O„zbekiston respublikasi
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
umumuiy psixologiyaning dolzarb muammolari psixologiya oqitishga zamonaviy yondashuv
1
O„zbekiston respublikasi Oliy va o„rta maxsus kasb xunar ta‟limi boshqarmasi Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti Psixologiya kafedrasi Pedagogika –psixologiya ta‟lim yo„nalishi 4-bosqich talabasi Xalilova Atira Obidinovnaning
MAVZU: Umumuiy psixologiyaning dolzarb muammolari (psixologiya o„qitishga zamonaviy yondashuv)
lmiy raxbar: katta o‟qituvchi YO.YUsupova ANDIJON-2013 2
(PSIXOLOGIYA O„QITISHGA ZAMONAVIY YONDASHUV) REJA. KIRISh. 1. BOB. UMUMIY PSIXOLOGIYaNING METODOLOGIK ASOSLARI 1.1. Psixologik qarashlarning paydo bo„lishi va uning xorij psixolog olimlari tomonidan o„rganilishi. 1.2. Yangi davr va psixologiya 1.3.Buyuk ajdodlarimizning ta‟limotlarida o„qitish va tarbiya kategoriyalarining psixologik xususiyatlarini aks ettirilishi. 2.BOB. PSIXOLOGIYA FANLARINI O„QITISHDA TA‟LIM METODLARI VA SHAKLLARINING PSIXOLOGIK TALQINI. 2.1.Shaxs faoliyatida psixologik bilimlarning ahamiyati. 2.2. Zamonaviy psixologiya tarmoqlari ilmiy amaliy anjumanlar va psixologik xizmat taraqqiyoti. 2.3 Psixologiyaning yaqin oradagi vazifalari 3.BOB.PSIXOLOGIIK BILIMLARNI EGALAShNING AMALIY AHAMIYATI 3.1.Talabalarda psixologik tajribalar o„tkazish ko„nikmalarini shakllantirish XULOSA. TAVSIYA. FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR. ILOVALAR. 3
KIRISh. 4-10
I BOB UMUMIY PSIXOLOGIYaNING METODOLOGIK ASOSLARI 11 1.1 Psixologik qarashlarning paydo bo„lishi va uning xorij psixolog olimlari tomonidan o„rganilishi. 11-17
1.2 Yangi davr va psixologiya 18-21
1.3. Buyuk ajdodlarimizning ta‟limotlarida o„qitish va tarbiya kategoriyalarining psixologik xususiyatlarini aks ettirilishi. 22-29
II BOB PSIXOLOGIYA FANLARINI O„QITISHDA TA‟LIM METODLARI VA SHAKLLARINING PSIXOLOGIK TALQINI. 30-35
2.1. Shaxs faoliyatida psixologik bilimlarning ahamiyati. 36-47
2.2 Zamonaviy psixologiya tarmoqlari ilmiy amaliy anjumanlar va psixologik xizmat taraqqiyoti. 48-52
2.3 Psixologiyaning yaqin oradagi vazifalari 53-57
3-BOB. PSIXOLOGIIK BILIMLARNI EGALAShNING AMALIY AHAMIYATI 58
3.1. Talabalarda psixologik tajribalar o„tkazish ko„nikmalarini shakllantirish 59-65
XULOSA. 66-67
TAVSIYA. 68-69
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR. 70-72
ILOVALAR 73-82
4
Mavzuning dolzarbligi. O‗zbekiston respublikasining mustaqillikka erishuvi natijasida jamiyatimizda ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga o‗tildi. Jamiyatning yangilanishi talim sohasida islohotlar qilinishini, o‗zgartirishlar kiritishni, yangicha talim berish usullarini, yangicha yondashuvni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan sog‗lom mustaqil fikrlovchi, yuksak ahloqli va istedodli shaxsni jahon andozalariga mos ravishda dunyoviy bilimlar bilan ham nazariy, ham amaliy qurollantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Istiklol sharofati bilan respublika xalq ta‘limi, oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirliklarida o‗qitish hamda tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirishga oid bir qancha qarorlar, nizomlar, qonunlar, konsepsiyalar ishlab chiqildi. Bu xujjatlar mutaxasisslarni tayyorlashda ta‘lim tizimidagi uyg‗unlikni ta‘minlashda ham nazariy, ham amaliy dastur vazifasini o‗taydi. Respublikada oliy ta‘lim tizimini rivojlantirishda jahon malakatlarining ilg‗or g‗oyalari, tarbiyaviy, ta‘limiy nazariyalari, mutaxasisslar tayyorlashning boy amaliyoti xozirgi zamon texnikasi va texnologiyasidan foydalanish, hamda milliy, xududiy xususiyatlarni hisobga olib, ularni mahalliy sharoitlarga moslashtirish, shu negizda yangisini ishlab chiqish va keng ko‗lamda qo‗llash bosh omil sanaladi. Bugungi islohotlar davri o‗qitishning samarali metodlarni yaratishning, ta‘lim tizimida o‗zaro hamkorlik ishlarini takomillashtirishni, shaxsni shaklllanttirishda ta‘lim-tarbiyani yetakchiligini ta‘minlashni, shaxsni yosh xususiyatlarini, milliy xususiyatlarini e‘tiborga olib tarbiyaviy ta‘limiy tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Oliy o‗quv yurtlarimizdagi o‗quv jarayonlarini tashkil etishda zamonaviy texnologiya va sharqona tarbiya usullaridan, ta‘limni takomillashtiishda kompyuter vositalari, elektron vositalardan foydalanish bugungi kunnning dolzarb masalalaridandir, toki bu jarayon o‗zida milliy rux xukmronlik qilinishi bilan boshqa mamlakatlardan ajralib turmog‗i lozim. Respublikamizdagi yuz berayotgan tub o‗zgarishlar barcha fanlar qatori psixologik bilimlardan mutaxasisslar tayyorlashda unumli foydalanish zaruriyligini ko‗rsatmokda. Davlat tomonidan ishlab chiqilgan «Ta‘lim to‗g‗risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» singari xujjatlarni amaliyotga tadbiq etish uchun bo‗lg‗usi mutaxasisslarni davr talabiga mos tayyorlash muammosini kun tartibiga kiritmokda. Xudi shu bois psixolog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish uchun mutaxasisslarni psixologiya bo‗yicha bilimlar bilan qurollantirish ijtimoiy zarurat bo‗lib hisoblanadi. Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish joizki, psixologiya fanlarni o‗qitish metodikasi murakkab o‗quv predmetlari qatoriga kirib, keng ko‗lamdagi ma‘lumot umumlashmasini hamda sintetik akliy faoliyat majmuasini o‗zida mujassamlashtiradi. 5 Shaxsning barkamolligi ko‗p jixatdan uning aqliy rivojlanishi va ma‘naviy jixatdan shakllanganlik darajasiga bog‗lik bo‗ladi. Bu jarayonnni o‗rganish bevosita psixologiya fanlarini asosiy predmetlaridan biridir. Bugungi kunda inson muammosi aniq va gumanitar fanlarning umumiy tadqiqot ob‘ektiga aylanib bormoqdaki, be‘vosita psixologiya fani bu borada nazariy va amaliy ta‘limotlarning inson ruxiy kechinmalarini o‗rganishda zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalanilmoqda. Ushbu ma‘noda bizning ilmiy tadqiqotimiz chuqur amaliy tajribalarga asoslangan ―Umumiy psixologiyaning dolzarb muammolari‖ni ilmiy asoslarini yoritishga qaratilgan. Hozirgi zamon psixologiyasini o‗rganishdagi muammolarni xal qilishda jahon psixologiya yo‗nalishida olib borilgan tadqiqotlarni taxlil qilish asosida yosh mutaxasisslarga psixologiya o‗qitish usullarini, psixologik sifat va miqdoriy taxlil qilishning zamonaviy usullari haqida to‗laqonli bilim berish maqsadga muvofiqdir. Shu o‗rinda Psixologiya sohasini takomillashtirishda quyidagi jihatlarni asosiy omil sifatida ta‘lim jarayonida e‘tibor berish maksadga muvofikdir deb xisoblamoq shartdir * Psixologiyada xozirgi zamon metodalogiyasidan kelib chikkan xolda ta‘limni takomillashtirishning zamonaviy modulini joriy etish. * Shaxsga yondashish xozirgi zamon talqiniga asoslangan holda kamolot to‗g‗risida mulohazalar yuritish * Inson shaxsini shakllantirish to‗g‗risidagi ilmiy psixologik omillar tizimini inobatga olgan holda nazariy umumlashmalarga asoslanish va ularni kompyuterlashgan tizim orqali talabalar ongiga singdirish, * Psixologiya prinsiplarini xozirgi zamon talqiniga binoan kompyuterlashtirilgan ta‘limni o‗quv mashg‗ulotlarida jori etish va keng tushuntirish. * Taraqqiyotdan ilgarilab ketish fenomenal xodisasini o‗qitish jarayonida diqqat markazida tutish, shuningdek ta‘lim taraqqiyotni emas, balki taraqqiyot ta‘limni o‗z ketidan yetaklashga alohida etibor qilish. * Mustakil fikrlash, o‗z-o‗zini kashf etish, o‗zini o‗zi namoyon qilish singari gumanistik g‗oyalarga sadoqatlilik kabi xususiyatlar yetakchi omil ekanligni unutmaslik.
kunda barcha sohaga kirib borayotganligi bilan e‘tibordadair.Shu o‗rinda umumiy psixologiyaning dolzarbligi va bu sohaga ta‘luqli o‗z yechimini kutayotgan masalalar bo‗yicha qator jahon va o‗zbek psixologlarining tadqiqot ishlari olib borayotganligini ta‘kidlab o‗tish joizdir. Ushbu muammo sobiq sovet psixologlaridan A.B.Petrovskiy, B.B.Davidov, L.S.Vigotskiy, A.T.Luriya, V.Ya.Laudis, B.S.Badmaev kabilarning ilmiy amaliyot tadqiqotlarida o‗rganilgandir. Ularning ayrimlarini ta‘kidlash psixologik bilimlarning qay darajada ahamiyatli
6 ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Jumladan: umumpsixologik bilimlarga ega bo‗lish shahs aqliy taraqqiyotida va o‗z-o‗zini anglashda muhimligini ta‘kidlagan P.Ya.Galperin. N.N. Tallizinalarning izlanishlari bugungi kunda psixologiya fanlarini o‗qitishda katta xizmat qilmoqda, Shuningdek psixologiya tarmoqlarini o‗rganish va uni faoliyat jarayonidagi o‗rnini D.B.Elkonin, V.V.Davidov, N.F.Tallizina, A.M.Matyushkina, T.V.Kudryavsev, L.N.Landa V.Ya.Lyadus, Ye.N.Kabanova-Meller, A.Verbitskiy, Z.I.Kal‘mikova. E.G‗.G‗oziev, M.G.Davletshin, M.V.Voxidov, V.Karimova, B,Qodirov, G‗.Shoumarov,Z.Nishonova va boshqalar turli ilmiy asoslar yordamida ko‗rsatib o‗tganlar. Umumiy psixologiyaning dolzarb muammolariini zamonaviy fan tizimida yechimlarini tadqiq etish, qiyosiy tavsif qilinmagan metodlarni tadqiq etish orqali ularning samaradorligini ochib berish izlanishimizning bosh g‗oyasi bo‗lib hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi. Umumiy psixologiyaning dolzarb muammolarini o‗ziga xos xususiyatlarini o‗rganishning muhim mezon sifatidagi ahamiyati, o‗rni, ilmiy asoslarini tadqiq etish, zamonaviy texnologiyalarning afvzalliklarini tahlil qilish, nazariy va amaliy ma‘lumotlarni taqqoslash va umumlashtirishdan iborat. Vazifalari. 1. Nazariy va empirik psixologik materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish. 2. Tadqiqot o‗tkazish uchun eksperimental materiallar yig‗ish va erkin fikrlash malakalarini rivojlantirish hamda ularni ob‘ektlarga va sub‘ektlarga muvofiqlashtirish. 3.
Turli xususiyatlarga ega bo‗lgan psixologik tajribalarni o‗tkazish va ularni sifat jihatidan tahlil hamda talqin etish. 4. Ta‘lim sohasida psixologiya fanlarining o‗rni va salohiyatini amaliy tajribalar asosida o‗rganish va uning ahamiyatli tomonlarini yoritish umulashtirish, 5.
Psixologiyaning turli sohadagi ta‘sir darajasi, psixoprofilaktik va psixodiognostik, psixologik maslaxat larni o‗ziga hos xarakterlarini aniqlash, avfzalliklarini yoritish. 6. Umumiy
psixologiyaning diferensial xusususiyatlarini faollashtiruvchi, rivojlantiruvchi maxsus mashg‗ulotlar yordamida o‗rganish va taxlil qilish. 7.
Amaliy tajribalar tashkil etish jarayonida talabalarni psixologik bilimlar bilan qurollantirish, mavjud bilimlarni mustaxkamlash, tadqiqot muammosini yoritish. Tadqiqot ob‟ekti Zamonaviy fan tizimida umumiy psixologiyani dolzarb muammolari va uni o‗qitishni takomillashtirishning o‗ziga xos xususiyatlari jarayoni Tadqiqot predmeti: Umumiy psixologiyani o‗qitishni takomillashtirish jarayonini nazariy va amaliy tadqiq etish, va psixologik qonuniyatlar asosida o‗rganish.va unga ta‘sir etuvchi hamkorlik imkoniyatlarining determinats iyalaridir
7 yondashuvlar, ilmiy psixologik prinsiplar, qonunlar, qonuniyatlar, mexanizmlar; zamonaviy pedagogik psixologik texnologiyalar negizi; buyuk ajdodlarimizning ilmiy ta‘limotlari: Prezident I. A. Karimovning asarlaridagi g‗oyalar,O‗zbekiston respublikasining davlat xujjatlari, ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonun, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ va boshqa xujjatlar.
Ta‘lim jarayonida talabalar va o‗qituvchilar faoliyatini kuzatish. oliy maktab talabalari va o‗qituvchilari bilan suhbatlashish, psixologiya fanlarini o‗qitishni ta‘limni takomillashtirishga yo‗naltirilgan eksperiment ishlarini o‗tkazish, kuzatish, IPS, talabalarning bilim darajasidagi o‗zgarishlarni diognostik tahlil qilish maqsadida testlardan foydalanish.
1) Mavzuga ta‘luqli birlamchi manbaalar tahlil qilinganligi hamda umumlashtirilganligi. Eksperiment o‗tkazish uchun original materiallar to‗planganligi hamda izlanish ob‘ektlariga va sub‘ektlariga muvofiqlashtirilganligi. 2) Psixologik bilimlarning zaruriyligi va uni ilmiyligini ta‘minlanganligi, fanni o‗qitishni takomillashtirishning o‗ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlarining dalillab berilganligi. 3) O‗qitishning faol va innavatsion metodlari yordamida psixologik bilimlarni bayon qilinganligi va ularning samaradorligini ko‗rsatkichlari isbotlanganligi. 4) Talabalarda umupsixologik biliimlarga bo‗lgan qiziqishning o‗sganligi, hamkorlik imkoniyatlarining ro‗yobga chiqarilganligi. 5) Psixologiya o‗qitishda fanlararo ierarxik prinsiplar va qonunlarga asoslanishi ta‘lim samaradorligini oshirish omili ekanligi talqin qilinganlgi. 6) Tajribalarda talabalarda o‗ziga xoslik, yosh davr xususiyatlari va tafovutlari ishonchli mezonlar asosida ko‗rsatib o‗tilganligi.
Oliy ta‘lim tizimida uning sub‘ektlari (o‗qituvchi, talaba va talabalararo) o‗rtasida oqilona hamkorlikni vujudga keltirish o‗qitish jarayonida umumiy psixologiyani o‗qitishni takomillashtirishni va samaradorligini oshirish zaruriyligi asoslash mumkin Fan texnika taraqqiyotining so‗ngi usullaridan unumli foydalanish psixologiya o‗qitishni takomillashtirishning asosiy omili bo‗lishi mumkin. Psixologik bilimlarga to‗la ega bo‗lish orqali talabalarda voqea hodisalarni psixologik tahlil qilish, psixologik xizmat va psixologik maslahat berish malakalari shakllatirishning yangi qirralarini yaratish mumkin. Talabalarning psixologiya fanlaridan ma‘ruza va amaliy mashg‗ulotlarni o‗zlashtirishda mavjud imkoniyatlarni adekvat baxolash va, mustaqqil ilmiy manbaalar bilan ishlash 8 ko‗nikmalari oshadi. Tadqiqotning nazariy ahamiyati. 1.Olingan natijalar umumiy psixologiyaning dolzarb masalalarini yechimini topish imkoniyatini beradi.Umumiy psixologiyani ta‘lim tizimidagi ahamiyati, psixologik bilimlarning kasbiy faoliyatdagi o‗rni yuzasidan tavsiyalarning berildishi. Ta‘lim jarayonida sub‘ekt-sub‘ekt munosabatlarining o‗ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy materiallar bilan psixologiya sohalarini boyitilishi 2. Bugungi kunning asosiy zamonaviy fanlaridan xisoblanayotgan psixologiya faniga e‘tiborni oshirish, pixologiya fanining o‗ziga xos ahamiyatli tomonlarini ochib berish. 3.Ta‘lim sohasidagi olib borilayotgan islohotlar asosida psixologiya sohasida ham yangiliklar kashf etish imkoniyatlarini yaratish. 4.Psixologiya o‗qitishning zamonaviy usullarini yaratish va uni amalda qo‗llash ishlarini tashkil etishda ko‗llashlari mumkin. Ilmiy tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqot xulosa va tavsiyalaridan umumiy psixologiya fanini o‗qitishda, mashg‗ulotlarni tashkil etishda barcha soha mutaxasisslari va mutaxasiss o‗qituvchilar faoliyatida faydalanishlari mumkin. Psixologik bilimlarni o‗rgatishda innavatsion texnologiyalarning afzalliklarini ochib berish va ta‘limda joriy etish uchun amaliy tajribalar tashkil etishda foydalanishlari mumkin.
Bitiruv malaka ishi 3 bob 7 bo‗lim xulosa, tavsiya, faoydalanilgan adabiyotlar va alovalardan iborat.
9
1.1. Psixologik qarashlarning paydo bo„lishi va uning xorij psixolog olimlari tomonidan o„rganilishi. ―Psixologiya o‗zining muammolarini hayotdan olishi kerak, u oddiylikdan murakkablikka qarab borishi kerak‖- Fress.
Psixologiya fan sifatida jahonning barcha mamlakatlarining o‗quv yurtlarida (meditsina, pedagogika va boshqa oliy o‗quv yurtlarida, kasb xunar kollejlarida va ayrim davlatlarning maktab ta‘limidagi yuqori sinflarida AQSh) o‗qitiladi. Xorijiy mamlakatlarda Garvard Kolumbiya, Stanfort (A.Q.Sh), Kembridj, Oksford, London (Buyuk Britaniya), Mokreol (Kanada), Parij (Fransiya), Berlin (G.D.R), Praga (Chexoslovakiya) Vorshava (Pol‘sha) universitetlari psixologiya ta‘limining mashxur markazlaridir. Psixologiya sohasidagi qarashlar o‗z navbatida ma‘lum bir ta‘limotni ilgari surishga asos bo‗lgan. Jumladan psixologiya fanida gumanistik g‗oyalarni tadqiqot qilish ishlari chet-ellarda, asosan, AQSh da «Gumanistik psixologiya» deb nomlangan mustaqil sohada, ilmiy yo‗nalishda Sh.Byuler, (aqliy tarakkiyot) A.Maslou (extiyojlar, yuksak xislar, ierarxiya), (K.Rodgier o‗z-o‗zini anglash va takomillashtirish), R.Olport (psixik rivojlanish) kabilarning asarlarida o‗z ifodasini topgan edi. Mazkur yo‗nalish namoyondalarining ta‘limotlarida shaxsning o‗zini-o‗zi takomillashtirish, o‗zini-o‗zi faollashtirish, o‗zligini anglash, o‗z ichki imkoniyatlarini to‗la ro‗yobga chiqarish g‗oyalari aks etgan bo‗lib, insonlarda adolat tuyg‗usi, vijdonlilik, insonparvarlik, maslak, go‗zallik va xaqqoniylik xislarini shakllantirishga qaratilgandir. Bu bilan ular psixologiya fani rivojlanishida ma‘lum tushunchalarni asoslashga yordam berganlar. Lekin ularning e‘tibordan chetda qolgan zamonaviylikni biz o‗z tadqiqotimizning mag‗ziga aylantirishga xarakat qildik. Gumanistik psixologiya sohasining muxim tomonlaridan yana biri – bu shaxsning muhim jihatlaridan passiv inson sifatida tadqiqot ob‘ekti singari tasavvur etmasdan, balki uning hamkorlik faoliyati, shaxslararo munosabatning teng xuquqli a‘zosi ekanligini tan olinganlikdan iboratdir. Lekin bu ta‘limotning zaif tomonlari ham mavjud bo‗lib, u narsa insonning biopsixologik shart-sharoitlarning o‗rniga ortiqcha baho berganligida namoyon bo‗ladi. Vaxolanki, inson ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy muhit bo‗lib hisoblanadi. Shunga qaramasdan, xozirgi davrda ham gumanistik psixologiyaning ilg‗or g‗oyalari, tizimi, tadqiqot uslublari o‗z dolzarbligini saqlab qolgandir. Gumanistik psixologiya namoyondalari to‗plangan natijalarini milliy psixologiya, ijtimoiy garmonal, muayyan muxit, xududiy xususiyatlardan kelib chiqqan xolda taxlil qilish orqali oliy maktab ta‘lim-tarbiyasida gumanistik g‗oyalarni singdirish imkoniyatini yaratadi. Barcha sohadagi kabi psixologiya fanlarini o‗qitish muammolarining ayrim tomonlari bir qator jahon psixologlari tomonidan tadqiq etilgan, va izlanishlari asosida ma‘lum bir 10
usullarni yaratganlar. Ularning olib borgan izlanishlari bugungi psixologiya fanlarini o‗qitishda asosiy vositalardan xisoblangan. Chet el olimlarining olib borgan izlanishlari bugungi kunda ham o‗z ahamiyatini yo‗qotgani emas.Lekin nazariy taxlillar shuni ko‗rsatadiki psixologiya o‗qitishni takomillashtirish muammolari yuzasidan deyarli kam ish qilingan Jumladan Amerika psixologi A.Adler. (1936. internet ma‘lumotlari) o‗tgan asrning boshlaridanoq o‗qitishning o‗ziga xos xususiyatlari xaqida o‗z karashlarini ifoda etgan va bu boradagi ilmiy izlanishlari asosida ta‘limning rivojlantirish usullarini ko‗rsatib bergan olimlardan hioblanadi. Alfred Adlerning ―Individual psixologiya‖sida psixologiya o‗qitishda prezintatsiyalarning (ko‗rsatmalilikni, namoyish etish,) ahamiyati katta ekanligini ko‗rsatib beradi. Uning fikrini to‗ldirish maqsadida biz bugungi ta‘lim tizimidagi didaktik mashg‗ulot o‗tish usullarini keltirishimiz mumkin .Shuningdek Adlerning fikrlariga qo‗shimcha qilib shuni ta‘kidlash joizki, ta‘limni takomillashtirishda talabalarga vizual ta‘sirning kuchi aloxida ahamiyat kasb etadi.Biz buni o‗z tajribalarimizda yana bir bor ishonch xosil qildik. Ayni kompter vositalari yordamida tashkil etilgan mashg‗ulotlarda talabalar kurish, eshitish bilan birga vizual ta‘sir orqali ham bilimlarni o‗zlashtiradilar. Bu esa Adlerning kursatmalilik prinsipini asoslasada uning asosiy kamchiligi talabalarning mustaqil ishlarini bajarishdagi faolligini chetda qolishidir.. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling