Oʻzbekiston respublikasi


Download 370.07 Kb.
bet57/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

11-Amaliy mashg`ulot.
Mavzu: Suv muhitidagi hayot.
Suv muhiti yuqori darajadagi zichligi, bosimning keskin o’zgarishi, kislorodning kamligi, quyosh nurining jadal yutilishi va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi. Suv havzalarining har bir joyi o’ziga xos tuz va zarrachalar tarkibi, oqim kuchiga ega. Suv tubida yashovchi organizmlar uchun esa tuproqning xossalari, undagi organik qoldiq ulushi muhim ahamiyatga ega. Hayvonlar suv muhitining umumiy xususiyatlaridan tashqari undagi xususiy omillarga ham moslanishlari zarur. Suv muhitida yashovchi barcha organizmlar gidrobiontlar deb nomlanadi. Suvning yuza qatlamida yashovchi organizmlar esa planktonlar va tubida yashovchilar bentoslar ekologik guruhlarini tashkil etadi. Mazkur ekologik guruh vakillari dunyo okeanida, dengizlarda, ko’llarda, ichki suv havzalarida va er osti suvlarida tarqalgan. Suv muhiti hayotini belgilovchi omillardan eng muhimi suvning bosimidir. Chuqurlikning ortishi bilan bosim kuchi ortib boradi. Masalan, har 10 m chuqurlikda bosim kuchi 1 atmosferaga ortadi. Suv muhitidagi bosim kuchining o’zgaruvchanligi tufayli aksariyat gidrobiontlar evribiontlardir. Ular ayrim bir necha atmosferadan yuz atmosferaga qadar bo’lgan bosim sharoitida yashashga moslashgan. Jumladan, Elpidia goloturiyalari, Priapulus caudatus chuvalchanglari okeanlarning qirg’oqlaridan ultra abissal zonalariga qadar uchrashi mumkin. Chuchuk suvlarda yashovchi infuzoriya tufelkalari, suvoykalar ham tajribada 600 atmosfera sharoitiga bardosh bergan. Lekin gidrobiontlarning ko’pchiligi stenobatlar sifatida dengiz va okeanlarning ma’lum chuqurliklaridagina yashashga moslashgan. Masalan, ayrim baliqlar, bosh oyoqli mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, pogonoforalar, dengiz yulduzlari suvning chuqur qatlamlarida 400-500 atmosferadan kam bo’lmagan sharoitda yashaydi.
Umuman, stenobatlar kichik suv havzalarida va suvning chuqur qatlamlarida uchraydi. Suv muhitidagi zichlikning yuqoriligi gidrobiontlar uchun tayanch ahamiyatiga ega. Shuning uchun ham ko’pchilik hayvonlar suvning yuza qatlamida nisbatan past bosimda, doimiy harorat va etarli yorug’lik sharoitida yashaydi. Bentoslar esa yuqori bosimga, past haroratga va doimiy 52 qorong’ulikka moslashgan hayvonlardir. Pelagial hayvonlar. Pelagial qatlam vertikal yo’nalish bo’yicha farqlanuvchi epipelagial, batipelagial va abiss pelagial zonalarga farqlanadi. Quyosh nuri epipelagialning quyi chegarasiga qarab etib boradi, mazkur zonadan keyingi chuqurliklarda yashil o’simliklar uchramaydi.
Dunyo okeanining ekologik zonalari Yuqorida ta’kidlangan ekologik zonalar faqatgina okeanlar uchungina xos bo’lmay, boshqa suv havzalarida ham qayd etilgan.



Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling