Reja: I. Kirish Korrupsiya – millatni dahshatga soluvchi illat II. Asosiy qism


Download 0.86 Mb.
bet2/7
Sana13.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1265933
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Korrupsiyaning namoyon bo`lish shakllari

-ikkinchidan - jamiyatning ma’naviy asoslariga zarar keltiradi (vatanparvarlik, insonni o‘z imkoniyatini namoyon qilishi);

-uchinchidan -o‘sayotgan avlodning ongini zaharlaydi;
-to‘rtinchidan- xorijiy sarmoyadorlani cho‘chitib yuboradi va eng asosiysi, xalqaro hamjamiyatda bu davlat to‘g‘risida salbiy tasavvurni yuzaga keltiradi.
Barcha davlatlardagi jinoiy harakatlarda asosan birinchi o‘rinda moddiy manfaat, yuqori lavozimni olish va lavozim orqasidan tekin boylik orttirish yotadi. Korrupsiya iqtisodiyotni tanazzulga etaklab, davlat boshqaruvini izdan chiqaradi. Fuqarolarda davlat boshqaruviga nisbatan ishonchsizlikni uyg‘otib, halol yo‘l bilan maqsadga erishish kabi orzu- havaslarini yo‘qqa chiqaradi. Korrupsiya va poraxo‘rlik davlatni ichidan yemiradi. Shu bois bu illatga yer yuzida barcha davlatlar o‘z hududidagi holat va sharoitdan kelib chiqib turli usullarda kurash olib boradilar.


II.Asosiy qism
2.1.Korrupsiyaning mohiyati, turlari va evolyutsiyasi
Korrupsiya (lat.corruptio – aynish, poraga sotilish) – mamlakat iqtisodiy resurslariga, davlat mulkini taqsimlash jarayonlarida uning bir qismiga ega bo‘lish maqsadida uyushgan jinoiy guruhning shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarining manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yuvchi davlat xizmati amaldorlarini o‘z domiga ilintirib, ulardan foydalanishi va ular bilan birikib, qo‘shilib ketishidir.
Korrupsiya – xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa va xufyona iqtisodiyotning ko‘rinishidir. BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida korrupsiyaga eng qisqa, lekin keng qamrovli ta’rif quyidagicha berilgan: “Korrupsiya -bu shaxsiy naf ko‘rish maqsadida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilishdir”. Korrupsiya – mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha berilgan huquqlarini shaxsiy boylik orttirish maqsadlarida bevosita suiiste’mol qilishidan iborat jinoyat. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga va deputatlikka nomzodlar saylov kompaniyasini o‘tkazishda xarajatlarni to‘lash korrupsiya ko‘rinishlaridan biridir.
Iqtisodchi Berdhenning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. Uning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, nepotizm (shaxsiy aloqalar asosida “o‘z qanoti ostiga olish”)


Poraxo‘rlik xufyona iqtisodiyotning bir turi bo‘lib, turli konsultantlar, agent, vositachilarga, rasmiy shaxslarga xizmatlariga haq to‘lash ham hisoblanadi. Bunda pora beruvchi naf yoki foyda olish kabi maqsadlarini amalga oshirish maqsadida unga sharoit yaratib beruvchi mansabdor, vakolatli shaxslarga pora beradi.
Tovlamachilik – aldash, laqillatish, qo‘rqitish yo‘li bilan kishining mol-mulki, pulini olib qo‘yish, undan foydalanish; firibgarlik. Tovlamachi – kishilarni tovlab, laqillatib, qo‘rqitib kun ko‘ruvchi; firibgar

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling