Oʻzbekiston respublikasi


Download 370.07 Kb.
bet56/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

10-Amaliy mashg`ulot.
Mavzu: Dunyo okeanining turli ekologik zonalaridagi hayvonlar.
Okeanlar ekologik shart-sharoitlari bilan farqlanuvchi bir necha 48 zonalardan tashkil topgan (4-rasm). Suvning yuza qatlami pelagial zona deb nomlanadi, tubi esa bental zonani tashkil etadi. Chuqurligiga qarab bental zonasi quruqlikning 200 metrga qadar pasayib borishi qismi – sublitoral, keskin chuqurlashish zonasida jadallashgan abissal zonalarga ajraladi. Okean suvining eng chuqur qatlami ultraabiassal zona hisoblanadi. Litoral zona suv to’lqini ko’tarilganda suv bilan ta’minlanib turadi. Uning yuqorisida supralitoral zona joylashgan va bu zona to’lqin qirg’oqqa urilganda, sachragan suv zarrachalari hisobiga namlanib turadi. Okeanning har bir zonasida yashovchi hayvonlar o’ziga xos ekologik guruhlarni tashkil etadi. Jumladan, pelagial zonada pelagoslar tarqalgan, suvning yuzasida planktonlar bo’lsa, bental qatlamida bentos hayvonlar hayot kechiradi. Pelagoslar qish mavsumida qo’shimcha yorug’lik berilsa, u muddatidan oldin ko’payishi mumkin. Plankton (lot. Planktos – sayr qiluvchi) – suv qatlamida yashab, suv oqimi bilan harakatlanuvchi organizmlar majmui. Plankton tarkibiga o’simliklar (fitoplankton), bakteriyalar (bakterioplankton), hayvonlar (zooplankton) kiradi. Ko’l planktoni limnoplankton, daryo planktoni potamoplankton deb ataladi. Fitoplankton suvning fotosintez qilish uchun zarur yuqori (50-100 m gacha) qatlamida, bakterio- va zooplankton suvning barcha qatlamida uchraydi. Dengiz fitoplaktoni, asosan, diatom suvo’tlar, peridiniyalar, kolitoforid xivchinlilardan, chuchuk suv fitoplaktoni diatom, ko’k yashil va ayrim yashil suvo’tlardan iborat.
Chuchuk suv zooplanktonida kurakoyokli va shoxdor mo’ylovli qisqichbaqasimonlar, og’izaylangichlar, bir hujayralilar; dengiz zooplanktonida har xil qisqichbaqasimonlar, bir hujayralilar, bo’shliqichlilar, taroqlilar, baliqlar tuxumi va linchinkasi, umurtqasiz hayvonlar lichinkasi ko’p bo’ladi. O’lchamiga binoan, plankton nannoplakton (bakteriyalar, juda mayda suvo’tlar), mikroplankton (suvo’tlar, bir hujayrali hayvonlar, og’izaylangichlar, har xil lichinkalar), mezoplankton (o’lchami 1 sm gacha bo’lgan qisqichbaqasimonlar va bentos hayvonlar), makroplanktonlar (o’lchami 1 sm dan bir necha sm gacha bo’lgan mizidlar, krevetkalar, meduzalar), 49 megaplankton (yirik hayvonlar, mas, qutb meduzasi - diametri 2 m gacha; zuxro kamari uz. 1,5 m gacha) ajratiladi. Ko’pchilik plankton organizmlarda suvda qalqib yurish uchun gavda nisbiy og’irligini kamaytiruvchi (havo pufaklari, yog’ kiritmalari, g’ovak va liqildoq tana), gavda yuzasini kengaytiruvchi (gavdaning yassi bo’lishi, turli xil o’simtalar) moslanishlar paydo bo’lgan. Okean fitoplanktoni umumiy massasi (550 mlrd. tonna) zooplanktonga nisbatan 10 marta ko’proq.
Fitoplankton zooplankton uchun oziq, suv havzalaridagi oziq zanjirining asosini tashkil etadi. Litoral (yun. lithoralis – qirg’oqqa tegishli) - dengiz sohilining suv bosib turadigan suv ko’tarilish-qaytish zonasi. Mo’’tadil iqlim litoralida bir kechakunduz va yil davomida xarorat, suvning sho’rlanishi ancha o’zgarib turadi. Shu sababdan litoralda keng miqyosda moslanish xususiyatiga ega bo’lgan evribiont turlar: suvo’tlar (asosan, fukussimonlar, diatom suvo’tlar), qisqichbaqasimonlar (balanuslar, yonlab suzarlar), aktiniyalar, korall poliplar, mollyuskalar (midiya, littorina va Bentos) va Bentos organizmlar yashaydi. Qishda litoral muzlab qolishi mumkin, shuning uchun ayrim organizmlar sublitoralga ko’chib o’tadi, boshqalari o’zining faol hayotiy xususiyatlarini saqlab qoladi. Mo’’tadil iqlimda 1 m2 sovuq litoralda 5-10 kg biomassa hosil bo’ladi. Arktika yoki Antarktida ta’sirida litoralda deyarli hayot bo’lmaydi. Chuchuk suvli ko’llarda litoral 5-7 m chuqurlikkacha hayotga eng boy zona hisoblanadi. Nekton (grekcha "nektos" – suzib yuruvchi) – erkin suzuvchi va aralashib yuruvchi organizmlar. Bu baliqlar, amfibiyalar, hasharotlar. Bentos (yun. Benthos - chuqurlik) - dengiz va chuchuk suv havzalari tubidagi balchikda va uning ustida yashaydigan organizmlar.
Bentos o’simliklar (fitobentos) va hayvonlar (zoobentos) bentosiga ajratiladi. Zoobentos o’z navbatida loyqada yashaydigan hayvonlar - infauna (ko’p tuklilar, ikki pallali mollyuskalar, exiuridlar, sipunkulidlar, ayrim ignaterililar va boshq)ga, loyqa ustida o’rmalab yuruvchilar - onfauna (ko’p tuklilar, mollyuskalar, ignaterililar, qisqichbaqasimonlar), substratga yopishib 50 yashovchilar - epifauna (g’ovaktanlilar, gidroidlar, aktiniyalar, korallar, mshankalar, ayrim ikkipallalilar) suv tubi yaqinida suzib yuradigan, ba’zan suv tubiga tushib turadigan nektobentos (krevetkalar, mizidlar, ayrim goloturiyalar, suv tubi baliqlari va bentos)ga ajratiladi. Tanasining o’lchami bo’yicha bentos makrobentos (5 – 10 mm va undan yirikroq organizmlar), mezobentos (0.5 mm dan 10 mm gacha) va mikrobentosga (0.5 mm dan kichik) bo’linadi. Dengizning sayoz qismida fitobentos asosan makrofitlar (suv o’tlari)dan, chuqur qismida esa hayvonlar va bakteriyalardan iborat. Dengizlarda bentos biomassasi chuqurlik ortishi bilan kamayib boradi. Dengiz tubining 8% ni tashkil etadigan sohil bo’yi suvlari (chuq. 200 m gacha) biomassasiga dengiz biomassasining 60%, aksincha suv tubining 3G’4 qismiga teng bo’lgan abissal qismiga 10% biomassa to’g’ri keladi.
Okean bentos yalpi biomassasi 10-12 mlrd. t ga teng. Chuchuk suvlarda bentos son va turlar jihatidan nisbatan xilma-xil bo’lmaydi. Zoobentos tarkibiga har xil umurtqasiz hayvonlar, fitobentosga suv o’tlari va gulli o’simliklar kiradi. Bentos ko’pchilik baliqlar va bentos hayvonlar uchun oziq hisoblanadi. Qushlarning juda ko’pchiligi tirikligini, asosan, kunduzi o’tkazadigan hayvonlar bo’lib, kun botishi bilan tinadi. Qushlar hayotidagi mavsumiylik ularning safar uchishlari bilan bog’liq. Masalan, qaldirg’ochlar qishlashi uchun Janubiy Afrikaga uchib boradi. Qushlar safar uchishlarida Quyoshga, Oy va yulduzlarga qarab mo’ljal oladi. Bunda ular galalar yoki yakka-yakka holda uchadilar. Qushlarning kelibketishi tug’ma instinktiv hodisa. Masalan, kakku qushlarning voyaga etgan bolalari ota-onalaridan oldin uchib ketadi va etar manzilini aniq mo’ljalga oladi. Chumolining tundagi harakatida Oy yoritgich va mo’ljal sifatida ahamiyatga ega. Hozir faqat Quyosh, Oy, yulduzlar emas, Erning magnit maydoniga qarab mo’ljal olish ilmiy tomondan asoslandi. Dengiz va okean suvlari tagida yashaydigan ko’pchilik mavjudotlar, quruqlikda yashaydigan hasharotlar o’zlaridan nur taratish xususiyatiga ega. Bu hodisa biolyuminestsentsiya deb ataladi. Bunday xususiyat bakteriyalardan 51 tortib baliqlargacha kuzatiladi. Hayvonlarning o’lja topishida, himoyalanishi va ko’payishida biolyuminestsentsiyaning ahamiyati beqiyos.

Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling