KURS LOYIHASINING HAJMI, TUZILISHI VA ISHLANISH
QOIDALARI.
Kurs loyihasi hisobot varaqasi 25 – 30 bet qo’lyozma (A4) va grafik qismdan 2 ta (A1) (594 x 841) formatdan iborat bo’lishi kerak.
Yozma tushintirish xati
Yozma tushintirish xati quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Kurs loyihasi topshirig’i
Mundarija
Kirish (1-2 bet)
Foydali qazilma konining kon – geologik sharoitlari va texnologik parametrlari tahlili (2-3 bet)
Kon ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyasi tahlili (2-4 bet)
Burg’ilash, qazish-yuklash va yordamchi kon uskunalarini tanlashni asoslash (5-10 bet)
Burg’ilash, qazish-yuklash va yordamchi uskunalarning ekspluatatsion ko’rsatkichlarini hisoblash (10-12 bet)
Maxsus qism (10-12 bet)
Texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlarning hisoblash (10-12 bet)
Xulosa ( 1-2 bet)
Foydalanilgan adabiyot va manbalar.
Kirish qismida konchilik korxonalarining zamonaviy vazifalari, zamonaviy mexanizatsiyalashganlik darajasi va ishlab chiqrish jarayonining avtomatizatsiyasi, kon – texnikasi va texnologiyasining yo’nalishi berilgan bo’lishi kerak.
Foydali qazilma joylashgan joyning kon – texnik ko’rsatkichlariga kon massasining fizik – mexanik xususiyatlari, foydali va qoplama tog’ jinslarining yotish sharoiti, kon ishlarining texnologiyasi va uning parametrlari, mexanizatsiyalarning ishga ta’siri kiradi.
Ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalarining hisoblash ishlarida burg’ilash, qazish va yordamchi ishlardagi qurilmalarning ekspluatatsiyasi va ishlashi, ulardan foydalanishning effektini (samaradorligini) oshirishga qaratilgan texnik yechimlar mavjud bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |