Oʻzbekiston respublikasi


Download 370.07 Kb.
bet58/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

12-Amaliy mashg`ulot.
Mavzu: Tuproqning muhit sifatida ahamiyati.
Tuproq muhiti mirofauna va megafauna ekologik guruhlarga ajratiladi. Mikrofauna (0,002-0,2mm) vakillari – xivchinlilar, soxta oyoqlilar, infuzoriyalar, kolovratkalar, nematodalar uchun tuproq mikro suv havza vazifasini bajaradi. Mikrofaunaning barchasi suv hayvonlari hisoblanadi. Tuproqda bu jonivorlar suv bilan to’lgan tuproq bo’shliqlarida hayot kechiradi. Mikrofaunaning qator vakillari ochiq suv havzalarida ham tarqalgan. Tuproqda yashovchilarning o’lchamlari chuchuk suvdagilarga nisbatan bir muncha mayda bo’ladi. Shuningdek, ular uzoq muddatli tinim davrida bo’lishi mumkin. 5-rasm. Tuproq mikrofaunasi Havodan nafas oluvchi yirikroq hayvonlar uchun tuproq bo’shliqlari “g’or” vazifasini bajaradi. Tuproq “g’or” larida o’lchamli 0,2-3 mm bo’lgan mezofauna vakillari uchraydi. Kanalar, birlamchi qanotsiz hasharotlar, qanotli hasharotlarning mayda vakillari, ko’poyoqlilar, simfillalar va boshqalar 59 mezofaunaga mansub organizmlar.
Ular tuproq bo’shliqlari bo’ylab o’rmalab yoki chuvalchangsimon harakatlanib hayot kechiradi va tanasi orqali havoga to’yingan suv bug’lari vositasida nafas oladi. Mezofauna vakillarining ko’pchiligida traxeyalar tizimi yo’q. Shu sababdan ular suvsizlikka chidamsiz. Namlik kamayishi bilan ular tuproqning chuqurroq qatlamlariga siljib yashash joylarini o’zgartiradi. 6-rasm. Tuproq mezofaunasi Mezofaunaning yirikroq vakillari tanasi qattiq xitin qobig’i yoki tangachalar bilan himoyalangan bo’lib, noqulay sharoitdan saqlaydi. Mikro va mezofauna vakillari tuproqning muzlashiga bardoshli bo’ladi. Tana o’lchami 2-20 mm bo’lgan hayvonlar makrofauna ekologik guruhini tashkil etadi. Hasharotlar lichinkalari, ko’poyoqlilar, yomg’ir chuvalchanglari uchun tuproq zich muhit bo’lib, ularning harakatlanishiga mexanik jihatdan qarshilik qiladi. Shuning uchun ular tuproqning surib yoki o’ziga yo’l ochib harakatlanadi. Ular tanasining ko’ndalang kesimi nisbatan kichik, oson egilish va bukilish xususiyatiga ega. Tuproq zarrachalarini bunday hayvonlar tanasining bosimi yordamida surib qo’yishi mumkin. Bosh va dum qismlari suyrilashgan, tanasi orqali cho’zilish xususiyatiga ega. Makrofauna vakillari maxsus nafas olish organlari orqali yoki butun tanasi bo’ylab nafas oladi. Noqulay sharoitda va qish mavsumida ular tuproqning chuqur qatlamlariga yig’ilib himoyalanadi. 60 7-rasm.
Tuproq makrofaunasi Tuproqni kavlab hayot kechirishga ixtisoslashgan ko’rsichqonlar, krotsimon ko’rsichqonlar, krotlar, so’qir sichqonlar, tillarang krotlar, xaltali krotlar va boshqalar megafaunaning vakillari hisoblanadi. Ularning butun hayoti er ostida o’tadi. Gavdasining tuzilishi ham er ostida hayot kechirishga, er qazib, er osti yo’llarini yasashga moslashgan. Barchasining gavdasi o’qloqsimon, bo’yinlari kalta muloyim junlari kalta va qalin bo’lib, tuproq va namni o’tkazmaydi. Oyoqlari qisqa va kuraksimon shaklda bo’lib, erni kavlashga yaxshi moslashgan. Ko’zlari rivojlanmagan kichik o’lchamda, osilgan qovoqlari ularni ustidan yopib turadi. Megofaunaning boshqa vakillaridan farqliroq ko’r sichqonlar kurak tishlari yordamida erni kavlab murakkab, er osti yo’llarini yasaydi. 8-rasm. Tuproq megafunasi Janubiy yarim shar tropik o’rmonlarida yashaydigan yirik 2,5 – 3 metr 61 uzunlikdagi oligaxet chuvalchanglari ham megafauna tarkibiga kiradi. Tuproqda, yuqorida ko’rib o’tilgan ekologik guruhlardan tashqari uya (in) qurib yashovchi hayvonlar guruhi ham farqlanadi. Jumladan, yumronqoziqlar, sug’urlar, qo’shoyoqlar, bo’rsiqlar, quyonlar va boshqalar tuproq ostida ko’payadi, dushmanlardan himoyalanadi, qishlaydi va qisqa muddatli dam oladi. Ular o’zlarining er kovlashga moslashgan oyoqlarini yaxshi rivojlanganligi, bosh qismining kichik o’lchamliligi, o’ziga xos gavda tuzilishi va boshqa moslanishlari bilan ajralib turadi. Umuman, tuproq ekologik muhit sifatida hayvonlar evolyutsiyasida alohida ahamiyatga ega bo’ladi. O’zining tarixiy taraqqiyoti ko’pchilik bo’g’imoyoqlilar quruqlikka suv – tuproq – quruqlik yo’nalishi bo’ylab chiqqanligi ma’lum.



Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling