O`zbekiston respublikasi
XIV-XVI ASRLAR ADABIY TILIDA
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
XIV-XVI ASRLAR ADABIY TILIDA
ARABCHA, FORSCHA SO`ZLAR Akademik V.Radlov eski o`zbek tili, chig`atoy tili, usmonli turk tili kabi turkiy, arab va fors elementlarining aralashuvidan hosil bo`lgan su`niy bir til degan fikrni ilgari suradi. Ma`lumki bunday elementlarning shu davr adabiy tilida mavjud bo`lishi turli tarixiy 101 sharoitlar bilan bog`liqdir. Albatta, bunga sabab fors-tojik adabiyoti bilan o`zbek adabiyotining yaqinligi buldi. SHu tufayli XIV asrning 2-yarmi va XV asrdan boshlab qadimgi turkiy so`zlar zamona talablariga muvofiq arabcha va forscha so`zlar bilan almashtiriladi. Bundan tabiiy ko`pchilikni diniy-ilohiy tushunchalar ifodasi bo`lgan so`zlar tashkil qiladi: idi-ega, xudo, alla, taolo; uchmaq-jannat, behisht, tamug-do`zax kabilar. Qadimgi turkiy so`zlarnimg arabcha-forscha so`zlar bilan almashtirilishi diniy tushunchalar doirasida emas, balki hayotiy so`zlar doirasida ham yuz bergan: baliq- shahar, asig-fāyda, achun-dunyo, irin-lab va h.o. O`zbek tili o`zining shakllanishi va rivojlanishi protsessida qadim zamonlardan buyon O`zbekiston tarixi bilan taqdir bog`lab kelgan ko`pgina tillar bilan munosabatda bo`lib keldi. SHu protsessda aloqador tillardan zaruriy so`z va iboralar o`zbek tilining lug`at sostaviga kelib qo`shildi. O`rta Osiyoning va O`zbekistonning sho`rolar tuzumi davrigacha qabul qilingan so`zlarning asosiy qismini arab, fors-tojik tilidan olingan so`zlar tashkil qiladi. Bu so`z va iboralar hamda ular bilan bog`liq holda kirib kelgan ayrim grammatik formalar zamonlar o`tishi bilan o`zbek tilining tub elementlari qatoriga o`tib keggandir. Arab va fors tillarining ta`sir doirasi ayniqsa XV asrda kuchaydi. Ma`lumki, o`zbeklar o`ratasida feodal munosabatlarning rivojlanib borishi va u bilan bog`liq bo`lgan moddiy va ma`naviy hayotning rivojlanib borishi arabcha va forscha so`z, iboralarning tilga kirib kelishi uchun keng yo`l ochib berdi. Tojik va o`zbek adabiyotining o`zaro yaqinlik munosabati o`zbek tilidagi badiiy adabiyotning misli ko`rinmagan darajada rivoj topishi, o`zbek klassik adabiyotining tug`ilishi va taraqqiy etishi bilan arabcha va forscha so`zlar o`zbek tilida keng va chukur ildiz yoyib keldi. O`zbek adabiy tilida bu hol XIV asrdan boshlab XU-XU1 asrlarda ochiqroq ko`rindi. Xuddi shu davrga kelib forsiy tili deb atalgan eski tojik adabiy tili va adabiyoti o`zbek savodxonlari orasida keng tarqaldi, shuhrat qozondi. Bu hol o`zbek adabiyotiga ta`sir qilmasdan qolmadi. Arab tilining poetik elementlari ham o`zbek tiliga tojik tili orqali kirib keldi. O`zbek tilida yozilgan yodgorliklarning syujet va janriga qarab ularning lug`at sostavi har xil bo`lgan. Ba`zi yodgorliklar tilida arabcha va tojikcha so`zlar 95 foiz va undan ortiq edi. Lekin ular grammatik struktura jihatidan shubhasiz o`zbek tilining qonuniyatlariga bo`ysinar 102 edi. SHuning uchun ham ularni o`zbek tili yodgorligi deb yuritiladi. Bunday hodisani poetik asarlar tilida uchratish mumkin. Masalan Navoiyning; Harārat jonima ul ātashin la`l āhgarindindur Aңa taskin ham iz ravzasiniң kavsarindindur Sachiңniң tiyra shāmidan yүzүң subhida yol tapmaq Bināgo`shuң dag`i durri tabafro`z axtarindindur. Taxurā bādasi derlәr erur jānbaxshu ruqafzā Magarkim chachini ul mayg`a la`liң sag`arindindur. YUqoridagi uch baytda 33 ta so`z formasi qatnashgan bo`lib, shundan 9 tasigina turkiy (o`zbekcha) kolganlari esa arabcha-forscha so`zlardir. Atoyidan olingan quyidagi 2 baytda esa so`zlarning deyarli barchasi arabcha-forschadir. Dilrabā la`liң sharābi āb kavsardin latif Qāmating naqli dag`i sarvu sanubardin latif Sarhai xusnung qashida munfail avrāqi gul Nuqtai xāliң abiri mushki anbardin latif. Bunda faqat dag`i, qosh, xol so`zlarigina o`zbekchadir. SHu davrda ijod etgan o`zbek shoirlarining ba`zi asarlari tili ham yuqoridagidan qolishmaydi. Hatto o`zbek tilining himoyachisi sifatida nom chiqargan Navoiy ham arab, fors-tojik so`z - iboralarni ma`lum sabab va sharoitlarga ko`ra ko`p ishlatgandir. SHu davr adabiy tilida arab, fors-tojik so`z va iboralarning haddan tashqari ko`p ishlatib yuborilganligi o`zbek tilining kambag`al vav ma`lum tushunchalarni ifodalay olish imkoniyatiga ega bo`lmagan til ekanligani bildirmaydi. O`zbek tili arab va fors-tojik tillaridek murakkab tushunchalarni ifoda qilish imkoniyatiga ega bo`lgan tillardan bo`lgan. Lekin bu til zamonasiga ko`ra 103 adabiy-badiiy jihatdan, ilmiy terminologiya jihatdan ishlanmagan edi. Ma`lum tushunchalarni ifoda qiluvchi so`z va ifodalar o`zbek tilida mavjud bo`lishiga qaramasdan xorijiy tillardan so`z va iboralar, ilmiy tushunchalarni bildiruvchi terminlar qabul qilingan. Buning o`ziga yarasha tarixiy sabablari mavjud. Ma`lumki, arab tili asrlar mobaynida faqat islom dinining tili bo`lib qolmasdan, balki musulmon sharqida fan xamda madaniyat bilan ham bo`lgan. Arab tilida asrlar mobaynida ishlangan va ilmiy jihatdan silliqlangan tayyor terminlardan o`zbek shoirlari va madaniyat arboblari foydalanganlar. Arabcha ilmiy termin, so`z-iboralarni o`zbek tilida yozilgan ilmiy, falsafiy, tarixiy, adabiy-badiiy asarlar tilida keng qo`llanilgan. SHu so`z va terminlardan Navoiy ham keng foydalangan. Navoiyning ko`pchilik asarlar nomi ham arabcha berilgan. Buning o`ziga xos sababi bor. Birinchidan, Navoiy tomonidan mavjud traditsiyaning saqlanishi bo`lsa, 2-si o`zbek tilida yaratilgan asarlariga ko`pchilik diqqatini jalb etish bilan bog`liq. O`zbek tilining murakkab tushunchalarni ifoda qila olish qudratiga ega ekanligi Navoiyning «Muhokamat-ul-lug`atayn asarida keng isbotlab berilgan. YOzuv yodgorliklarida fors-tojik va arab tillari madaniyati merosiga yondashish va ulardan foydalanish printsiplari turlicha bo`lgan. Bu printsiplar shoir va yozuvchilarning ijtimoiy hayot taraqqiyotidagi tutgan o`rni va yo`llariga qarab hamda asarlarining janr va uslublariga qarab har xil shaklga ega bo`lgan. SHoir va yozuvchilar asarlarida arab va fors so`zlarini o`rinsiz ishlatgan o`rinlari va g`oyat darajada ajnabiy til elementlariga mehr qo`yib yuborgan o`rinlar ham uchraydi. Bunday hol ayniqsa diniy asarlar uchun xarakterlidir. Progressiv adiblar arab va fors tillari merosidan har doim ijodiy foydalanish uchun intilganlar. SHu xildagi intilishlar o`zbek adabiy tilining boyib, mukammallashib kelishi uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan. O`zbek adabiy tili o`zining shakllanish va rivojlanish protsessida arab va fors-tojik tillaridan qanchalik ko`plab so`z va iboralar olib kelgan bo`lmasin, lekin u shu bilan birga o`zining tub xususiyatini yo`qotib yubormadi, balki o`zining grammatik strukturasini va asosiy lug`at fondini saqlash bilan birga asrlar davomida tarixiy bog`liq holda va izchillikda taraqqiy etib keldi. Progressiv shoirlar va yozuvchilar hamda umuman madaniyat arboblarining ulkan tarixiy xizmatlari tufayli boshqa tillar 104 adabiy merosidan ijodiy foydalanib, ulardan olingan namunalar tufayli uzluksiz boyib, rivojlanib keldi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling