Oʻzbekiston respublikasi


Download 370.07 Kb.
bet53/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

8-Amaliy mashg`ulot.
Mavzu: Organizmlarda moslanishlar paydo bo‘lishi.

Organizmning tuzilishi va funksiyalarining maqsadga muvofiqligi uning faqat konkret tashqi muhit bilan munosabatlarida ifodalanadi. Xar qanday moslanish u evolyusiyani harakatlantiruvchi kuchlar ta’sirida qanday sharoitda yuzaga kelgan bo‘lsa, xuddi shunday sharoitdagina organizmlar omon qolib, yashab ketishi uchun imkon beradi. Lekin bunday sharoitda ham u nisbiy bo‘ladi. Oftob charaqlab turgan qish kunida oq kaklik qorga tushgan soyasi bilan o‘zini sezdirib qo‘yadi. O‘rmonda qorda ko‘zga chalinmaydigan oq quyon daraxtlar tanasining qora fonida ko‘rinadigan bo‘lib qoladi. Hayvonlardagi instinktlarni kuzatish bir qancha hollarda ular nisbiy ekanligini ko‘rsatadi. Tungi kapalaklar, garchi nobud bo‘lsa ham, o‘zini olovga uradi. Ularni instinkt olovga jalb qiladi: ular asosan tunda yaxshi sezilib turadigan ochiq rangli gullardan nektar yig‘adi. Organning tor doirada ixtisoslashganligi organizmning halokatiga sabab bo‘lishi mumkin. Uzun qanot qaldirg‘och tekis joydan ko‘tarilib, uchib keta olmaydi, chunki uning qanotlari uzun va oyoklari juda kalta bo‘ladi. U biror narsaning chetidan, xuddi tramplindan sakragandek sakrasagina, uchib keta oladi. O‘simliklarning xayvonlarga yem bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan moslanishlari nisbiydir Tikanaklar bilan ximoyalangan o‘simliklarni, odatda, mollar chetlab o‘tadi, ammo yantoqni tuya, echkilar, och qolgan qoramollar xush ko‘rib yeydi. Xar xil turlarga mansub organizmlarning, masalan, suvo‘t bilan zamburug‘ning lishaynikda birga yashashi-simbiozning foydasi ham nisbiydir. Ba’zan lishaynikning zamburug‘ iplari o‘zi bilan birga yashaydigan suvo‘tlarni nobud qiladi. Organizmlarda foydasiz organ va belgilar uchraydi, masalan, otlarning grifel suyaklari, hech qachon suvga tushmaydigan tog‘ g‘ozlarining barmoqlari orasidagi pardalar, maymun va odamda bo‘ladigan uchinchi qovoq qoldiqlari shular jumlasidandir. Mana shu va boshqa ko‘pgina faktlar moslanishlar mutlaq bo‘lmay, nisbiy ekanligini ko‘rsatadi.



Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling