O`zbekiston respublikasi


MUNIS ASARLARINING TIL VA USLUBI


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72
Bog'liq
til tarixi

MUNIS ASARLARINING TIL VA USLUBI 
 XVII-XIX  asrlar  adabiy  tilining  taraqqiyotida,  uning  jonli  so`zlashuv  tili 
xlsobiga  boyib  borishida  Boborahim  Mashrab  (1657-1711),  Vafoiy  (hayoti  va 
faoliyati haqida to`la ma`lumot yo`q), Muhammadrizo Ogahiy, Pahlavonquli Ravnaq, 
Muhammadniyoz  Nishotiy,  Mujrim-Obid,  SHermuhammad  kabi  shoir  va 
yozuvchilarning roli kattadir. SHundan biz Munis, Gulxaniy va Maxmur asarlarining 
til xususiyatlari bilan tanishamiz. 
Munisning  lirik  she`rlari  devon  sifatida  to`plangan  bo`lib  u  «Munis-ul-
ushshoq»  deb  ataladi.  SHuningdek,  u  «Firdavs-ul-iqbol»  tarixiy  asarining  hamda 


 
110 
pedagogika  va  tilshunoslikka  oid  «Savodi  ta`lim»  risolasining  muallifidir.  Munis 
Mirxondning «Ravzat-us-safo» asarini o`zbek tiliga tarjima ham qilgan. 
Munis    adabiyotida    va    adabiy    til    normalarini    saqlashda    Navoiy 
traditsiyalariga  amal  qiladi.  SHuning  uchun  ham  u  Navoiyni  o`ziga  pir,  ustod  deb 
biladi:  
Sӛz ichrә Navāiyki, jahāngirdurur  
Munisg`a maāniy yolida pir durur. 
Har  bir  progressiv  yozuvchi  va  shoirlarda  bo`lganidek,  Munis  o`z 
ijodiyotida  Navoiy  traditsiyalarini  davom  ettirar  ekan,  adabiy  tilni  xalq  so`zlashuv 
nutqi hisobiga boyitib bordi. 
Munis  Xorazmiy  asarlarida  xalq  so`zlashuv  tilida  mavjud  bo`lgan  leksik 
boyliklardan ustalik  bilan  foydalandi.  Uning tilida  umoch, atala,  tang,  lang,  pavgon, 
taqir-tukur,  shaqur-shuqur,  qabag`,  tapuq,  qopu,  evur,  evrulay  evurdi,  yugorusa, 
yurumoq, batar kabi so`zlar qo`llangan. SHoir she`riyatida ko`tarinki ruhni saqlash 
maqsadida  ma`ni  kishvarin  (*ma’no  viloyati),  (ahli  donish,  guli-gulshan,  otashi 
ishqing, ganji husn, guli latif, mehrobi tarh, (qayriyama g,osh uchun qurilgan bino), 
motomi oshufta (oshiq motami) kabi izofali birikmalardan ham foydalandi. 
Munis  asarlaridagi  grammatik  formalar  asosan  o`sha  davr  normalariga 
muvofiq  keladi.  Ayrim  affiks  variantlaridagana  farqlar  seziladi.  Masalan,  qaratqich 
kelishigi —nung tarzida uchraydi: 
Muniңdek ӛzүңi xazin qilma kӛp  
Kүңүl mātamidin g`amin qilma kӛp. 
Umuman, kelishik affikslarining barcha singarmonistik variantlari uchraydi. 
Munis  she`rlarida  bog`lovchilardan  lek,  va  lekin,  var  kabi  bog`lovchilari 
qo`llangan. 
Lek sendin kӛrүb base ixlās  
Seni bu xizmat ichrә qilduq xās. 


 
111 
     Valekin charxi dunparvar qilib lahza yүz bedad  
     Vujudimni etibdүr xāk yanglig`  mujibi nakbat.  
     Var yaxshi tug`ulmasa qalamlar  
     SHak yoqki yaman tushular raqamlar.  
Munis asarlarida o`g`uz tili elementlari ham ko`plab qo`llangan. 
1.Buyuk Navoiy traditsiyasiga ergashish tufayli; 
2.SHermuhammad Munisning o`zi o`g`uz shevasi vakili bo`lishi tufayli. 
3.Ulug`  Ozarbayjon  shoiri  Fuzuliyning  ijodidan  ilhomlanish  tufayli  uning 
asarlariga kirib kelgandir. 
Uning  she`rlarida sifatdoshning  -mish  affiksi  bilan   ifodalangan turi qayd 
qilinadi: 
Hamesha bashim urarmen yoling sari sanamā 
Magarki ishq aro bolmish men elga qiblanamā. 
SHuni aytish kerakki, -mish affiksining olgan so`z uning asarlarida o`tgan 
zamon fe`li ma`nosida ham qo`llangan: 
Roza bisyor meni taң etmish (etdi) 
Badanim sust, ayag`im laң etmish.  
Bo`l so`zining o`g`uz tillariga xos o`l varianti ham qo`llangan: 
Har sӛzki kӛңүldin oldi mavjud 
Xat bolmasa, bolg`ay erdi nābud.  
YOki: 
SHayxlar kandidin oldim tangdil 
                Lutf ilә bol dilkusho, ey mug`bacha. 
Navoiy  va  Bobur  asarlarida  uchraganidek,  hozirgi-kelasi  zamon  fe`lining 
bo`lishsizi -mon affiksi bilan ifodalangan: 


 
112 
                  Bā vujudi mahrumiyat  tapmisham mahrumlik 
 Har nechә qilsam jaamul bilman aniң illәtin. 
 Munis asarlaridagi   arabcha-forscha so`zlarning qo`llanishida Navoiy va Bobur 
traditsiyasiga  amal  qilganini  ko`ramiz.  Munis  tomonidan  qo`llangan  arabcha, 
forscha-tojikcha so`zlar Navoiy va Bobur asarlarida qayd qilingan so`zlardir.  Lekin 
ulardan  Munis  o`z  o`rnida  va  maqsadga  muvofiq  foydalangan  Turkiy  so`zlardan 
foydalanish  ya`ni  undan  qofiya,  radif  sifatida  foydalanishda  Lutfiy  ijodining  ta`siri 
ko`rinadi. Masalan, 
Tez etar jānān g`ami ishqim otini qozg`alab 
Qaydurur ul otg`a bir-bir ustuxānimni qalab.  
YOki: 
Jānimg`a urdung ātashi ishqing tutashturub, 
Yaqting songaklarimni ul otg`a qalashturub.  
YOki: 
Ultururlar meni har dam kӛzu qashi talashib 
Tirguzurlar ikki jān baxsh dudāg`i yarashib. 
Keltirilgan  baytlardagi  qofiyalarda  turkiy  so`zlar  ishtirok  etgan.  Munis 
hatto undov va taqlidiy so`zlardan ham qofiya sifatida foydalangan. 
Firākiң shiddatidin kӛzlәrimdin qan aqar tim-tim, 
Kӛrib ani raqibi kinavar har dam kүlәr qah-qah. 
CHekar zavqi sihi qadding bilә qumri fig`ān ku-ku 
Tuzar shavqi gүli ro`yiң bilә bulbul navā chaq-chaq. 
Ko`rinadiki, o`zbek adabiy tili imkoniyatlari Munis ijodida keng kuloch 
yoydi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling