O„zbekiston respublikasi


  BOB.  PSIXOLOGIYA  FANLARINI  O„QITISHDA  TA‟LIM  METODLARI  VA


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana27.09.2020
Hajmi0.88 Mb.
#131604
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
umumuiy psixologiyaning dolzarb muammolari psixologiya oqitishga zamonaviy yondashuv


2.  BOB.  PSIXOLOGIYA  FANLARINI  O„QITISHDA  TA‟LIM  METODLARI  VA 

SHAKLLARINING PSIXOLOGIK TALQINI. 

2.1. Shaxs faoliyatida psixologik bilimlarning ahamiyati 

  

Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o‗zini o‗zi boshqarish va takomillashtirish, o‗zini 



o‗zi  qo‗lga  olish,  o‗ziga  o‗zi  buyruq  berish,  o‗zini    o‗zi  tarbiyalash  bo‗yicha  boy  ma‘lumotlar 

to‗plagan, bu esa o‗z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalarining o‗zgarishi va 

yangidan paydo bo‗lishi haqida ilmiy-tatbiqiy ma‘lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi 

rang-barangligini ta‘minlab turadi.  

 

Psixologiya  inson  psixikasini  aniqlash,  shakllantirish,  yangi  sharoitga  ko‗chirish, 



takomillashtirish, rivojlanish dinamikasini ta‘minlash, yangi sifat bosqichiga o‗tishini qayd qilish 

imkoniyati  borligi  bilan  o‗ta  amaliy,  tatbiqiy  fanga  aylangandir.  Psixologiya  fanining  sohalari 

uning  amaliyoti  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etadi  (huquqshunoslik  psixologiyasi,  klinik 

psixologiya,  mehnat  psixologiyasi,  savdo    psixologiyasi,  ijtimoiy  psixologiya,  pedagogik 

psixologiya,  maxsus    psixologiya,  sport  psixologiyasi  va  hokazo).  Psixologiya  amaliy,  tatbiqiy 

jihatdan o‗z predmetiga ega bo‗lib, amaliy ijtimoiy psixolog, injener (muhandis) psixolog, oilaviy 

psixolog,  tibbiyot  psixologi,  maktab  psixologi  kabi  bir  qator  sohalarni  o‗z  ichiga  qamrab  olgan. 

Psixologiya  fani  yaqqol  inson  fazilati,  muayyan  taraqqiyot  xususiyatlari,  mexanizmlari, 

qonuniyatlari,  o‗ziga  xoslik,  alohidalik  va  yakkahollik  tabiati  yuzasidan    bahs  yuritadi.  Shaxs 

kundalik  turmushning  o‗ziga xos  psixologik  bilimlarini egallagan  bo‗lib,  o‗z saviyasi,  salohiyati 

bilan  turlicha  kamolot  ko‗rsatkichiga    egadir,    hatto    hayotiy    faoliyatida    to‗plangan    bilimlar  

ilmiy  psixologik  bilimlardan  ustunroq  turishi  ham  mumkin  (Qari  bilganni–pari  bilmas).  Chunki  

yirik    yozuvchilar  (shaxslararo  munosabat    va  muomala,  muloqot  xususiyatlari  yuzasidan 

kuzatuvchanlikka  egadirlar),  shifokorlar,  o‗qituvchilar,  ruhoniylar,    savdogarlar    uzluksiz  

ravishda  kishilar  bilan  muomalaga kirishishlari  natijasida  ularning  ichki  dunyosi  va  xulq-

atvoriga  oid   15 bilimlar bilan yuksak darajada qurollangandirlar. Lekin har qanday insonda ham 

ozmi yoki ko‗pmi psixologik bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning  bir-birlarini  

tushunishlari,    ta‘sir    o‗tkazishlari,    xulq-atvor  oqibatini    oldindan    bashorat    qilish,    kishining  

yakkahol  xususiyatlarini hisobga olgan holda unga yordam ko‗rsatishni ta‘kidlab o‗tishning o‗zi 

kifoya.  Endi    kundalik    turmushning    psixologik    bilimlari    bilan    ilmiy  psixologik  bilimlar 

o‗rtasidagi tafovutlar yuzasidan mulohaza yuritish ayni muddao bo‗lib, bunda kundalik turmushga 

oid  psixologik  bilimlar,  dastavval,  yaqqol    va    alohida    olingan    holat,    vaziyatni    o‗z    ichiga  

qamrab  oladi.  Masalan, sinchkov bola o‗z maqsadiga   yetish uchun otasiga, onasiga, buvasiga, 

opasi hamda akasiga  har  xil  uslub  bilan  ta‘sir  o‗tkazadi,  turlicha  vositalardan foydalanadi. U 

ko‗zlangan  maqsadiga    erishish  uchun    katta    yoshdagi    odamlarning  individual-tipologik  

xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  ish  tutadi. Kundalik  turmushga  oid  psixologik  bilimlar  



 

26 


aniq    vaziyatga    qaratilganligi,  biror  shaxsga    yo‗naltirilganligi    bilan    ilmiy    psixologik  

bilimlardan  farq  qiladi.  Ilmiy  psixologiya  esa  muayyan  metodlar,  vositalar,  uslublar,  usullar  va 

operatsiyalar    yordamida    ma‘lumotlar    to‗plash    va    ularni    umumlashtirishga  intiladi    hamda  

izlanayotgan   ob‘ektning   xususiyati,   holati,   munosabati,  bog‗lanishi   kabilarni   aks    ettiruvchi  

ilmiy    tushunchalar,    ta‘riflar,  qonuniyatlar,    xossalar    yordamida    psixologik    mexanizmlarni  

kashf    qilishga  harakat  qiladi.  Odatda    shaxsning    xususiyatlari,    sifatlari,    fazilatlari,    xislatlari, 

xulq-atvorlari,    xatti-harakatlari    bo‗yicha    turmush    sharoiti    va    fan  olamidagilar  (hatto  ilmiy 

tushunchalar,  atamalar)  o‗zaro  o‗xshab  ketsa-da,  lekin  ilmiy-psixologik    mazmun,    mohiyat,  

majmua  o‗zining  tuzilishi,  tarkibi, aniqligi,  mantiqan  izchilligi,  ma‘noning   yig‗iqligi  bilan  

keskin  ajralib turadi.  

  Yuqorida    yuritilgan    mulohazalar    kundalik    turmush    tajribasida  to‗planadigan    psixologik  

bilimlar  bilan  ilmiy  bilimlar  orasidagi dastlabki (birinchi)  farqni  sharhlashga  yo‗naltirilganligi  

bois  alohida ahamiyat kasb  etsada, lekin shu narsani  yoddan chiqarmaslik kerakki,  turmushga 

oid    amaliy    psixologik    bilimlarga    asoslanmasdan    turib,    ilmiy    psixologik  nazariyalarni  

yaratish  mumkin  emas. Shunday  ekan,  amaliy  bilimlar  genetik kelib chiqishi nuqtai nazaridan 

birlamchi hisoblanadi.  Hayotda    juda   ko‗p  uchraydigan,   ayniqsa,   o‗qituvchilar,   murabbiylar, 

trenerlar,    rahbarlar,    shifokorlar    faoliyatida    namoyon    bo‗luvchi    ta‘limiy,  tarbiyaviy,    tibbiy  

uslub   arzimas    ijobiy    siljishni    payqash    imkoniyatini  yaratadi.    Amaliy    faoliyatda    erishilgan  

ushbu    samara    psixologik    tahlilga  muhtoj    bo‗lib,    uni    keltirib    chiqaruvchi    ob‘ektiv    yoki  

sub‘ektiv    omillarni  dalillash    ancha    mushkul    hisoblanadi.    Buning    uchun    o‗zgalarga    ta‘sir  

o‗tkazish  usuli,  ularda  ichki  imkoniyatga  ishonch  tuyg‗usini  uyg‗otish  qo‗zg‗ovchisi,  ta‘sirga 

beriluvchanlikni  kuchaytiruvchi    motivlar    (frans.  «motif»  -    qo‗zg‗atuvchi    sabab)  tabiatini 

chuqur    tahlil    qilish    va  shu  yo‗l  bilangina    siljishning  psixologik  ma‘no  kasb  etishini  dalillash 

mumkin, xolos. Ilmiy  psixologiyada  katta  hajmdagi  materiallar,  shu  jumladan, qonuniyatlar,  

xususiyatlar    umumlashtiriladi,    insonning    ichki    imkoniyati,  iste‘dodi,  ishchanligi,  qobiliyati 

yuzasidan  umuminsoniy  tavsifga  ega  bo‗lgan  teran    xulosalar    chiqariladi.    Buning    natijasida  

odam    psixikasini    aniqlash,  bashorat    qilish,    ayrim    ruhiy    nuqsonlarni    tuzatish,    noxush  

kechinmalarning  oldini    olish    imkoniyati    tug‗ilib,    bu    esa    ijtimoiy-psixologik    bog‗lanishlar 

mohiyatini  oqilona  tavsiflash  uchun  xizmat  qiladi. Ijtimoiy  va  yakkahol turmush  og‗irliklari  

va    tashvishlarini    kamaytirish,    aqliy    hamda    jismoniy  zo‗riqishlarni    pasaytirish,    shaxslararo  

nizolarni    bartaraf    etish    singari  sa‘y-harakatlarni    faqat    ilmiy    psixologik    ma‘lumotlarga  

asoslangan    holda  amalga  oshirish  mumkin.      Shuning    uchun    psixologiyaning    turli    sohalari 

(yosh    psixologiyasi,  pedagogik    psixologiya,    tibbiyot    psixologiyasi,    sotsial    psixologiya    va 

boshqalar)da o‗tkazilgan tadqiqot ishlari ilmiy asosda psixika, psixik holat, psixik  hodisa,  psixik  

jarayon,    psixik    funksiya,    psixik    xususiyat,    ijodiyot,  faoliyat,  ong,  xulq  va  muomala  singari 


 

27 


tushunchalar  bo‗yicha  materiallar  to‗plab  beradi,  shuningdek,    psixik    aks    ettirishning    moddiy  

asoslari,  mexanizmlari yuzasidan  qonuniyat  ochishga  imkon   yaratib,  hatto  insonni o‗zligini 

anglash va boshqarish sari yetaklaydi.  

Fanda  yangi  yo‘nalishlar,  yangicha  yondoshuvlar  paydo  bo‘ldi.  Masalan,  sinergetik 

yondoshuv  barcha  fanlarda  bo‘lgani  kabi  psixologiya,  uning  tarmoqlari  hamda  u  bilan  turdosh 

bo‘lgan  fanlar  misolida  yaqqol  namoyon  bo‘la  boshladi.  Eslatib  o‘tamiz,  “sinergetlar”  so‘zi 

grekcha  ―synergetes  –  xodimlar,  sheriklar‖  so‘zlaridan  olingan  bo‘lib,  sinergiya  –  synergia 

hamkorlikdagi,  hamjihatlikdagi  harakat  ma‘nosini  anglatadi.  Ya‘ni,  inson  va  uning 

psixologiyasini  o‘rganish  va  unga  ta‘sir  ko‘rsatishda  gumanitar  fanlarning  hamkorlikdagi 

rivojlanishi yoki boshqacha qilib aytganda, ushbu fanlar maqsadlarining mushtarak uyg‘unlashuvi 

shaxs iqtidori va qobiliyatlarini rivojlantirishning ishonchli vositasi sifatida qaraladi.  

Bundan  tashqari,  yangi  davr  fanlarini  rivojlantirishga  akmeologik  yondoshuv  ham 

mavjudki,  unga  ko‘ra,  har  bir  fanning  inson  uchun  ahamiyati  va  o‘rni  o‘sha  fanlarning  shaxs 

kamolotiga qo‘shajak hissaning salmog‘ini belgilash va baholashni taqozo etadi.  (Akmeologiya 

grekcha  ―akme  –  cho‘qqi,  yuqori  pog‘ona,  gurkiratuvchi  kuch‖  ma‘nolarini  bildiradi  va  uning 

predmeti  deganda  insonning  o‘z-o‘zini  rivojlantirish  va  o‘zligini  anglashini  yuqori  darajalariga 

yetishga o‘rgatuvchi fanlar majmui tushuniladi). 

Inson psixologiyasini bilish, o‘z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday 

yosh  davrda  ham  optimal  ravishda  ishga  yaroqlilikni,  turli  o‘zgarishlarga  psixologik  jihatdan 

tayyorlikni ta‘minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‘y berayotgan jarayonlarni obyektiv 

va to‘g‘ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi. 

Shunday  qilib,  yangi  davr  har  bir  insondan  o‘z  ichki  imkoniyatlarini  adekvat  bilish,  shu 

bilimlar zahirasi  bilan  yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk 

Suqrot o‘z davrida ―O‘z-o‘zingni bil!‖ degan shiorni o‘rtaga tashlagan edi. Yangi davr bu bilimlar 

yoniga  ―O‘z  yoningdagilarni  va  ularning  qilayotgan  ishlarini  ham  bil‖,  degan  shiorni  har 

qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ydi. Ayni shu muammoni yechishda hozirgi zamon psixologiya 

ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir. 

An‘anaga aylanib qolgan hodisalardan biri shuki, psixologiya va u o‘rganadigan hodisalarni 

faqatgina ushbu fan bilan bevosita shug‘ullanadigan kimsalar o‘rganib kelishgan, zero, psixologik 

hodisalar bilan har qanday inson ham tanish bo‘lishi va u inson hayotining asosini tashkil etishi 

kerak.  Yangi  davr  va  uning  o‘zgarishlarga  boy  hayoti  endi  har  bir  kishining  psixik  hodisalar 

qonuniyatlarini  bilish  va  shunga  mos  tarzda  oqilona  va  omilkorona  ish  yuritish  zaruratini  talab 

qilmoqda. 

Jahon  hamjamiyatining  mustaqil  O‘zbekistonni  tan  olishi,  davlatimizning  keng  tashqi 

siyosiy  va  tashqi  iqtisodiy  faoliyati  o‘zbek  xalqining  ma‘naviy  qadriyatlari  va  imkoniyatlari 


 

28 


tiklanishiga,  o‘zini  boshqa  xalqlar  oilasidagi  to‘la  huquqli  millat  sifatida  anglab  yetishiga  keng 

imkon  yaratdi.  Tobora  kengayib  borayotgan  xalqaro  aloqalar  jahon  madaniyatini  yanada 

chuqurroq  bilish,  umuminsoniy  qadriyatlardan  bahramand  bo‘lish  uchun  qulay  zamin 

yaratmoqdaki,  bu  o‘z  navbatida  o‘zbek  xalqining  turli  faoliyat  sohalaridagi  iste‘dodi 

rivojlanishiga,  uning  tadbirkorlik  va  kirishimlilik,  bir  necha  chet  tillarni  va  kompyuter 

texnologiyalarini  tez  o‘rganib  olish  kabi  iqtidorini  ro‘yobga  chiqishiga,  xorijiy  mamlakatlarga 

borish, ular bilan aloqalar o‘rnatish, dunyo standartlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish 

imkonini berdi. Ana shunday keng ko‘lamli aloqalarga qaramay, xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda 

milliy  qadriyatlarga  hurmat,  vatanparavarlik,  saxovat  an‘analari  yanada  rivojlanib,  iqtidorlari 

yuksaklarga  ko‘tarilmoqda.  Bu  insonga  munosabatni,  uni  tarbiyalash  ishining  dolzarbligini 

yanada yaqqolroq tasavvur qilishga olib keldi. 

Globalizasiya sharoitida psixologiya o‘rganadigan muammolarning dolzarbligi, avvalo, har 

bir  shaxsning  murakkab  insoniy  munosabatlar,  axborot  kommunikasiyalari  sharoitida 

yashayotganligi,  inson  xulqini  boshqarish  ayrim  mamlakatlar  uchun  ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotning yetakchi omili sifatida e‘tirof etilishi bilan izohlanadi. O‘z vaqtida Hindistonning 

taniqli  siyosiy  arbobi  Maxatma  Gandi  shunday  yozgan  ekan:  ―Men  uyimning  darvoza  va 

eshiklarini mahkam berkitib o‘tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu 

barobarida  eshik  va  derazalarimdan  kirayotgan  havo  dovul  bo‘lib,  xonadonimni  ag‘dar-to‘ntar 

qilib,  o‘zimni  yiqitib  tashlashini  ham  xohlamayman‖.  Bu  so‘zlarni  bugungi  globalizasiya 

sharoitida insonning jamiyatda tutgan o‘rni va zarur maqomni  egallashiga, informasion xurujlar 

va turli xil ma‘lumotlarning turli yo‘llar bilan mamlakatimizga, umuman, boshqa mamlakatlarga 

ham  kirib  kelib,  u  yoki  bu  mintaqada  asrlar  mobaynida  shakllangan  qadriyatlar,  urf-odatlar, 

e‘tiqod shakllariga va tarbiya uslublariga salbiy yoki ijobiy ta‘siri jarayonlari ma‘nosida qo‘llash 

shaxs  ruhiyatiga  aloqador  siru-sinoatlarni  bilishni,  shaxsga  o‘z-o‘zini  himoya  hilish,  o‘z  ustida 

ishlash imkoniyatlarini bilishni dolzarb qilib qo‘yadi. Zero, dunyoga yuz ochgan, yoshlari dunyo 

tillarini  bemalol  egallab,  ―internetomaniya‖  kasaliga  chalinish  arafasida  turgan  O‘zbekistonga 

ham yaxshi, ham yomon ta‘sirlar, xurujlar mavjudligi sharoitida shaxsning o‘zini-o‘zi psixologik 

jihatdan  salbiy  ta‘sirotlardan  himoya  qila  olish  imkoniyatlarini  kengaytirish  eng  dolzarb 

muammolardan  biridir.  Ya‘ni,  siyosat  sohasimi,  iqtisodiyotmi,  mafkura  yoki  ma‘naviyatmi, 

tarbiya yoki huquq masalalarimi, barchasida inson omili va uning manfaati talab va ehtiyojlarini 

o‘rganish, undagi hayot jabhalariga ko‘nikish va teran fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish fan oldida 

turgan eng muhim vazifadir. Yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash inson aqli va shuuri uchun 

kurashning  eng  samarali  usullaridan  biridir.  Zero

,  davlatimiz  rahbari  Islom  Karimov 

ta‘kidlaganlaridek, ―Milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng 

qamrovli, murakkab, ser-qirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali-


 

29 


hanuz  yaratilmagan  tushunchalarni  o‘zimizga  tasavvur  qilishimiz  kerak,  deb  o‘ylayman.  Bu 

tushunchalar  Vatan  ravnaqi,  yurt  tinchligi,  xalq  farovonligi  kabi  yuksak  g‘oyalarning  ma‘no-

mazmunini teran anglab yetishga xizmat qiladi. Bu mafkura xalqni xalq, millatni millat etadigan, 

uning  sha‘nu  sharafi,  or-nomusi,  ishonch-e‘tiqodini  ifodalaydigan,  jamiyatimizning  o‘ziga  xos 

taraqqiyot yo‘li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda muttasil rivojlanib, takomillashib 

boradigan g‘oyalar tizimidir‖

1



Shaxs  ongi  va  xulqiga  tajovuzlarning  ortib  borayotganligi,  xulqni  boshqarish  barcha 



sohalarda  ustivor  bo‘lgan  bir  sharoitda  insonning  ruhiyatini,  unda  sodir  bo‘ladigan  murakkab 

jarayonlarni,  xolatlarni  o‘rganishning,  yoshlarda  mafkuraviy  immmunitetning  shakllanishining 

ahamiyati  ham  oshib  boraveradi.  Shu  nuqtai  nazardan  olib  qaralganda,  odamni  o‘rganish 

qanchalik qadimiy va an‘anaviy vazifa bo‘lishidan qat‘iy nazar, bugungi  globalizasiya va bozor 

munosabatlariga  o‘tish  davrida  psixologiya  fani  uchun  dolzarb  bo‘lmagan  mavzu  yoki 

jarayonning o‘zi yo‘qdir. 

                                                 

1

Karimov  I.A.  Jamiyatimiz  mafkurasi  xalqni-xalq,  millatni-millat  qilishga  xizmat  etsin.  – 

T.: O‘zbekiston, 1998. – B. 15. 


 

30 


2.2. Zamonaviy psixologiya tarmoqlari, ilmiy amaliy anjumanlar va psixologik xizmat 

taraqqiyoti. 

               Hozirgi  zamon  psixologiyasi  oldida  to‗rgan  asosiy  maqsad,  va  zamonaviy 

psixologiyaning  ilmiy  yondashishlari,  turli  yoshdagi  insonlarda  o‗qish  jarayonida  shaxs 

fazilatlarini  shakllantirish,  kadrlarda    kasbiy  malakalarni  egallash  psixologik  xususiyatlarini 

shakllantirish  va    kayta  tayyorlash  shakllantirish  vazifalaridir.  Xar  bir  shaxs  qaytarilmas 

temperamentdir»- degan edi fiziolog olim I.P.Pavlov. Qolaversa, xar bir insonning o‗zigagina xos 

imkoniyatlari mavjudligi va  unga  hamisha  jiddiy  e‘tibor  berish  zarurligi  hakida  O‗rta  Osiyoning 

buyuk  mutafakkirlari  Ibn  Sino,  Farobiy  va  Beruniy  ham  o‗z  zamonalarida  alohida  qayd  etib 

o‗tganlar.  Chunonchi,  o‗qituvchi  bola  shaxsini  tarbiyalash  uchun,  dastavval  uning    «betakror 

olamiga»  kira  olishi  va  shunga  mos  keluvchi  tarbiyaviy  tadbirlar  rejasini  tuzishi  va  qo‗llamogi 

lozim.  

 

Taniqli  ruxshunos  olim  L.S.Vigotskыy  taraqqiyotga  ilgarilab  ketgan  ta‘limgina  samarali 



bo‗lishini qayta-qayta ta‘kidlagan edi. Bugun bola kattalar yordamida amalga oshirilayotgan ishni 

ertaga  o‗zi  bajarishi  kerak.  Bunga  bolani  xar  tomonlama  rivojlantiradigan  uni  fikrlashga 

o‗rgatadigan, qobiliyatini asta-sekin o‗sib borishga imkon yaratadigan, tafakkurining yangi-yangi 

qirralarini  ochadigan  pedagogik  usullar  va  maxsus  psixologik  xizmat  tizimi  mavjud  bo‗lgan 

takdirdagina  erishish  mumkin.  Yukoridagi  muammolarni  hal  qilish  jarayonida    ta‘lim 

muassasalari  psixologlari quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim; 

1.  Xar bir o‗quvchida namoyon bo‗lishi  mumkin bo‗lgan stress (xissiy zo‗riqish) xolatlariga 

xos asosiy ko‗rinishlarni aniqlash (Psixodiagnostik ishlar); 

2.  O‗quv  faoliyatini  tashkil  etish  nazorat  qilish  va  boshqarish  jarayonida  o‗quv  faolligi  va 

samaradorligiga  salbiy ta‘sir etishi mumkin bo‗lgan holatlarni oldindan ko‗rib bilishi va ularni 

bartaraf etish uchun muntazam ravishda tegishli tadbirlar o‗tkazish. 

(Psixoprofilaktik ishlar); 

3.  Fanlarni o‗zlashtirmaydigan o‗quvchilarni o‗zlashtira olmaslik 

sabablarini  aniklash  va  shu  asosda  ular  bilan  aloxida  mustakil  ishlar  olib  borish,  ulardagi 

imkoniyatlarni  keng  mikyosda  o‗rganish  va  rivojlanishi  orkali  o‗kuvchi  shaxsidagi  faollikni 

oshirishni yo‗llarini izlash. (Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar); 

Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga deyarli 180 yil bo‗ldi. 

Shu  davr  ichida  juda  ko‗plab  ilmiy  tadqiqot  natijalarini  o‗z  ichiga  olgan  monografiyalar, 

darsliklar, qo‗llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning jamiyat hayotida tutgan o‗rni juda oshib 

ketdi,  deb  bo‗lmaydi.  Sababi,  psixologiya  sohasida  faoliyat  ko‗rsatgan    barcha  olimlar  ko‗prok 

diqqatlarini  mavxum  shaxs  va  individual  psixologiyaga  qaratdilar.  Vaholanki,  inson,  uning 


 

31 


barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta‘siri masalasi hozirgi davrga kelib, o‗ta dolzarb va 

muhim muammolar qatoridan joy oldi. 

 

XX  asrda  insoniyat  texnika,  elektronika  va  boshqa  shunga  o‗xshash  murakkab 



texnologiyalarni  yaratgani  bilan  xarakterlansa-da,  vaqti  kelganda,  shunday  xolatga  duch 

kelamizki,  murakkab  elektron  texnikani  yaratgan  o‗ta  aqlli  inson  o‗zi  va  o‗zi  atrofidagilarning 

ruhiy  kechinmalarini  to‗g‗ri  baholay  olmasligi  sababli,  o‗zini  nochor  va  kuchsiz    sezishi 

mumkinligini  hayot isbotladi.  

 

 

XXI  asrda  juda  ko‗plab  davlatlarda  bo‗lgani  kabi  dunyo  xaritasida  munosib  o‗rin  olgan 



mustaqil O‗zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi 

inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko‗tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy 

hamda  ma‘naviy  barkamolligini  bevosita  taraqqiyot,  rivojlanish  va  sivilizatsiya  bilan  uzviy 

bog‗ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o‗z ustida ishlashi, o‗z mukammalligi xususida 

qayg‗urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.  

 

O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  ikkinchi  chaqiriq  O‗zbekiston 



Respublikasi  Oliy  Majlisining  to‗qqizinchi  sessiyasidagi  ―O‗zbekistondagi  demokratik 

o‗zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy 

yo‗nalishlari‖  mavzuidagi  ma‘ruzasida  yettinchi  ustuvor  yo„nalish  deb,  barcha  islohotlarning 

pirovard  natijasini  belgilab  beradigan  inson  omili  va  mezoni  ekanligi  besabab  ko‗rsatib 

berilmagandir. 

 

Inson  psixologiyasini  bilish,  o‗z  taraqqiyotini  va  iqtidorini  tashkil  etishni    bilish,  har 



qanday  yosh  davrda  ham  optimal  ravishda  ishga  yaroqlilikni,  turli  o‗zgarishlarga  psixologik 

jihatdan tayyorlikni ta‘minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‗y berayotgan jarayonlarni 

ob‘ektiv va to‗g‗ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi. 

 

Shunday  qilib,  yangi  davr  har  bir  insondan  o‗z  ichki  imkoniyatlarini  adekvat  bilish,  shu 



bilimlar zahirasi  bilan  yaqinlari  va  hamkasblari psixik  dunyosini  bilishni  talab  qilmoqda.  Buyuk 

Suqrot o‗z davrida «O‗z - o‗zingni bil!» degan shiorni o‗rtacha tashlagan bo‗lsa, yangi davr «o‗z 

yoningdagilarni  va  ularning  qilayotgan  ishlarini  ham  bil»,  degan  shiorni  har  qachongidan  ham 

dolzarb  qilib  qo‗ydi.  Ayni  shu  muammoni  yechishda  hozirgi  zamon  psixologiya  ilmi  va 

amaliyotining roli benihoya  kattadir. 

 

An‘anaga  aylanib  qolgan  hodisalardan  biri    shuki,  psixologiya  va  u  o‗rganadigan 



hodisalarni  faqatgina  ushbu  fan  bilan  bevosita  shug‗ullanadigan  kimsalar  o‗rganib  kelishgan, 

zero,  psixologik  hodisalar  bilan  har  qanday  inson  ham  tanish  bo‗lishi  va  u  inson  hayotining 

asosini tashkil etishi kerak. Yangi davr va uning o‗zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining 

psixik  hodisalar  qonuniyatlarini  bilish  va  shunga  mos  tarzda  oqilona  va  omilkorona  ish  yuritish 

zaruratini talab qilmoqda.  


 

32 


Psixologiya  fanining  ko‗p  sohalarda  rivojlanganligi,  bu  fanining  barcha  muhim 

yo‗nalishlari  bo‗yicha  taraqqiy  ettirish  vazifasini  qo‗ydi.  Olimlar  oldiga  fanni  xo‗jaligimiz  va 

sanoat qurilishning barcha sohalariga joriy qilish vazifasi qo‗yildi. Bu vazifalar o‗zining nazariy 

va  amaliy  ahamiyati  jihatidan  keng  hamda  xilma-xildir.  Hozirgi  vaqtda  psixologiya  ko‗p 

tarmoqlarga  bo‗linib  butun  bir  psixologik  fanlar  sistemasini  tashkil  qiladi.  Bu  psixologik 

fanlarning  har  biri  o‗z  ob‘ekti,  o‗zining  tekshirish  metodlari  va  vazifalariga  egadir.  Har  bir 

psixologiya sohasining o‗zida hal qilishni talab qilib turgan jarayonlar  oz emas. Har bir fanning 

asosiy  vazifasi  uning  metodologiyasini  aniqlab  olishdir.    Shuningdek,  nazariy  muammolarni 

ishlab chiqish amaliyot bilan bog‗liq holda o‗tkazilgan taqdirdagina yanada mahsuldor bo‗ladi. 

 Kishilarning amaliy faoliyatida ko‗pincha yangi faktlar, voqelik hodisalari o‗rtasidagi 

yangi  bog‗lanishlar  ochilib  qoladi,  shular  tufayli  nazariya  yanada  boyiydi,  aniqlanadi  va 

mukammallashadi.  Ayni  vaqtda,  psixologiyadagi  amaliy  vazifalarning  muvaffaqiyatli  hal 

qilinishi  nazariy  muammolarning  qay  darajada  hal  qilinishiga  qattiq  bog‗liq  bo‗ladi.  Bundan 

buyon  ham  psixologiya  masalalari  Pavlovning  oliy  nerv  faoliyati  fiziologiyasi  haqidagi 

ta‘limoti  asosidagina  muvaffaqiyatli  hal  qilinishi  mumkin.    Inson  miyasining  tuzilishi  va 

faoliyati  sohalarini  yanada  o‗rganishda  Pavlovning  shogirdlari  va  izdoshlari  ancha  yutuqlarni 

qo‗lga  kiritdilar.  Bu  yutuqlar  ko‗pchilik  psixik  hodisalarni  tushuntirishda  katta  ahamiyatga 

egadir. 


 Ayni  vaqtda  shuni  ham  e‘tiborga  olmoq  kerakki,  kapitalistik  mamlakatlar  olimlarining 

orasida  progressiv  yo‗nalishdagi  psixologlar  ham  ishlamoqdalar.  Shu  psixologlarning  ilmiy 

tekshirishlaridagi  ijobiy  yutuqlarni  hisobga  olishi  va  ulardan  foydalanishlari  lozim.  Turli 

mamlakatlar  psixologlari  o‗rtasidagi  do‗stlik  aloqalarining  mustahkamlanishi,  tajriba 

almashtirish  psixologiya  fanining  yanada  samarali  taraqqiy  etishiga  yordam  beradi.  Boshqa 

fanlarni  o‗rganish  kabi,  psixologiyaning  o‗rganishni  ham,  avvalo,  bilish,  ma‘lumot  olish  uchun 

ahamiyati bor. Biz  psixologiyani  o‗rganib,  voqe‘likning  g‗oyat  katta va sifat  jihatdan  o‗ziga  xos 

sohasi,-  psixik  hayot  sohasi  haqida  bilim  olamiz.  Psixika  qanday  kelib  chiqqan,  hayvonot 

dunyosida  psixik  hayot  formalari  qanday  taraqqiy  etgan,  odam  psixikasi  tarixan  qanday 

rivojlangan,  har  bir  odam  tug‗ilish  paytidan  tortib  uning  ongi  qaysi  shart-sharoitlarga  qarab 

taraqqiy  etadi,  xarakter  qanday  vujudga  keladi,  odamning  qobiliyatlari  qanday  shakllanadi  - 

psixologning ilmiy tadqiqotlari ana shu savollarimizga javob beradi. 

Odam  tevarak-atrofdagi  dunyoni  qanday  idrok  etadi,  u  qanday  esida  qoldiradi,  qanday 

esga  tushiradi  va  fikr  yuritadi,  u  qanday  hislarni  ko‗nglidan  kechiradi,  odam  tevarak-atrofdagi 

dunyoni  o‗z  ehtiyojlariga  moslashtirib,  yangi  moddiy  va  ma‘naviy  boyliklarni  vujudga  keltirib, 

qanday ish ko‗radi - psixologiyani o‗rganish bilan ana shu masalalarni bilib olamiz.  



 

33 


Psixologiyani o‗rganish odamni psixika haqidagi va psixik hayotning xilma-xil hodisalari 

haqidagi  bilimlar  bilan  boyitibgina  qolmay, shu bilan  birga  odam aqlini  ham  o‗stirishga  yordam 

beradi.  Odam  aqlini  o‗stirish,  jumladan,  yangi  bilimlar  va  ko‗nikmalarni  tezroq  egallash,  yangi 

nazariy  va  amaliy  vazifalarni  to‗g‗ri  hal  qilish  qobiliyatini  takomillashtirishda,  o‗z  fikrlarini 

nutqda to‗g‗ri ifodalay bilish va boshqalarning nutqini to‗g‗ri tushuna bilishda ham o‗z ifodasini 

topadi. Albatta, har bir fan bilan shug‗ullanish odamni kamolga yetkazadi. Ammo psixologiya bu 

sohada  alohida  o‗rin  tutadi.  Odam  psixologiyani  o‗rganar  ekan,  avvalo  o‗z  aql-idrokini,  uning 

jarayonlarini  bilib  oladi,  unga  diqqat-e‘tibor  beradi,  aqlning  faoliyatini  kuchaytiradigan  shart-

sharoitni bilib oladi va shu bilan o‗z aql-idrokining ko‗proq o‗sishiga yordam beradi. 

Psixik  hayot  hodisalari  haqidagi  ilmiy  bilimlarni  egallash  shaxs  dunyoqarashini 

shakllanishida  katta  ahamiyatga  egadir.  Tushunish  kishilar  ongidagi  eskilik  sarqitlariga  qarshi 

kurashda, jumladan, har xil diniy taassub va xurofotlarga qarshi kurashda juda kuchli qurol bo‗lib 

xizmat  qiladi.  Odam  psixologiyani  o‗rganar  ekan,  o‗zidagi  psixik  hayotni  va  boshqa  kishilar  

psixikasini  bila  oladigan  bo‗lib  qoladi.  Bu  bilim  esa  boshqa  kishilarni  va  o‗zini  yaxshiroq 

tushunishga imkon beradi.     Psixologiyaning  bilish,  ma‘lumot  olish  uchun  ahamiyati  shulardan 

iboratdir.  Shu  bilan  birga  psixologiya  (jumladan,  psixologiya  metodlari)  kishilar  amaliy 

faoliyatining  har  xil  turlarida  -  ta‘lim-tarbiya,  ishlab  chiqarish,  mehnat,  meditsina,  sud-

huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san‘at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir. 

 Pedagogika  ishida,  ya‘ni  yosh  avlodni  o‗qitish  va  tarbiyalashda  psixologiyaning 

ahamiyati ayniqsa katta.  Pedagog  o‗quvchilarga biron materialni  tushuntirar  ekan  shu materialni 

bolalar  qanday  o‗zlashtirayotganini  ko‗ruvchilar  qanday  idrok  etayotganini,  eslab  qolayotganini, 

fikrlayotganini, ularda diqqat–e‘tibor, hissiyot qanday namoyon bo‗layotganini, bolalarning  yosh 

hususiyatlariga qarab bu jarayonlar qanday ro‗y berayotganini bilish lozim. 

O‗quvchini  bilib  olish  –  shu  o‗quvchining  darslarni  o‗zlashtirish  darajasini  bilish 

demakdir,  shuningdek,  o‗quvchining  psixik  hususiyatlarini  bilish  demakdir,  uning  qobiliyat  va 

havaslari  qanaqa  ekanligini,  uning  diqqat  –  e‘tibori,  hislari,  irodasi,  xotirasi,  tafakkuri  qanday 

zohir  bo‗lishini  bilish  demakdir.  Ta‘lim  –  tarbiya  ishida  pedagog  bolalarni  bilimdan  bahramand 

qilish, ularga ko‗nikma  va malaka berish bilangina kifoyalanib qolmay, shuningdek, o‗quvchilar 

shaxsining  hamma  tomonlarini,  dunyoqarashi,  xarakteri,  irodasi,  qobiliyati  va  havaslarini 

takomillashtirishi  lozim.  Buning  uchun  esa  psixikaning  ayrim  tomonlari  qanday  sharoitda  va 

qaysi pedagogik usullar yordami bilan o‗zlashtirishini va takomillashuvini bilmoq kerak. Har bir 

pedagog  –  o‗qituvchi,  tarbiyachi,  maorif  ishining  rahbari  –  psixologiyani  nima  uchun  bilishi 

kerakligi yuqorida aytilganlardan ravshan ko‗rinib turibdi. Hozirgi paytda ishlab chiqarish, ishlab 

chiqarish  ta‘limi  va  mehnatni  tashkil  etishning  har  xil  turlarida  psixologiyadan  keng 

foydalanilmoqda. Ishning har bir turi, har bir kasb odamdan tegishli bilim va mahorat talab qilish 


 

34 


bilan birga mahsus psixologik sifatlarni ham talab qiladi. Shu sababli, ixtisosga qarab murakkab 

va  ma‘suliyatli  mehnat  operatsiyalarini  bajarishga  to‗g‗ri  keladigan  kishilar  mahsus  psixologik 

tekshirishdan  o‗tkaziladi.  Masalan,  dastlabki  kosmonavtlarni  tanlashda  talabgorlar  xotirasi  juda 

yaxshi,  fahmi  o‗tkir,  diqqatini  bir  narsadan  ikkinchi  narsaga  tez  ko‗chira  oladigan,  aniq  uyg‗un 

harakatlarni tez bajara oladigan kishilarni ajratib olish maqsadida tekshirib ko‗rildi. Korxonalar va 

boshqa  xo‗jalik,  madaniy  va  ma‘muriy  muassasalarining  hamda  tashkilotlarning  rahbarlari 

kadrlarni tanlay bilishi, ularni joy – joyiga qo‗ya bilishi, ularga rahbarlik qila olishi kerak. Buning 

uchun  esa  ularning  qobiliyatlari,  xarakteri,  mehnatga  munosabati  va  boshqa  shu  kabilarning 

farqiga bora bilishi kerak.  

 

Psixologiya  meditsina  bilan  qadimdan  bog‗lanib  keladi.  Kasalliklar  orasida  psixik 



kasalliklar  bo‗ladi.    Bunday  kasalliklarni  ham,  asosan,  psixologik  vositalar  bilan  davolashga 

to‗g‗ri  keladi.  Vrach  psixik  kasalliklarni  yaxshiroq  ajrata  bilmoq  uchun  odamning  normal 

psixologiyasini  ham  bilish  kerak.  Boshqa  kasalliklarni,  ayniqsa,  nerv  kasalliklarini  davolashda 

ham vrach bemorning ruhiy holatini bila olishi va kasallikning borishiga ruhiy holatning ta‘sirini 

nazarda  tutishi  lozim.  Vrach  bemorga  psixik  ta‘sir  ko‗rsatish  vositalarini,  ishontirish,  maslahat 

berish va boshqa shu kabilarining ahamiyatini bilish kerak. 

  

 Psixologiya  sud  ishida  ham  muhim  rol  o‗ynaydi.  Sud  xodimi  ayblanuvchining  ruhiy 



holatini,  guvohlarning  so‗roqda  aytgan  gaplarini  psixologik  jihatidan  tahlil  qila  bilishi  kerak. 

Kishilar  biron  ayb,  jinoyat  qilganlarida  nima  niyat  bilan  shunday  qilganliklarini  sud  xodimi 

fahmlay  bilishi  kerak.  Aybdorlarning  individual  hususiyatlarini  ham  bilib  olishga  to‗g‗ri  keladi. 

Bularning hammasida ustalik bilan ish ko‗rmoq uchun odamning psixikasini bilish, psixologiyani 

o‗rganish kerak. 

Psixologiyaning  san‘atdagi  ahamiyatini  ham  ko‗rsatib  o‗tmoq  kerak.  Har  bir  san‘atkor 

(artist, muzikant, rassom va shunga o‗xshashlar) kishilarga – tomoshabinlarga, tinglovchilarga o‗z 

ijodi  bilan  ta‘sir  ko‗rsatishni  maqsad  qilib  qo‗yadi.  Buning  uchun  esa  odamning  qanday  idrok 

qilishini,  qanday  fikrlashini  va  qanday  his  qilishini  bilmoq  kerak.  San‘at  arbobi  obraz  yaratish 

ustida  ishlaydi,  shu  obrazning  biror  badiiy  vosita  bilan  gavdalantiradi.  Buning  uchun  san‘atkor 

obrazni  qanday  elementlardan  qay  tariqa  yaratilishini  bilishi  kerak.  U  ijodiy  faoliyat 

psixologiyasini bilishi shart.  

Psixologiyani bilish kundalik turmush uchun ham foydali. Har kim doimo boshqa kishilar 

o‗rtasida bo‗ladi, muayyan munosabatlar – tanish-bilishlik, oshna-do‗stlik va boshqa shu kabilar 

tufayli  boshqa  kishilar  bilan  aloqa  qiladi.  Har  birimizga  boshqa  kishilarning  xarakter,  havas, 

kayfiyatlarini  bilib  olishga,  kishilarning  bir-birini  ajratishga  va  ularga  ta‘sir  ko‗rsatishga  to‗g‗ri 

keladi.  Bu  yerda  shuni  aytish  kerakki,  odamzod  faoliyatining  turli  sohalarida  psixologik 

bilimlarning  amalda  qo‗llanish  psixik  hayot  hodisalari,  uni  qonuniyatlari,  haqidagi  bilimlarini 



 

35 


kengaytirish,  chuqurlashtirish  va  oydinlashtirish  uchun  ham  ko‗p  material  beradi  va  shu  bilan 

psixologiyani nazariy sohalarini boyitadi. 

Psixologiyaning  ilmiy  bilish  va  amaliy  ahamiyati  shundan  ham  ko‗rinadiki, 

psixologiyaning  tarixiy  taraqqiyotida  unda  bir  qancha  mahsus  tarmoqlar  ajralib  chiqdi. 

Psixologiyaning bu tarmoqlari hozirgi vaqtda mustaqil fanlar darajasiga ko‗tarildi.  

Psixologiyaning shu tarmoqlaridan bir qismi ko‗proq nazariy xarakterda bo‗lsa, ikkinchisi 

ko‗proq  amaliy  xarakterdadir.  Psixologiyaning  ayrim  tarmoqlari  shulardan  iborat:  umumiy 

psixologiya, yosh psixologiyasi (jumladan, bolalar psixologiyasi) pedagogik psixologiya, mehnat 

psixologiyasi,  harbiy  psixologiya,  san‘at  psixologiyasi,  sport  psixologiyasi,  sud  psixologiyasi, 

meditsina psixologiyasi, psixopotologiya. 

     Hozirgi    zamon    psixologiyasi    juda    ham    ko‗p    tarmoqli    fan    bo‗lib,    uning  tarmoqlari 

rivojlanishning  turli  bosqichida  ekanligi  va  hayotning  turli  sohalari  bilan    bog‗liqligi    bilan  

xarakterlanadi.  Bunday  sertarmok  bulgan  psixologiyani kanday  klassifikatsiya  kilmok  kerak?  

Klassifikatsiya    kilishning    eng    muxim  shartlaridan  biri  psixikaning  faoliyat  protsessida 

rivojlanishiga asoslanishdan iboratdir.  

Shunday  qilib,  psixologiyani  inson  faoliyatining  konkret  turiga  karab  klassifikatsiya  

qiladigan  bo‗lsak,  uning  bir  qancha  tarmoqlari  borligini ko‗ramiz.   


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling