Reja: I. Kirish Korrupsiya – millatni dahshatga soluvchi illat II. Asosiy qism


O‘zbekistonda korrupsiya xavfi sohalari


Download 0.86 Mb.
bet6/7
Sana13.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1265933
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Korrupsiyaning namoyon bo`lish shakllari

O‘zbekistonda korrupsiya xavfi sohalari. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish. Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham davlat har doim ham aholiga zaruriy xizmatlarni, shu jumladan tibbiy va ta’lim xizmatlarini taqdim eta olmaydi. Shu munosabat bilan, shifoxonalarda, eng yaxshi maktablarda, institutlarda va hokazolarda cheklangan joylar uchun
odamlar o‘rtasida raqobat mavjud bo‘lib, bu muassasalarda korrupsiya paydo bo‘ladi.
Tibbiy va ta’lim xizmatlaridan tashqari, O‘zbekistonda davlat xizmatlarini taqdim etishning boshqa ko‘plab sohalarida ularning aholining mavjud ehtiyojlariga mos kelmasligi kuzatilmoqda. Xususan, bu suv, gaz, isitish, sug‘orish tizimlari, asfalt yo‘llar, ko‘priklar, parklar va o‘yin maydonchalari qurilishiga tegishli. Bu ushbu tuzilmalardagi korrupsiya darajasi boshqalarga nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatishi mumkin, chunki davlat mablag‘lari boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin yoki bunday xizmatlarning cheklanganligi sababli birinchi bo‘lib pora berganlar xizmat ko‘rsatishi mumkin.

2.5.Korrupsiyaga qarshi kurash yo‘llari

Barcha mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi u yoki bu darajada kurash olib boradi. Bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasi katta ahamiyatga egadir. Masalan, Fransiyada korrupsiyaga qarshi kurash dasturini 500 nafar kishidan ortiq shtat birligi yoki muayyan mulk oborotiga ega har qanday korxona yeki tashkilot joriy etishga majbur. Bu dastur sakkiz muhim unsur asosida tuzilishi kerak. Bular:


1. Nafaqat korxona, balki uning tashqarisida ham xodimlarning man etilgan xulq-atvor ko‘rinishlarini namoyon etadigan, korrupsiya harakatlarining turli shakllari aniq belgilaydigan Xulq-atvor Kodeksi.
2. Xulq-atvor Kodeksi buzilgan hollarda tashkilot/korxona xodimlarini javobgarlikka tortish imkonini beruvchi xulq-atvor sanksiyalarining qat’iy tartibi.
3. Tashkilot yoki korxonaning xulq-atvor kodeksiga zid bo‘lgan xulq-atvor yoki vaziyat mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot yig‘ishga yordam beruvchi xabarchi-xodim himoyasini kafolatlaydigan xabar qilishning ichki anonim ya’ni yashirin tizimi.
4. Tashkilot yoki korxona faoliyati sohasiga bog‘liq holda, korrupsiya oid muhim xatarlarlarini aniqlab, tahlil qilib belgilaydigan muntazam yangilanib turadigan xatarlar kartografiyasi.
5. Mijoz va ta’minotchilar, shuningdek, vositachilarning ehtimoliy korrupsiya xavflarini baholash amaliyotlari.
6. Korrupsiya dalillarini yashirish uchun buxgalterlik kitobi, reyestr va hisob-kitob yozuvlaridan foydalanmaslik kafolatini ta’minlovchi ichki yoki tashqi buxgalterlik nazorati.
7. Korrupsiya xavfiga uchrash ehtimoli yuqori bo‘lgan hamda mavqeyidan foydalanish xavfidan xoli bo‘lmagan rahbar va xodimlarni muntazam ravishda majburiy o‘qitish uchun o‘quv rejasi.
8. Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining yuqorida sanab o‘tilgan chora-tadbirlar bo‘yicha ijrosini ichki nazorat va baholash tizimi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda faqatgina jazo choralarini qo‘llash samara keltirmasligini e’tiborga olish lozim. Fransiyada agar javobgar kompaniya yoki tashkilot Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi nazorati ostida belgilangan muddatda o‘z korrupsiyaga qarshi kurash dasturini ko‘rib chiqish va takomillashtirish majburiyatini olsa, jinoiy va ma’muriy sanksiyalarni cheklash
imkoniyati mavjud. Bu mexanizm AQShda Foreign Corrupt Practice Act ga muvofiq va Buyuk Britaniyada Anti Bribery Act ga muvofiq allaqachon qo‘llanilayotgan mexanizmga o‘xshash bo‘lib, amaliyotda kutilgan ijobiy natijalarni bermoqda.
Bank operatsiyalarida sarmoya yuvish ustidan nazorat mexanizmlari. Shunday qilib, Yevropada mijozning hisobiga yirik pul mablag‘lari ularning manbasini tasdiqlovchi hujjatsiz kelib tushganda, barcha bank va moliya muassasalari noqonuniy capital yoki noqonuniy kapitalni yuvish bilan bog‘liq gumonlarini deklaratsiya qilishga majburdir. Albatta, qoidaga ko‘ra “puxta“ amaldorlar katta hajmda pora olayotganda uni soliq jannati deb ataladigan offshor hududidagi bank hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazishni afzal ko‘radi. Bu borada noqonuniy kapitalni yashirishning bunday joylari, “panama qog‘ozlari“ bilan bog‘liq shov-shuvli voqea isbotlaganidek, noqonuniy kapitalni maxfiy ravishda saqlashning mutlaq kafolati hisoblanmaydi. Ushbu ishda maxfiy hujjatlar oshkor bo‘lishi oqibatida, hujjatlar tergovchijurnalistlarning Xalqaro konsorsiumiga topshirilgan hamda jurnalistik tergov natijasida 12 nafar davlat va hukumat rahbarlari hamda 128 nafar yuqori darajadagi amaldorlarning bankdagi offshore hisoblari aniqlangan.
Transparency International xalqaro tashkiloti tomonidan keying yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina va Moldoviya davlatlarida korrupsiya darajasi yuqori ekanligi ko‘rsatiladi. Hozirgi paytda bu davlatlar tomonidan korrupsiyaga qarshi qator chora-choratadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, bu davlatlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash, uni oldini olishga qaratilgan bir qator
normativ-huquqiy hujjatilar qabul qilingan. Misol uchun, Ukrainada «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonun mavjud bo‘lib davlat boshlig‘i mazkur qonun normalarini hayotga joriy etilishi uchun jiddiy ahamiyat beradi. Ukraina Prezidenti 1997 yil 10 apreldagi 319-sonli farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurash milliy dasturi tasdiqlangan. Ukrainaning «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasida mansabdor shaxslarning daromadlari, qimmatli qog‘ozlari, ko‘chmas mulk va boshqa qimmatbaho buyumlari, shuningdek bankdagi omonatlari to‘g‘risida rasmiy nashrlarda ma’lumotlar berib borilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida ham korrupsiyaga qarshi kurash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi faoliyat yuritayapti. 2001 yilda Bosh prokuratura huzurida Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti tashkil etildi, 2002 yilda departament Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti etib qayta tashkil etildi. 2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
– qonuniylik;
– fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining
ustuvorligi;
– ochiqlik va shaffoflik;
– tizimlilik;
– davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
– korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
– javobgarlikning muqarrarligi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
– aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirish;
– davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
– korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash,
ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi
sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi
prinsipini ta’minlash.
Korrupsiyaga qarshi kurashish endilikda quyidagilar belgilangan:
– boshqaruv tizimi sifatini oshirishda “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy tamoyilni amalda to‘liq ta’minlash;
– raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish
– aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
– davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
– biznes muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlarning huquqlarini samarali himoya qilish mexanizmini rivojlantirish;
– parlament va Prezidentga hisob beradigan, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tashkil etish va uning faoliyatini kuchaytirish;
– korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.


Xulosa
Bugungi kunda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda quyidagi masalalarni e’tiborga olish lozim deb hisoblaymiz:
- korrupsiya va uning oqibatlari jamiyat rivojlanishiga to‘siq bo‘layotganligi, uning ijtimoiy xavflilik darajasi sodda va tushunarli tilda huquqiy jihatidan sharhlangan holda jamoatchilikni xabador qilish;
-korrupsiyaga qarshi tarbiyani oiladan boshlash va ta’limning barcha bosqichlarida uzuluksiz olib borish; har bir sohada korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish orqali qonunchilikni hamda ichki tartib qoidalarni takomillashtirish bo‘yicha asosli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
- har bir davlat organida o‘z xodimlarini korrupsiya holatlaridan ogohlantirish va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmni ishlab chiqish va uni real hayotga tadbiq qilish chora-tadbirlarini belgilash;
- har bir sohada korrupsiyani oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini ta’minlash orqali korrupsiyaga sabab bo‘luvchi holatlarga barham berishga erishish;
- jamiyatda korrupsiya jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan ya’ni korrupsionerlarga nisbatan jazo muqarrarligi mamlakatimizda qonun ustuvorligi asosida ta’minlanyotganligi xususida ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda keng yoritib borishni yo‘lga qo‘yish;
-har bir sohada korrupsiyani oldini olish ishlarini tashkil etishga keng jamoatchilikni, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilish va ular faoliyatini rag‘batlantirish korrupsiyaga qarshi ishlarni samaradorligini oshirish;
-ijtimoiy-iqtisodiy sohada faoliyat yuritayotgan davlat organlari tizimida ma’muriy-byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni yanada soddalashtirish;
-davlatning vakolatli organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini yanada takomillashtirilgan holda mustahkamlash;
- davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning nazorat qilishning masofaviy shakllari-ni keng joriy etish asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida taklif va tavsiyalar berish;
- Har bir sohada o‘zining xususiyatidan kelib chiqib, “Axloq-odob qoidalari”ni tasdiqlash, mazkur qoidalarning alohida bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalarni belgilab qo‘yish;
-Har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarni tashkil etish xodimlarning bu sohadagi javobgarliklarini ichki lokal hujjatlarda aniq belgilab qo‘yishda yuridik xizmat rolini oshirish korrupsiyani oldini olish ishlarini samarali bo‘lishiga xizmat qiladi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling