shug‘ullantirish masalasiga
e’tibor berilishi kerak. Jismoniy ta’lim nazariyasining asoschisi
P. F. Lesgaft kishining badantarbiyasi aqliy, axloqiy va estetik
tarbiyasi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi haqida to‘xtalib
shunday deydi: «Rivojlanish, — degan edi u — jismoniy rivojla-
nish singari garmonik bo‘lishi, aqliy, estetik va axloqiy tarbiya
ham shunga muvofiq bo‘lishi kerak, aks holda matonatli va
sobitqadam kishilarni voyaga yetkazib bo‘lmaydi»
1
.
Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarda badan-
tarbiya ishlari rejim asosida olib borilishi kerak. Bu bolalarning
salomatligini mustahkamlabgina qolmasdan, balki ularning
tashqi ko‘rinishiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Dadilligi, chaqqonligi
va xushchaqchaqligini ta’minlaydi, shuningdek, aqliy-axloqiy,
estetik tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Keyingi vaqtlarda
kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlarning ko‘pchiligida
badantarbiya va sport ishlarini darsdan keyin bolalar bilan
badantarbiya o‘qituvchisi emas, balki tarbiyachilar ham olib
bormoqdalar. Tarbiyachilar badantarbiyani bolalarning yoshi va
o‘ziga xos xususiyatlariga mos holda olib borishga e’tibor
bermog‘i kerak. Shuningdek, bu masalada badantarbiya
o‘qituvchisi bilan doimo maslahatlashib, maktab shifokoridan
olib turish zarur.
Badantarbiya mashqlari davomida o‘quvchilarning faolligini
oshirish uchun fizkultura tashkilotchilarini, sportning ayrim turlari
bo‘yicha hakamlarni, bayram, musobaqa, ko‘riklarda eshittirishlar
olib boruvchi sharhlovchilarni, instruktor va uning
yordamchilarini bolalarning o‘zlaridan yoki yuqori sinf o‘quv-

Ëåñãàôò Ï. Ô. Ñîáð. ïåä. ñî÷. — Ì., 1-òîì. 1-÷àñòü. ñòð. 195.


221
chilaridan tayyorlash lozim. Ular esa amaliy sport faoliyatida
maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari, maktabning sport klubi kengashi
va tarbiyachilar topshiriqlarini muntazam bajarishlari kerak.
Yana bir narsani aytish kerakki, kuni uzaytirilgan sinf,
guruhlarda badantarbiya turli shaklda olib borilishi mumkin.
Biroq, haftadagi ikki soatlik badantarbiya darsi kam harakat-
lilikning oldini olishga qodir emas. Ma’lumki, kichik maktab
yoshidagi bolalar bir sutkada lozim bo‘lgan harakat ehtiyojining
18—22 foizini o‘zlarining xilma-xil ixtiyoriy, rejalashtirilmagan
mustaqil harakatlari orqali qondiradilar.
Mutaxassislarning ko‘rsatishicha, jadval bo‘yicha badantarbiya
darslari o‘tkazilgan kunlarda kamharakatlilik 40 foizni tashkil
qilsa, dars yo‘q kunlarda esa u 80 foizga ko‘tariladi. Lekin bular
bolalarning harakatga bo‘lgan biologik ehtiyojlarini qondira
olmaydi. Shuning uchun o‘quvchilarning bir kunlik faol harakat
ko‘lami 2 soatdan, haftada esa 14 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiiy harakat
ehtiyojlarini hisobga olib, jismoniy mashg‘ulotlarni quyidagicha
tashkil qilish va o‘tkazish mumkin:
1. Mashg‘ulotgacha gimnastika — 10 daqiqacha.
2. Har bir darsda va mustaqil dars tayyorlash vaqti jismoniy
harakat daqiqalari — 2—3 daqiqadan.
3. Tanaffus paytidagi o‘yinlar va turli mashqlar — 10—15
daqiqacha.
4. Mashg‘ulotdan keyin sport ishlari — faol dam olish va
ochiq havoda bo‘lish — 45 daqiqacha.
5. Harakatli oyinlar, sayr qilish va sport bilan shug‘ullanish —
40 daqiqacha.
Bu tadbirlarning belgilangan vaqtda qiziqarli, samarali o‘tka-
zilishi maktab direktori hamda badantarbiya bo‘yicha mas’ul kishi
tomonidan nazorat qilinishi muhimdir. Bu o‘quvchilar o‘rtasida
ommaviy badantarbiya va sportni rivojlantirishning qo‘shimcha
choralari to‘g‘risida Vazirlar Kengashi, Xalq maorif vazirligi,
jismoniy harakat va sport qo‘mitasining buyrug‘i (1981-yil)
asosida maktab direktoriga kuni uzaytirilgan guruhlarda har kuni
bir soat jismoniy harakat mashg‘ulotlarini, turli harakat o‘yinlari,
badantarbiya mashqlarini sayr etish, qisqa vaqtli poxodlar, oddiy
sport musobaqalari yo‘li bilan tashkil etishni ta’minlash yukla-
tilgan, shuningdek, badantarbiya o‘qituvchilarining yuqori sinf


222
o‘quvchilari orasidagi badantarbiya faoli yordamida tarbiyachiga
doimiy yordam berishi uqtirilgan. Ayrim ilg‘or maktablarda
bolalar harakatini tashkil qilishning aniq shakllari, ya’ni guruh-
larda bir soat badantarbiya mashg‘ulotlarini tizimli o‘tkazish
kundalik rejim asosida mustaqil dars tayyorlab bo‘lganlaridan
keyin amalga oshirilmoqda. Shu talablar kun tartibi asosida
o‘tkazilgani ma’qul. Chunki qat’iy bir kun tartibiga rioya qilish
bolalar organizmini mustahkamlashga, chiniqtirishga, kamroq
kuch sarf qilib, ko‘proq ish qilishga yordam beradi va ayni
vaqtda bu sog‘liqni yaxshilashga va umrni uzaytirishga olib ke-
ladi. Shu tufayli maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlar-
ning kundalik kun tartibida mehnatga va tarbiya mashg‘u-
lotlariga alohida e’tibor berilishi, vaqt belgilanishi, shart-sharoit
yaratilishi zarur.
O‘zbekistonda yozning ancha issiq bo‘lganligi uchun maktab-
internat va kuni uzaytirilgan har bir guruhda bolalarning yuvinishi
uchun dush bo‘lishi, vodoprovodi bo‘lmagan qishloq joylarda esa
bolalar maktabga yaqin bo‘lgan anhorda yoxud suvi tez-tez
yangilanib turiladigan hovuzlarda cho‘milishi zarur. Dushda
cho‘milish, suvda suzish bola organizmini chiniqtiradi; suv uyquni
qochiradi, miyani faollashtiradi, ishga tez kirishish va unumli
ishlashga yordam beradi.
Shuningdek, turistik sayohatlar uyushtirish yo‘li bilan sport
harakatlarini olib borish mumkin. Bunda, birinchidan, bola
harakat qiladi, ikkinchidan, diqqatga sazovor joylar bilan tani-
shadi. Bu uning tarbiyasiga samarali ta’sir qiladi. Buxoro viloyati
Gijduvon tumanidagi maktablarda o‘lkani va shaharlar tarixini
o‘rganishga ta’tilda katta e’tibor berilmoqda. Bu maktablarning
pedagoglar jamoasi qishki ta’tilda bolalarni Buxoro shahriga
sayohat qildirib, ularni Buxoroning o‘tmishi va hozirgi hayoti,
ajoyib, boy yodgorliklari bilan batafsil tanishtiradi. Sayohat dav-
rida bolalar juda ko‘p narsalarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, bilib
oladilar.
Hozirgi kunda badantarbiya mashg‘ulotlarida xalq raqslari,
badiiy gimnastika mashqlari ham qo‘llanilmoqda. Ayrim
maktablarda o‘tkazilgan tajriba badantarbiya bo‘yicha qizlar bilan
olib boriladigan badantarbiya ishini snaryad gimnastikasi
elementlari, xalq raqslari va xalq o‘yinlaridan boshlash zarurligini
ko‘rsatmoqda. Ularni ana shunday yo‘l bilan asta-sekin sportga


223
jalb etib borish zarur. Badantarbiya vositalari orasida gimnastika,
harakatli o‘yinlar va sport yetakchi hisoblanib, o‘quvchilarni
badantarbiyalash tizimida asosiy gimnastika, gigiyenik gimnastika,
sport gimnastikasi, yordamchi (davolash) gimnastika kabilar keng
qo‘llaniladi. Asosiy gimnastikaning mazmuniga: saflanish, yurish,
yugurish, sakrash, muvozanat saqlash, tirmashib chiqish va oshib
o‘tish mashqlari kiradi. I—II sinflarda gimnastika hamda harakatli
o‘yinlar asosiy o‘rinni egallab, III sinfdan boshlab akrobatika
mashqlari, basketbol elementlari, tayanib sakrash, osilish
o‘yinlariga keng o‘rin beriladi. Demak, sportning ba’zi bir turlari
bilan tanishish III sinfdan boshlanadi. Bolalar yoshi kattalashib
borgan sari material murakkablashib, sportning ayrim turlarini
o‘rganish texnikasi va taktikasiga bo‘lgan talab ortib boradi.
Harakatli o‘yinlar barcha sinflarda gimnastika darsiga va darsdan
tashqari faoliyatlarga kiritilib, ular o‘rganilgan gimnastika
mashqlarini mustahkamlash vositasi sifatida qo‘llaniladi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar sport gimnastikasining
oddiy elementlari bilan shug‘ullansalar, davolash gimnastikasi
orqali sog‘lig‘i va kuchini mustahkamlash nuqtayi nazardan
shug‘ullanadilar.
Bolaning normal o‘sib rivojlanishida, organizmni harakatga
bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda gigiyenik gimnastikaning roli
kattadir. Harakat tezligining ortishi bilan ularning markaziy nerv
tizimi funksional holati va ishchanlik qobiliyati yaxshilanadi.
Badantarbiya soatining mazmuni tarbiyachining iste’dodiga,
tarbiyachilik iqtidoriga bog‘liqdir. Bu mashg‘ulotni turlicha
o‘tkazish mumkin. Albatta, kichik maktab yoshidagi bolalarning
imkoniyatini va yosh xususiyatini hisobga olib ish tutish lozim.
Bularga quyidagi harakat turlarini kiritish mumkin: a) yurish: qo‘l,
oyoq, gavdani har xil holatda harakatlantirish, maydoncha
bo‘ylab, yo‘nalishni o‘zgartirgan holda sekin va tez yurish, oyoqlar
uchida va tovonlarda yurish;
b) sekin yugurish va tez yugurish: ishora bo‘lishi bilanoq
vazifani darhol bajarish, yugurishni yurish bilan almashtirish,
baland bo‘lmagan to‘siqlardan yugurib o‘tish, xari ustidan sakrab
o‘tish va hokazo;
d) sakrash: bir va ikki oyoqlab sakrash, turgan joyda, oldin-
ga harakat qilib, arg‘amchida, halqada sakrash va hokazo;


224
e) to‘pni irg‘itish: kichik va katta to‘plarni irg‘itib ilib olish,
o‘quvchilar yuzma-yuz turgan holda to‘pni bir-biriga irg‘itish,
to‘pni uzoqqa otish, har xil nishonga, savatchaga, halqaga
tushirish va hokazo;
f) tirmashib chiqish, oshib o‘tish: halqadan, narvonchadan,
devordan oshib tushish, o‘yin maydonchasidagi to‘siqlardan oshib
o‘tish va boshqalar;
g) osilish, tayanib turish: turnikda, devorda va boshqa shun-
ga o‘xshash narsalarda osilish, tayanib turish va hokazo;
j) muvozanat saqlash mashqlari: to‘r chiziq ustidan, xaridan
o‘tish, to‘siqlarni narsasiz va narsa bilan oshib o‘tish, tortib
qo‘yilgan arqon rezinka tasmalar ustidan odimlab o‘tish va
hokazo;
i) narsalar bilan mashq bajarish: to‘plar, halqalar bilan
halqalarni dumalatish, halqalar ustidan sakrash, halqalarni vertikal
holatda aylantirish, gavda atrofida aylantirish, uzun va kalta
arg‘amchilarda (har xil sakrashlar, joyda, harakatda bir va ikki
kishi bo‘lib) mashqlar bajarish, bundan tashqari, qo‘l, oyoq,
gavda, bosh bilan bajariladigan mashqlarni turgan joyda, yurish
paytida, ayrim o‘yinlar (masalan, «O‘rtoq komandir!», «Taqiq-
langan harakat»)da bajarish mumkin. Shuningdek, harakatli
o‘yinlar, saflanish, umumiy muskullarni rivojlantiruvchi mashqlar
(qarshilik ko‘rsatib yugurish, sakrash, to‘siqlardan oshib o‘tish),
komandali va komandasiz o‘yinlar o‘tkazsa bo‘ladi.
Yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish, to‘plar, tayoqchalar,
bayroqlar bilan estafetalar o‘tkazish lozim. Sportga oid o‘yin-
kulgilar, velosiped minish, badminton o‘yinining elementlari,
voleybol, basketbol, futbol, bayroqchalar bilan sportga oid o‘yin-
kulgilarni bajarish mumkin. Bularga badantarbiya soatining
mazmuniga qarab tabiiy harakat turlarini, harakatli o‘yinlar va
estafetalar, sportga oid o‘yin-kulgilarni qo‘shish kerak.
Badantarbiya mashg‘ulotlarining tuzilishini shartli ravishda uch
qismga bo‘lish mumkin:
I qism — tayyorlov qismi (10—15 daqiqa) o‘quvchilar o‘yin
maydonchasiga kelishi bilanoq boshlanadi. Uning mazmuni
saflanish, tarbiyachining tashkiliy ko‘rsatmalari, yurish va
maydoncha bo‘ylab bir qatorda saf tortib, 300—500 metrgacha
sekin yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarishdan
iborat.


225
Yurish va yugurish badantarbiya soati boshlanishida yurak-
qon tomir va nafas olish a’zolarining faolligini va mashq qilish
havasini oshiradi.
II qism — badantarbiya soatining asosiy qismi bo‘lib, 30—40
daqiqa davom etadi, buni biz faol dam olish, deb atashimiz
mumkin. U hamma sinflar uchun bir xil: harakatli o‘yinlar, sport
an’analari, sportga oid o‘yin-kulgilar va bolalarning o‘zaro
mustaqil bajaradigan harakatli o‘yinlari hamda sportga oid o‘yin-
kulgilari va hokazo.
Guruhlarda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar va an’anaviy
o‘yinlar bolalarga quvnoq kayfiyat, ruhiyat baxsh etishi kerak.
Shunda ular sportning bir turidan ikkinchi turiga oson ko‘cha
oladigan, kirishib keta oladigan bo‘ladilar.
Asosiy qismidagi faol harakatlar esa epchillik, chaqqonlik,
tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga imkon beradi, bolalarning
harakatlanish tajribasini boyitadi. Harakatli o‘yinlar haqidagi
bilimlarni to‘ldiradi.
Bolalarning juft-juft bo‘lib yoki kichik-kichik guruhlarda
mustaqil bajaradigan harakatli o‘yinlari va sportga oid o‘yin-
kulgular badantarbiyaga xos malakalarini oshirib, ularni shod-
xurram qiladi, charchoqlarini yozadi va shu bilan yaxshi dam
olishlarini ta’minlaydi.
III qism — yakuniy qism (5—7 daqiqa). Yakuniy qismda bo-
lalarning faol dam olishi tartibli ravishda yakunlanadi. Buni
quyidagicha amalga oshirish mumkin. O‘quvchilar umumiy safga
turadi, maydoncha bo‘ylab erkin yuradi yoki diqqatni to‘plab
olishga imkon beradigan mashqlar bajaradi.
Badantarbiya mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish. «Umumiy ta’-
lim maktablari o‘quvchilarining badantarbiyasi to‘g‘risida»gi
qaroriga binoan badantarbiya soatini tashkil qilishga maktab
direktori mas’uldir (1979-yil).
Kuni uzaytirilgan guruh yoki sinfda badantarbiya soatini
tarbiyachi tashkil qiladi va o‘tkazadi. Uning vazifasiga: dam olish
o‘tkaziladigan joyni, o‘yin maydonchasini jihozlash, ya’ni sport
asbob-anjomlarini tayyorlash va ularni saqlash, badantarbiya
soatini o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazish kiradi.
Tarbiyachilarga badantarbiya soatini o‘tkazishda metodik
yordamni badantarbiya o‘qituvchilari beradi. Bu yordam amaliy
mashg‘ulotlar tanlash, ya’ni harakatli o‘yinlar, an’anaviy o‘yinlar,
15 — K. Hoshimov


226
sportga oid o‘yin-kulgilar va shularga oid metodik ko‘rsat-
malardan iborat bo‘ladi.
Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, badantarbiya soatini oddiy
sayr qilishga aylantirib yuborish yaramaydi. Ayrim tarbiya-
chilarning fikricha, bolalar o‘ynayotgan paytda, ularning
o‘yinlariga aralashilmasa, yaxshi dam olishar ekan. Bu aytarli
to‘g‘ri emas. Ularga ortiqcha «erkinlik» berish ham xatodir.
Bizningcha, tarbiyachilar bolalarning xulq-atvorini chetdan
kuzatib turgandan ko‘ra, ular bilan qo‘shilishib yurgani yaxshi.
Chunki tarbiyachining yetakchi o‘rni bo‘lmagan badantarbiya
soatidan maktab o‘quvchilari unumli foydalana olmaydilar.
Badantarbiya soatining samarali o‘tishi uchun tegishli joy,
jihozlar, asbob-anjomlar va ular saqlanadigan joylar bo‘lishi kerak.
Shuning uchun har bir guruhda har xil diametrdagi rezinka
to‘plar, kalta arg‘amchi sakragichlar (20—25 ta), uzun arg‘amchi
(5—10 ta), badminton uchun raketka (5—10 juft), kegli va
g‘o‘lacha (5—6 komplekt), kichik samokatlar, har xil bayroq-
chalar, barabanlar, bulavalar, hushtaklar, halqalar, shaxmat-
shashkalar, voleybol, basketbol, futbol to‘plari bo‘lishi kerak.
Xullas, kuni uzaytirilgan guruhlarda badantarbiya sport
mashqlari va o‘yinlarining to‘g‘ri tashkil qilinishi bolalarning
jismoniy va aqliy jihatdan mukammal rivojlanishiga katta yordam
beradi.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda badantarbiya daqiqasini o‘tka-
zishning taxminiy majmuasi. Odatda, badantarbiya daqiqasi deb
umumiy ta’lim darslarida ish qobiliyatini oshirish hamda
charchashni bartaraf etish maqsadida 2—3 daqiqa davomida ikki-
uchta mashq o‘tkazilishiga aytiladi.
Badantarbiya daqiqasi I—IV-sinflarda dars paytida, kuni
uzaytirilgan guruhlarda uyga berilgan vazifalarni bajarish vaqtida
o‘tkaziladi.
O‘qituvchilarning bajarayotgan ishlarini o‘zgartirib turish, ya’ni
ularga mashg‘ulotlar orasida ikki-uchta badantarbiya mashqi ba-
jartirish butun dars davomida ulardagi ishlash qobiliyatini
oshirishga yordam beradi. Buning sababi shuki, asab qo‘zg‘alish
o‘chog‘i miya po‘stlog‘ining boshqa joyiga ko‘chadi, ishlayotgan
markazlarda esa, to‘xtash holati sodir bo‘ladi. Bu holda ulardagi
tiklanish jarayoni tezlashadi va yaxshilanadi. Jismoniy mashq-
lardan keyin o‘sha to‘xtash holati bo‘lgan joylarda qo‘zg‘alish


227
yanada kuchayib ketadi va biz o‘quvchilarning bo‘lingan ishni
yana diqqat va faollik bilan davom ettirishga tayyor ekanliklarini
ko‘ramiz. Bundan tashqari harakat qilish natijasida qon aylanishi
yaxshilanadi, bu esa charchashni kamaytiradi.
Badantarbiya daqiqalari o‘tkazish kichik maktab yoshidagi
bolalarga anatomik-fiziologik xususiyatlari nuqtayi nazaridan
yuqori sinflarga qaraganda ancha zarurdir.
Bolalar dars vaqtida betoqat bo‘lib, haddan tashqari ko‘p
harakat qilishlari, o‘tirgan joylaridan tez-tez turib ketishlari,
gaplashishlari, orqalariga, yonlariga qarab-qarab o‘tirishlari,
shovqin-suron ko‘tarishlari mumkin. Bundan tashqari gavdani
to‘g‘ri tutib turuvchi yelka muskullari, bo‘yin, oyoqlar, zo‘riqish
holatida bo‘ladi. Zo‘riqish o‘quvchini juda charchatadi, natijada
uning muskullari asta-sekin bo‘shashadi, yelkasini chiqarib
ko‘kragini partaga tirab, goh u qo‘liga, goh bu qo‘liga tiranib,
yastanib o‘tiradi. Yozma ishlar vaqtida ba’zan qo‘llarning uvishib
qolishi seziladi. Bularning hammasi charchashning dastlabki
belgilaridir. Shu kabi ko‘rinishlarning hammasini badantarbiya
daqiqalari o‘tkazib turish orqali yo‘qotish mumkin.
Badantarbiya daqiqalari majmuasi, odatda, oddiy, bolalar
bajara oladigan, murakkab harakatni talab qilmaydigan 3—4
mashqdan iborat bo‘ladi.
Bajariladigan mashqlar orqali gavda muskulining ko‘p
qismlariga ta’sir qilish, nafas olinishini yaxshilash, qon aylanishini
kuchaytirish zarur. Buning uchun, asosan, kerishish, qadni
rostlash, egilish, bukilish va hokazo mashqlardan foydalaniladi.
Barmoqlar uvishib qolganda qo‘l va barmoqlar mashq
qildiriladi. O‘tirib-turish tipidagi mashqlar ham muhimdir, chunki
ular ko‘p o‘tirish natijasida hosil bo‘ladigan toliqishni yo‘qotishga
yordam beradi.
Masalan, yozma ishlar bajarilayotgan paytda badantarbiya
daqiqasini parta yonida o‘tkazish yoki nazoratli ishlar yozdirila-
yotganda o‘quvchilarni ortiqcha harakatlantirmaslik uchun
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling