O`zbekiston respublikasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72
Bog'liq
til tarixi

 
9 - MAVZU 
XVII-XIX ASRLARDA ADABIY TIL 
Reja: 
1. XVII-XIX asrlardagi ijtimoiy siyosiy ahvol. 
2 XVII-XIX asrlarda   yaratilgan   adabiy   manbalarda   Alisher      Navoiy 
a`anasining davom etirilishi. 
3. Bu davrning dialektal murakkabligi. 
4. Bu davr adabiy tilining demokratlashuvi. 
5. Ijodkorlar asarlarining til xususiyatlari. 


 
105 
O`zaro  feodal  urushlar,  Buxoro  va  Xeva  xonliklarining  eron  davlati  bilan 
urushga mamlakatda iqtisodiy va madaniy tushkunlikni yanada keskinlashtirar edi. 
SHuning  uchun  ham  bu  davrda  ijod  etgan  shoir  va  yozuvchilarning  asarlarida 
mehnatkash  ommaning  jabr  ko`rishlari  o`zining  aksini  topgan  edi.  Bu  davr  shunisi 
bilan xarakterliki, unda badiiy stilda hajviya stili keng qo`llanishda bo`ldi. 
Bu  davrning  adabiy  tili  mahalliy  shevalarga  tayangan  holda  rivojlandi. 
XVII-XIX  asrlardagi  o`zbek  adabiy  tilini  o`rganishda  o`sha  davrda  yaratilgan  tarix 
asarlari, tazkiralar, shoirlarning ijodlari asosiy manbaa bo`ladi. 
Iqtisodiy va madaniy hayotdagi tushkunlikka qaramasdan XII-X1X asrlarda 
qator tarix, geografiya, falsafa, til, adabiyot va boshqa sohalarga doir asarlar yaratildi. 
Bular orasida Said Muhammad Toxir bin Abulqosimning «Ajoyib-ut-taqobat» nomli 
geografik  asari,  Abulqosim  bin  Sa`dulla  al-Xusaynning  «Natoyij-ul-fikr»  tarixiy 
kitobi,  Abulg`ozi  Bahodirxonning  «SHajarai  turk»,  «SHajarai  Tarokima», 
Muxammad  YAroqchining  «Muhit-ut-tavorix»,  SHermuhammad  Ubaydiyning 
«Ubaydullanoma»,  Munisning  «Firdavs-ul-iqbol»,  Muhammad  Xokisorning 
«Muntaxab-al-lug`at»,  M.Mehdixonning  «Sangloq  «  asarlari  yuzaga  keldiki, 
bularning  hammasi  o`zbek  tilidagi  adabiy  harakatchilikning  davom  etib  kelganligini 
ko`rsatadi. 
XVII-XIX  asrlar  abdiy  tilini  o`rganishda  mazkur  davrlarda  yashab  ijod 
etgan  shoirlar  ijodi  ham  etarli  manbaa  bo`ladi.  Bu  davr  adabiy  tiliii  rivojlantirishda 
Turdi  Farog`iy,  Nishotiy,  Boborahim  Mashrab,  Maxmur,  Gulxaniy,  Bahodirxon 
Munis, Abulg`ozi Baxodirxon, Ogahiy, Feruzlar munosib hissa qo`shdilar. 
Bu ijodkorlar asarlari tilida Navoiy an`anasi bilan birga, g`arbiy adabiy til 
shakllari ham uchraydi. Bu Fuzuliy she`riyati tilining ta`siri natijasida paydo bo`lgan. 
Bu davr demokratik shoir va yozuvchilar ijodida umum o`zbek adabiy tili 
traditsiyasi  mustahkamlanib,  mukammallashib  keldi.  Buning  yorqin  dalilini  Turdi 
asarlarida ko`ramiz. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling