Oʻzbekiston respublikasi


Fan dastur mazmunini qamrab olishi lozim


Download 370.07 Kb.
bet14/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

Fan dastur mazmunini qamrab olishi lozim
7. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………..………………………105

Annotatsiya
Kirish qismi – fanni mohiyati, maqsadi, vazifasi, o`rganish o`bekti.
Hayvonot dunyosi biosferaning tarkibiga kirib, ekologik tizim zanjirining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular tabiatda modda almashinuvi jarayonining zaruriy komponenti bo’lib, tabiiy jamoalarning faoliyat ko’rsatishini, tabiiy muhitning boshqa elementlari – tuproq unumdorligi, o’simlik qoplamining shakllanishini ta’minlaydi
Fanni o‘qitishdan maqsad – Hayvonlar ekologiyasi fani har bir tarmoq yo’nalishida muayyan maqsadga yo’naltirilgan muammolar echimini topishi zarur. Talabalarga Hayvonlar ekologiyasi fani biosferada hayvonot dunyosining o’rni, ahamiyati, hayvonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar shakllari va ulardan foydalanishning ekologik asoslarini bilish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish shu bilan birga fan bo‘yicha o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

Fanning vazifasi – Hayvonlar ekologiyasi fanining amaliy vazifasi, eng avvalo, O’zbekiston hayvonot dunyosini o’rganish, ulardan va biologik xilma-xillikni saqlash borasidagi umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy muammolarni hal etishda o’z ifodasini topadi. Chorvachilikda qishloq xo’jalik hayvonlarini sermahsul zotlarini yaratish va iqlimlashtirish, ularni turli kasalliklardan himoya qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, chorvachilik maxsulotlariga bo’lgan inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish borasidagi tadqiqotlarni kengaytirish zarur. Yovvoyi va uy hayvonlarining tabiiy biotsenozlarning ta’sirini o’rganish, biotsenozlar mahsuldorligi va barqarorligini saqlash eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
Organizm va muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni barcha biologiya fanlari ma’lum yo’nalishda talqin etsa-da, ekologiya fani esa mavjudotlarni yashash muhiti bilan bo’lgan o’zaro munosabatlari majmuida batafsil va atroflicha o’rganadi hamda tahlil etadi. Shuning uchun ham grekcha “esos” yoki “oіkos” - uy, uya, yashash joyi, “logos”- bilim, ta’limot, fan degan ma’noni beradi. Ekologiya tirik organizmlarning yashash sharoitlari, ularning o’zi yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab, keng qamrovli munosabatlarini va shu asosda vujudga kelgan qonuniyatlarni o’rganadi. «Ekologiya» tushunchasi nemis biologi E.Gekkel tomonidan fanga 1866 yilda kiritilgan va uning «Genegelle Mogrhologіe der Organіzmen» asarida ilk marta qo’llanilgan.
Ekologiya organizmlarning yashash muhiti bilan bo’lgan bevosita munosabatlarinigina o’rganib qolmay, balki mazkur munosabatlarning tarixiy shakllanishi asosida: - organizmlarning yashash muhitiga xususiy hamda tarixiy moslanishi; - tur ichidagi munosabatlar, organizmlarning ko’payishi, tarqalishi va yashash tarzi, shuningdek miqdor zichliklarining o’zgarishi; - populyatsiyalarning o’ziga xos xususiyatlari va strukturasining turli ekosistemalar ozuqa zanjiri hamda funktsiyalanishida alohida turlarning o’rnini va ahamiyatini ham o’rganadi




Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling