Reja: I. Kirish Korrupsiya – millatni dahshatga soluvchi illat II. Asosiy qism


Korrupsiyani o‘lchash va uning ko‘lamlari


Download 0.86 Mb.
bet4/7
Sana13.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1265933
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Korrupsiyaning namoyon bo`lish shakllari

2.3.Korrupsiyani o‘lchash va uning ko‘lamlari

Hozirgi vaqtda korrupsiyani xis etish (indeks vospriyatiya korrupsii (Corruption Perceptions Index – CPI)), Transparency International (Xalqaro shaffoflik notijorat nodavlat tashkiloti tomonidan hisoblanadi. Bu tashkilot turli mamlakatlarda 3 yil mobaynida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, mazkur indeksni e’lon qiladi. Bu tadqiqot natijalari biznesmen va analitiklarning turli mamlakatlarning korrupsiyalashganligi to‘g‘risidagi sub’ektiv baholari bilan taqqoslanadi. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish asosida har bir mamlakat 10 ballik shkala bo‘yicha baholanadi. 10 ball - korrupsiya yo‘qligini, 0 ball esa eng yuqori darajadaligini, ya’ni shaffoflikning minimalligini, yo‘qligini ifodalaydi.


Korrupsiyani his etish indeksi 1995 yildan beri hisoblanadi. Global korrupsion chaqriqlar reytingini The Risk Advisory Group (Risk xavflari to‘g‘risida maslahat gruhi) xalqaro tashkilot ham tuzadi. Bu tashkilot “Korrupsion chaqiriqlar-2019” hisobotini e’lon qilgan. Hisobot Korrupsion chaqiriqlar darajasi” («Uroven korrupsionnыx vыzovov»), -“Korrupsiya tahdidi” («Ugroza korrupsii»), - “Korrupsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarga erisha olmaslik” («Nedostupnost informatsii o korrupsii») bo‘limlardan iborat.
“Korrupsion chaqiriqlar darajasi” indeksi Risk Advisoryning yettida mintaqaviy bo‘limlarining ekspertlari tomonidan tuzilgan. Ular har bir mamlakatni 1) xorijiy investorlarning davlat kontraktlari, litsenziyalari yoki ruxsatnomalarini olish jaryonlarida uchragan korrupsion holatlari, 2) mahalliy biznes sub’ektlarining kundalik faoliyati davomida kichik masshtabdagi rasmiy korrupsiya holatlariga duchor bo‘lishlari nuqtai nazardan baholashgan.
“Korrupsion chaqiriqlar darajasi” indeksining uch bo‘limi bo‘yicha Yangi Zelandiya, Avstraliya, Singapur, Birlashgan Qirollik, Irlandiya, Fransiya, Germaniya kabi mamlakatlar korrupsiya darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlar tarkibiga kiritildi
Korrupsiya darajasini o‘lchashga xizmat qiluvchi CPI indeksi turli mamlakatlar amaldorlarining pora olishga moyilligini ifodalasa, tadbirkorlarning pora berishga moyilligini aniqlash uchun Transparency International pora beruvchilar indeks – (Bribe Payers Index – VPI)dan foydalanadi. Bu indeks ham 10 ballik shkala bilan o‘lchanadi. Qanchalik bu ball past bo‘lsa, eksporter kompaniyalar shunchalik pora berishga moyil bo‘ladilar hamda amaldorlarni sotib olishga yuqori darajada intilishlarini ko‘rsatadi. Bu indeks bo‘yicha Shvetsiya korrupsiya darajasi eng past mamlakat hisoblanadi.
CPI i BPI indekslaridan tashqari turli mamlakatlarda korrupsiya rivojlanishini taqqoslash uchun jahon korrupsiya barometri (Global Corruption Barometer), iqtisodiy erkinlik indeksi (Index of Economic Freedom), shaffof emaslik indeksi (Opacity Index) va boshqa indekslardan foydalaniladi.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling