Oʻzbekiston respublikasi


Download 370.07 Kb.
bet61/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

15-Amaliy mashg`ulot.
Mavzu: Turning populyatsion tuzilmasi.

Tur muayyan hududda tarqalib, bir yoki bir necha populyatsiyalarni hosil qilishi mumkin. Turning tarqalish hududi arealni belgilaydi. Turning populyatsion tuzilmasi uning biologik xususiyatlari, harakatlanishi, tabiiy to’siqlarini enga olish imkoniyatini, shuningdek, arealdagi geografik va muhit omillarining xilma-xilligiga bog’liq. Tur keng hududda tarqalib turli mintaqalar bo’ylab doimiy harakatda bo’lsa, uning populyatsiyalari soni ham yuqori bo’ladi. Shimol bug’ulari va oq tulkilar keng mintaqalarda mavsumiy migratsiya qiluvchi hayvonlardan sanaladi. Oq tulkilar asosiy ko’payish joylaridan bir necha yuz, ba’zan esa minglab kilometr uzoqlashishi mumkin. Bu holat shimol bug’ulari va oq tulkilarga monand turlarning populyatsiyalari o’rtasidagi chegaralar odatda yirik geografik to’siqlar – daryolar, jarliklar, tog’lar orqali o’tadi. Ba’zida, tur jadal harakatlanish xususiyatiga ega bo’lsa, nisbatan katta bo’lmagan arealda yagona populyatsiyani hosil qilishi mumkin. Masalan, echkilar urug’iga kiruvchi Severtsov turi katta Kavkaz tog’ining g’arbida, Dog’iston turi esa shu tog’ning sharqiy qismida, har biri alohida populyatsiyalarni hosil qiladi. Ular 4 ming metr balandlikkacha ko’tariladi.


Qishda sovuq va qordan qochib, tog’ning pastrog’iga tushadi. Harakatlanish ancha sust bo’lgan hayvonlarning yashash joylariga bog’liqlik darajasi yuqori bo’ladi, ular bir necha sondagi mayda populyatsiyalarni hosil qiladi. Bu holat tarqalgan hududdagi landshaftlar xilma-xilligini ham ifodalaydi. Tog’li mintaqalarda bunday turlarning hududiy differentsiallashishi ularning fe’l-atvorlariga bog’liq holda past tekisliklardagiga nisbatan ancha murakkab bo’ladi. Masalan, qo’ng’ir ayiqlar yashash joylariga o’ta bog’langan, shuning uchun ham bir tog’ning o’zida mayda guruhlar shaklida yashaydi. Qo’ng’ir ayiqning har bir guruhi o’ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Qo’shni populyatsiyalarni ayni tur yashashi uchun noqulay bo’lgan 78 hududlar ajratib turadi. Jumladan, qora baliqning har bir buloqdagi populyatsiyasini quruqlik chegaralab turadi. Lekin, ayrim turlar keng hududlarda yoppasiga tarqalish asosida populyatsiyalarni hosil qilishi mumkin. Masalan, cho’l va chala cho’llarda yumronqoziqlarning miqdor zichliklari doimo yuqori bo’ladi, ayrim hollarda ular yashash uchun bir muncha noqulay joylarni ham mavsumiy – vaqtincha egallab oladi. Yumronqoziqlar populyatsiyalari o’rtasidagi chegaralar shartli ravishda miqdor zichliklari asosida faqlanadi. Turning yoppasiga tarqalishiga barcha biotop va mintaqalarda ko’plab uchraydigan etti nuqtali xonqizi qo’ng’izi ham misol bo’ladi. Ular qishlash oldidan ancha uzoq masofalarga migratsiya qiladi. Bunday holatda populyatsiyalar o’rtasidagi chegaralar sust farqlanadi. Bir biotop va yaqin hududlarda yashayotgan qo’ng’izlar uzoq mintaqalardagi vakillariga nisbatan ko’proq aloqada bo’ladi. Ayni vaziyatda masofada, individlar o’rtasidagi aloqani cheklab populyatsiyalararo chegarani ifodalashi mumkin.
Ba’zida bir turning o’zi aniq ifodalangan va chegaralari aniq ifodalanmagan populyatsiyalarga ega bo’ladi. Boshoqli ekinlarning havfli zararkunandalaridan biri hasvalar tuxumidan rivojlanib chiqqandan so’ng 2- 2,5 oy davomida jadal ovqatlanadi. Shundan so’ng ular qishlash uchun ixota daraxtzorlari yoki tog’ oldi o’romonzorlari tomon yuzlab, ayrim hollarda esa minglab kilometr masofaga uchib ketadi, daraxt va butalar ostidagi shoxshabba to’kilgan barglar orasida bahorga qadar tinim davrida bo’ladi. Hasvalarning masofa bo’ylab uchish uzoqligi tanasiga yig’ilgan yog’ zahirasiga bog’liq. Natijada qishlash joylarida turli hududlardan uchib kelgan qandalalar bo’lishi mumkin. Qishlab chiqqan qandalalar bahorda shamol yo’nalishiga monand tarqaladi va kelgan manzillariga qaytishi shart emas. Shu asosda keng hududlar bo’ylab hasvalarning doimiy aloqasi va almashinishi ro’y beradi. Bu holat populyatsiyalarni aniq chegaralanishiga to’sqinlik qiladi. Hasvalar ayrim tog’ oldi hududlarida muqim yashaydi va aniq chegaralangan populyatsiyalarni hosil qiladi. Populyatsiyalar o’rtasida individlar almashinuvi doimiy yoki vaqti-vaqti bilan sodir bo’lishi mumkin. Quzg’unlar mavsumiy ko’chish davrida galadagi yosh quzg’unlarning bir qismi shu joyning o’zida qolib muqim yashayotgan vakillari bilan yangi juftliklarni shakllantiradi.
Qo’shni suv havzalaridagi 79 baliqlar o’rtasidagi individlar almashinuvi juda kam ro’y beradi. Bahorgi suv toshqinlari tufayli baliqlar o’zi yashab turgan joydan ikkinchisi yashab turgan joyga o’tishi mumkin. Populyatsiyalar o’rtasidagi aloqalar turni yagona birlik sifatida barqaror mavjud bo’lishini ta’minlaydi. Aksincha, populyatsiyalarni bir-biridan keskin chegaralanishi yangi turlarning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Populyatsiyalar o’rtasidagi farqlar faqat miqdoriy ko’rsatkichga asoslanmay, ulardagi morfologik, fiziologik va fe’l-atvor belgilarini o’zida ifodalashi mumkin. Populyatsiyalar o’rtasidagi farqlarning barchasi tabiiy tanlanishning mahsuli sifatida yuzalanadi. Qozog’istonda dala sichqonlari tog’ daryolari va suv yo’llari bo’ylab yashashga moslashgan, uning past tekislikdagi vakillari yopiq suv havzalarining zich qamishzor va to’g’ayzorlarida hayot kechiradi. Tog’da tarqalgan sichqonlar kurak tishlarining o’tkirligi, dumining kaltaligi bilan ajralib turadi. Past tekisliklardagidan farqliroq ular qishga ozuqa yig’adi va bir yilda 6-7 oy davomida ko’payadi. Past tekisliklarda esa dala sichqonlari yil davomida ko’payadi, har bir urg’ochi tog’dagilarga nisbatan 1-2 ta ko’p bola berishi mumkin.
N.P.Naumov ta’rifiga ko’ra, tur – bir-biriga bosqichma-bosqich bo’ysinuvchi ierarxik tizimdagi populyatsiyalar majmui. Eng yuqori bosqichda turning kenja turlari yoki geografik farqlari turadi. Kenja turlarning tarqalish kengligi turning biologik xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Faol harakatlanuvchi turlar va kenja turlarning areallari juda keng bo’lishi mumkin. Ayni mintaqaning geografik shart-sharoitlari yaqin bo’lgan hududlarini geografik populyatsiyalari egallaydi. Geografik populyatsiyalar, o’z navbatida, ayrim joylarni egallovchi ekologik, biotopik, mahalliy, elementar populyatsiyalardan tashkil topadi. Quyi bosqichga tomon populyatsiyalar o’rtasidagi munosabatlar kuchayib, ular o’rtasida farqlar kamayib boradi. Yuqoriga tomon populyatsiyalararo munosabatlar chegaralanib, kenja tur doirasidagi morfologik, fiziologik farqlar va o’ziga xos fe’l-atvor belgilari barqarorlashib boradi.



Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling