Reja: I. Kirish Korrupsiya – millatni dahshatga soluvchi illat II. Asosiy qism


Download 0.86 Mb.
bet1/7
Sana13.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1265933
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Korrupsiyaning namoyon bo`lish shakllari


Mavzu: Korrupsiyaning namoyon bo`lish shakllari
REJA:
I.Kirish
Korrupsiya – millatni dahshatga soluvchi illat
II.Asosiy qism
2.1.Korrupsiyaning mohiyati, turlari va evolyutsiyasi
2.2.Korrupsiyaning vujudga kelish sabablari
2.3. Korrupsiyani o‘lchash va uning ko‘lamlari
2.4.Korrupsiyaning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri
2.5. Korrupsiyaga qarshi kurash yo‘llari
III. Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.

I.Kirish
Korrupsiya – millatni dahshatga soluvchi illat
Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratibberadi. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz. Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSH dollari miqdorida pora beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir.
Korrupsiyaning xavfi ko‘p qirralidir:
- birinchidan - iqtisodiyot negizlariga bolta uradi va islohotlar jarayoniga to‘sqinlik qilib uning asl mohiyatiga putur etkazadi va bu bilan islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantiradi;

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling