Reja: I. Kirish Korrupsiya – millatni dahshatga soluvchi illat II. Asosiy qism


Firibgar – firib beruvchi, hiylagar, aldoqchi; aldamchilik, tovlamachilik, makru hiyla bilan shug‘ullanuvchi kimsa. Firibgarlik


Download 0.86 Mb.
bet3/7
Sana13.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1265933
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Korrupsiyaning namoyon bo`lish shakllari

Firibgar firib beruvchi, hiylagar, aldoqchi; aldamchilik, tovlamachilik, makru hiyla bilan shug‘ullanuvchi kimsa. Firibgarlik– aldamchilik, hiylagarlik. Firibgarlik – aldov yoki ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan begona mulk yoki mulkka nisbatan huquqni qo‘lga kiritish .
Professional davlat amaldorlari hali bo‘lmagan antik tarixning dastlabki bosqichlarida korrupsiya mavjud bo‘lmagan. Ibtidoiy va erta sinfiy jamiyatlarda yo‘lboshchi yoki sarkardalarga yordam so‘rab qilingan murojaat uchun haq to‘lash keng yoyilgan. Davlat apparati murakkablashib, uning professionalligi oshib borgani sari vaziyat ham o‘zgarib bordi.
Markazlashgan hukumat hokimiyati kuchsiz bo‘lgan davrda (masalan, Yevropada o‘rta asrlarning dastlabki bosqichlarida) xizmat holatidan aholidan shaxsiy manfaat uchun pora olish umumqabul qilingan normaga aylangan edi. Rossiyada o‘rta asrlarda voyevoda va amaldorlar g‘aznadan ish haqi va pomestyalar olishdan tashqari nizolarni hal qilganliklari uchun aholidan haq olishlari odatiy hol hisoblangan.
Rivojlangan mamlakatlarda korrupsiya rivojlanishi evolyutsiyasida XIX va XX asrlar yangi bosqich bo‘ldi. Bu davrda bir tomondan, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, shuningdek amaldorlar hukmronligi kuchaydi. Ikkinchi tomondan, yirik biznes vujudga kelib, raqobat kurashida “davlatni sotib olish” usulidan keng foydalana boshlandilar.


2.2.Korrupsiyaning vujudga kelish sabablari
Korrupsiyani iqtisodiy tahlil qilishga 1970 yillarda neoinstitutsional yo‘nalishdagi Amerika iqtisodchilari asarlarida nazariy asos solingan edi. Uning asosiy g‘oyasi shunda ediki, iqtisodiy hayotning turli sohalarini davlat tomonidan tartibga solish bilan bog‘liq renta (eksport-import cheklovlarini joriy etish, korxona yoki tarmoqlarga subsidiyalar va soliq imtiyozlari berilishi, narxlar ustidan nazoratning mavjudligi, ko‘pchilik valyutalar kurslari siyosati
va boshqalar) mavjud bo‘lsa, korrupsiya paydo bo‘ladi va rivoj topadi. Shu bilan birga korrupsiyaga past darajada maosh oluvchi amaldorlar intiladilar.

Korrupsiyaning iqtisodiy sabablari – bu, birinchi navbatda, davlat xizmatchilarining past darajadagi maoshlari, hamda ularning firma va fuqarolar faoliyatiga ta’sir etish vakolatining yuqoriligidadir. Amaldorlarda qandaydir noyob ne’matlarni taqsimlash vakolati mavjud bo‘lsa, korrupsiya rivoj topadi.


Korrupsiyaning institutsional sabablariga quyidagilar kiradi: davlat muassasalari faoliyatining yuqori darajada yopiqligi; hisobot tizimi beso‘naqayligi (kattaligi); qonun chiqarish tizimida oshkoralikning yo‘qligi; bekorchixo‘jalarni keng tarqalishiga va ko‘rsatgan xizmatlaridan qat’iy nazar xizmat pog‘onalaridan yuqoriga ko‘tarilishga imkon beruvchi davlatning zaif kadrlar siyosati.
Korrupsiyaning ijtimoiy -madaniy sabablari: jamiyatda odob-ahloq tushunchalari yo‘qolib ketishi; fuqarolarning yetarli darajada axborotga egaligi va tashkilotchiligi, “ hokimiyat egalari”ning o‘zboshimchaligiga jamiyat barmoq orasidan qarash


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling