O‘zbекisтоn rеspubliкаsi
Misr turklar hukmronligi ostida
Download 433.5 Kb.
|
Usmoniylar turklar imperiyasi Муслимбек
Misr turklar hukmronligi ostida
Misr Abbosiylarining so’ngi yettinchi halifasi Muttavakil III Alalloh Misr fotihi Yovuz Sulton Salim I bilan bilan Istanbulga ketdi. Ayo Sofiya Jome’ida muhtasham majlis o’tkaziladi. Bu majlisda Arab va Turk ulamolari ishtirok etadilar. Muttavakil III minbarda xutba o’qib Sulton Salimning salohiyatini tushuntiradi va ustidagi kiyimini yechib Sulton Salimga kiydirib, xalifalikdan o’z xohishi bilan ketganini e’lon qiladi. Ulamolar Sulton Salimni xalifa etib saylaydilar Shahomat qilichini unga topshiradilar. Usmonli sultonlarda qilich taqish (taqlidi sayf) marosimi shundan boshlangan. Shu paytgacha xalifalar arab sulolalaridan tayinlanar edi, endi arab xalifaligi tugab Turk xalifaligi boshlandi. Sulton Salim I xalifalikni bir shaxsda va bir sulolada qayta birlashtirdi.14 Usmonli podshohlarning ikki vakili bo’lgan: biri – Sadri A’zam, ikkinchisi – Shayxulislom. Sadri A’zam (Boshvakil) davlatishlarini qilgan, shayxulislom podshohlarning xalifalik sifatini namoyish etar, musulmonlarning din va huquq ishlarini hal etar edi. 1517 yildan boshlab Misr Abbosiy xalifaligi tugatilib to 1924 yil 3 martga qadar Islom xalifaligi Usmonlilar podshohlari qo’lida qoldi.15 Turklarni Misrni bosib olishi davlat boshqaruv tizimida jiddiy o’zgarishlarga olib kelmadi. Xalq ikki tomondan zulmga uchradi – bir tomondan mamlyuklar, ikkinchi tomondan Usmonli turk feodallari. Mamlyuk beylari va diniy ulamolari hali xamon oliy toifa vakillari hisoblanar edilar. Turklar ham ularni tan beylar qolida juda ko’plab mol – mulk qoldirgan edilar. Xattoki Salim I Misrni bosib olgan davrda 24 ta beyni o’z lavozimida qoldirgan.16 Misrni sulton nomidan posho boshqargan. Posho 1 yilga tayinlangan, lekin bu muddat 2 – 3 yilga cho’zilgan. Posho davlatni Qohiradan turib boshqargan. Posho davlat ishlarini vazirlardan tashkil topgan devan orqali hal qilgan. Posho qaramog’ida yanichar va mamlyuk gvardiyalari bo’lgan. Bu qo’shinlar poshoning asosiy kuchlari hisoblangan. Qo’shin qo’mondonlariga posho mamlyuk sultoniga tegishli bo’lgan yerlarni bo’lib berib ularni yuqori lavozimlarga tayinlagan, bu bilan ular Misrda hukmronliklarini kuchaytira borganlar.17 Misr turklar tomonidan egallanganiga qaramasdan eski feodal tizimni saqlanib qolishi, posho hukumatini Qohira va uning atrofidagi yerlar bilan chegaralanishiga olib keldi. Posho esa Misr feodallari va turk sultoni o’rtasida vositachiga aylanib qoldi. Uning asosiy vazifasi sultonga to’lanadigan bojni yetkazib berish bo’lib qoldi.18 Yuqorida biz yanicharlarni asosiy kuch deb aytib o’tdik, lekin ular o’zi aslida kimlar ekanligida ta’rif beradigan bo’lsak, Yanicharlar – sulton Murod I davrida 12 – 16 yoshli nasroniy bo’lgan (alban, arman, bosniyalik, bulg’or, grek, gruzin, serb, rus) bolalarni olib kelinib, musulmon urf – odatlari bo’yicha tarbiylanib, keyinchalik maxsus qo’shinni asosini tashkil qilganlar. Ularning otasi ham onasi sulton hisoblangan. Yanicharlikka tanlov (devshirma – qon solig’i) musulmon bo’lmagan aholi uchun eng og’ir masuliyat bo’lgan, chunki ular eng baquvvat aqlli bolalarni olishgan. Maxsus qo’shinga jismonan baquvat, harbiy jang san’atiga ega bo’lganlar olingan, aqlan tetik bo’lganlari davlat boshqaruv tizimida hizmat qilganlar. Millatning ruhi, unga mansub kishilarning bir-biriga va dunyoga aytadigan so‘zi, millatning o‘tmishi va me’rosini ifoda qilish, maqsad va istaklarini bayon etish uslubi bu millatning tilidir. Xatto millat ishlatayotgan so‘zlarni tahlil qilib ham shu millatning tarixiy taqdiri va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin. Jahon millatni, millatga mansub bo‘lgan kishilarning ma’naviyati, ahloqi va nafosati kabi jihatlari orqali taniydi va baholaydi. Kishilar o‘zaro munosabatga kirshayotganda millatning mentaliteti, ahloqi va ma’naviy xususiyatlari o‘z ifodasini topgani singari, xalqaro munosabatlarda ham bunday xususiyatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Jahonda o‘z urf-odat an’analariga ega bo‘lmagan millat yo‘q. Ma’naviy hayotning ana shu jihatlari orqali millatning o‘zligi namoyon bo‘ladi. Urf-odat va an’analarda millatning tarixi, o‘tmishi, madaniy merosi o‘z aksini topgan. Ana shu xususiyatlarni yo‘qotgan millat etnoijtimoiy birlik sifatida yo‘qoladi. Millatning madaniyat va sivilizatsiya jihatidan yaratgan boylik va ma’naiy merosini bir so‘z bilan madaniy qadriyatlar deb ataladi. Milliy qadriyatlar shuningde muayyan millatning qadr-qimmati, dunyodagi o‘rni va salohiyatini ham namoyon etadi. O‘z qadriyatlarini ko‘z qorachig‘idek saqlash, asrab-avaylash va kelajak alodlarga yetkazish millatga mansub har bir kishi va avlod uchun ham qarz ham farzdir. Insonning baxt-saodati, kelajak hayotiningyaxshi yki yomon bo‘lishi davlat mustaqilligi mustahkamlash bilan bir qatorda turli millatlar, elatlar, sinflar, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi hamkorlik , hamjihatlik munosabatlarining takomillashishi bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bu ayniqsa, ko‘p millatli davlat jumladan, O‘zbekiston Respublikasi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Dunyoning turli mamlakatlarida hozir o‘zining, turmush tarzi tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari va rvojlanish darajasiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan qariyib ikki ming har xil xalqlar millatlar yashamoqda. Har bir millatning qiyofasi, uning katta va kichikligidan qat’iy nazar, eng avvalo o‘zining milliy ongi va psixologiyasida ifodalanadi. Muayyan jamiyatda istiqomat qiluvchi har bir millatning ma’naviy qiyofasi o‘sha jamiyatningmoddiy, ijtimoiy-tarixiy sharoitlariga qarab o‘zgarib boradi. Milliy ong ijtimoiy ong shakllari singari ma’lum davrda o‘zining nisbiy mustaqilligi tufayli jamiyat taraqqiyotining tubdan o‘zgartirib yuborishga faol ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hozirgi kunda milliy uyg‘onish, davr taqozasiga ko‘ra, taraqqiyotning obyektiv ijtimoiy voqealigiga aylanadi. Milliy o‘zlikni anglash har kishida o‘zining qaysi millatga mansubligi, millat tarixi, madaniyati va me’rosi, urf-odatlari va milliy tilini har taraflama chuqur bilishni talab etadi. “Milliy ong, milliy o‘ziga xoslik, millatga mansublikni yuqori darajada anglashdan kelib chiqadi. qachonki xalq tarixi taraqqiyoti davrida millat bo‘lib shakllanib, unga mansublikni oriyat, qadr-qimmat va qadriyat darajasida anglasa, uni himoya qilishga, asrab avaylashga intiladi”. Milliy o‘zlikni anglash “Millatning (elatning) o‘zini-o‘zi real mavjud bo‘lgan subyekt, muayyan va ma’naviy qadriyatlarning tashuvchi sifatida tasdiqlashi, uning muayyan etnik birlikka, davlatga, tilga, madaniyat va an’analarga mansubligini tushunib yetishi hamda ularni rivojlantirish, boyitish zaruratini va buning aniq-oydin yo‘llarini anglashidir”. Har bir millat ma’lum manfaatlar atrofida birlashib yagona etnik birlikni tashkil etadi. Millat manfaatlar muayyan ma’noda zaruriy ehtiyojlarni anglashdir. Shunga muvofiq milliy manfaat bir millatning o‘z huquqlarini, erkinliklarini ta’minlash madaniyatinigng, tili, qadriyatla-rining barqaror rvojlanishiga, jahon sivilizatsiyasida o‘zga millatlar o‘rtasida o‘z o‘rnini tushinib yetishga o‘sib boradigan zaruriyatni baqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan ehtiyojdir. Bunda milliy ehtiyojlar doimiy ravishda o‘sib boradi va millatning taraqqiyot sari intilishida yetakchi rol o‘ynaydi. Ammo milliy taraqqiyot uchun ehtiyojlarining o‘sib borishini o‘zi yetarli emas. Shu bilan birga ularni qondirish uchun zarur bo‘ladigan imkoniyat va sharoitlar bo‘lishi taqozo etiladi. Ko‘p millatli davlatlarda bir millatga nisbatan ikkinchi bir millatga taraqqiyot uchun zarur bo‘ladigan imkoniyatlar doirasi keng bo‘lsa, bir millat manfaatlari boshqalarnikidan uchtun qo‘yilsa millatlararo munosabatlarda norozilik kelib chiqadi., har qanday o‘p millatli davlatlarda millatlar uchunbarcha sohalarda keng sharoitlar yaratish, manfaatlari uyg‘unlashtirish davlat siyosatida ustivor bo‘lishi lozim. Prezidentimiz I.A.Karmov ta’kidlaganidek, har qanday millat u naqadar kichik bo‘lmasin – insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi, yer yuzidagi madaniy va genetik fondlarning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi. Shu bois har bir etnk birlikni saqlab qolish unga mansub odamlarning eng muhim maqsadi bo‘lmog‘i kerak. Va shu maqsad birinchi navbatda, ushbu etnik guruhlarni o‘z ichiga oluvchi har bir alohida davlatlarning vazifasidir. Ayni mahalda bir millat o‘z ehtiyojlari va manfaatlarini boshqa millatning xalqlar vakillarining xuddi shunday intilishlarini kkamsitish hisobiga ruyobga chiqarilmasligi lozim. Ba’zi millat, etnoslar vakillarining boshqalariga takabburlik bilan mensimay munosabatda bo‘lishi kabi holatlar yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan har qanday sharoitda barham berish lozim. “O‘zbekiston o‘zining barcha qonun va hujjatlarida o‘z xududida yashayotgan barcha millatlar va elatlarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini huquqiy jihatdan kafolatlab qo‘ygan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida: “O‘zbekiston respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”, deb ta’kidlagan. Demokratiya faqatgina bir davlatning ichki turmush va muammolariga ta’luqli voqelik emas. Bu boshqa dalatlar bilan ham teng asosda, tinchlik, barqarorlik tamoyillari bilan yashash demakdir. Bu o‘rinda milliy manfaat, avvalo mamlakatning ichki siyosati va iqtisodiy ma’naviy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan xalqaro maydondagi faoliyat tushiniladi. Demokratiya sharoitida xalqaro munosabatlarda geopolitika ham rol o‘ynaydi. Geopolitika-ma’lum bir davlatning xalqaro munosabatlar jarayonida geografik, xududiy ko‘rsatkichlarn hisobga olgan holda yuritadigan tashqi siyosatidir. Bunda maskur davlat muayyan mintaqada o‘z milliy manfaatlarini qondirishga haraat qiladi. Umuman milliy manfaat-milliy ongning uzugini tashkil etadi. Milliy ong esa, milliy g‘urur bilan chambarchas bog‘liqdir. Xuddi ana shu tuyg‘u insonda mavjud bo‘lgan barcha qobiliyatlar, iste’dodlarni millat manfaati uchun safarbar qilishga ichki stimul vazifasini bajaradi. Mamlakatimizda sodir bo‘ladigan yirik ijtimoiy o‘zgarishlarni yanada jadallashtirish kishilardagi milliy g‘urur tuyg‘usi bilan bevosita bog‘liqdir. O‘z taqdirini mamalat, xalq taqdiri bilan mustahkam bog‘lagan kishigina mustaqil davlatimiz manfaatini hammadan ko‘proq himoya qilishga qodir bo‘ladi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakat fuqaro-larining milliy g‘ururi qancha baland bo‘lsa, ularni jamiyat taraqqiyotiga qushadigan xissasi shuncha ko‘p bo‘ladi. Milliy g‘urur deganda, o‘z millatining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini chuqur anglab yetish, ona tili, dini, tarixi, madaniyati, adabiyoti va san’ati, urf-odatlari, rasm-rusumlari, bayramu, sayillaridan fahrlanish tushuniladi. Milliy g‘urur milllatning vujudga kelishi, shakllanishi bilan paydo bo‘ladi va rivojlana boradi. Millatning vujudga kelishi va rivojlanishi bevosita Vatan ravnaqiga bog‘liq bulganligi uchun milliy g‘urur taraqqiyoti va yuksalishi ham Vatan taraqqiyotiga bog‘liqdir. shuning uchun ham milliy g‘urur-Vatanga bo‘lgan sadoqat, mehr-muhabbat, bir so‘z bilan aytganda vatanparvarlikda yaqqol namoyon bo‘ladi. Lekin o‘zoq yillar davomida o‘z qadriyatlarimizni eslash ham tadqiq etilgan, xalq milliy g‘ururdan mahrum bo‘la boshlagan edi. O‘sha davrlarda milliylik so‘zini aytishning o‘zi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Bir so‘z bilan aytganda milliy g‘ururimiz o‘zoq zamonlar toptaldi. Mamlakatimizning mustaqil bo‘lishi, o‘z davlatchiligimizning qaror topshi bilan xalqimizning milliy xis-tuyg‘ulari uyg‘onib, milliy g‘ururning nafaqat tiklanishi, balki uning yanada yuksalishi uchun ham mustahkam zamin yaraldi. Milliy g‘ururdek tabarrukxis qalbiga jo bo‘lgan inson o‘zining butun talantini, iste’dodini, kuch-qudratini shu xalqqa, millatga, shu yurtga safarbar etishga doim tayyor turadi. YA’ni, bunday oliyjanoblik milliy g‘ururni baland insonda oddiy madaniyat ko‘nikmasi bo‘lib hisoblanadi. Milliy g‘urur har bir insonda madaniy saviya darajasini mujassam bo‘lsa, mana shunday saviyadagi farzandlari ko‘p bo‘lgan mamlakat, yurt doim g‘olib, yengilmas va obod bo‘ladi. Milliy g‘urur, avvalo milliy g‘oyaga tayanadi. Milliy g‘oya esa milliy me’rosdan qudrat oladi. Milliy meros o‘sha millatning o‘zoq o‘tmish davrlar davomida to‘plangan aql-zakovat mevalari xazinasidir. Mana shu xazinadagi javohirlarsiz millat qiyofasini tasavvur qilish qiyin. Agar milliy merosni yuzaki o‘rganar ekan, shu millatga mansub kishida madaniy saviya shakllanmaydi. U o‘z millati haqida gapirganda yoki oshirib yuborishi yo bo‘lmasa munosib baho berolmasligi mumkin. Har bir insonda bilim asosidagi madaniy saviya shakllanmas ekan, u maqtanchoqlikka, manmanlikka yo‘l quyish mumkin. Milliy g‘urur tuyg‘usi-milliy takabburlik, milliy manmansirash, milliy kekkayishga tamoman qarama-qarshidir. Milliy g‘ururning aksi hisoblangan bunday g‘ayriinsoniy qiliqlar birlashib, milliy qalandimog‘likni vujudga keltiradi. Milliy kalandimog‘lik ko‘pmillatli mamlakat sharoitida millatning bir-biriga yaqinlashtirmaydi, balki ular orasiga adovat o‘rig‘ini sochadi, birini ikkinchisiga dushman qilib qo‘ydi, turli nizolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Umuman, milliy g‘urur har bir fuqaroning madaniy saviyasini, komilligini ifodalaydigan eng yuksak o‘lchovdir. Milliy g‘urur baland inson millat, xalq, davlat, jamiyat manfaatini o‘z manfaatidan hamisha ustun quyadi. Download 433.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling