O`zbekiston respublikasi
MAXMURNING SATIRIK ASARLARI TILI VA STILI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
MAXMURNING SATIRIK ASARLARI TILI VA STILI
Maxmur o`zining xajviy asarlari bilan inqilobgacha bo`lgan o`zbek adabiy tilidagi satirik oqimni rivojlantirdi. Maxmurning hajviyotiga murojaat qilish bejiz emas. CHunki xalqning achinarli hayot kechirishini, qishloq va shaharlarning xarobaga aylanib borishini ko`rgan shoirning g`azabi oshgan edi. Ana shu g`azablari «Munojon ba dargohi qoziyul xrjot» (xudo dargohida yolvorish), «Hapalak», «Ta`rifi valoyati qurama» kabi satirik asarlarida o`z aksini topdi. Avval aytganimizdek, Satira janrida ijod etish san`atkordan badiiy til vositalaridan ustalik bilan foydalanib satira ostiga olinayotgan obraz tilini individuallashtirishda jonli til elementlaridan unumli foydalanishni taqozo qiladi. Ma`lumki, klassik she`riyatimiz uchun ko`tarinki uslub xarakterli. Satirada esa she`rdagi ko`tarinqilikni saqlash bilan birgalikda, barcha uchun tushunarli bo`lgan uslubni yaratish talab qilinadi. Xuddi shu talab Maxmur satirasida amalga oshirilgan. Individual til va obraz yaratish uchun Maxmur ayrim shevalarga xos bo`lgan so`zlardan foydalanadi: qisa-qilsa, boma-bolma, qigan-qilgan, kegәy-kelgәy, bosam-bolsam, yanilmadim-yanmadim, ayilmadim-ayrlmadim. Undan tashqari keng xalq ommasida qo`llanib, omma kitobiy uslubga kiritilmagan so`z va iboralarni ko`plab ishlatadi. Masalan, katalak, kamalak, katak, kapa, ālachuq, erto`la, ajiriq, o`gur, sumalak, biyobān, alato`rtko`z, ko`ppak, burush (burd), yalaq, tubak va boshqalar. Misollar: Xalqini kӛrsәң agar ӛlәsi-yү qaqү xarāb, 116 Achligidin egilib qāmati misli kamalak. Ajirig` tamirini og`urida mayda tuyub Qaynatib kүndә ichәr, atini derlәr sumalak. Maxmur satirasida adabiy til normalaridan chetga chiqish hollari ham seziladi. Masalan, «Munojot» satirasida shunday misralar bor: Amri-nahying rāhi bātil uzrә ermish yadimiz Kecha u kunduz sifatingdur bizi arzākimiz. «Avsofi louboli o`ratepagi» satirasida: Hisābi jurmimi bilsәg SHumāri chox qumdin Gunāxdin sorsang saңgi xāradin afzun. SHuningdek, shoir uslubida ba`zan na o`zbekcha, na tojikcha anglanishi qiyin konstruktsiyalar, lug`atsiz tushunilishi qiyin bo`lgan so`zlar uchraydi. Ular ko`pchilikni tashkil etmaydi. SHunday qilib, XIX asrning 1-yarmida Qo`qon xonligida yashab ijod etgan, progressiv o`zbek adabiyotining vakillaridan biri bo`lgan Maxmur o`zining merosi, xususan satirik asarlari bilan o`zbek adabiyotining, o`zbek adabiy tilining taraqqiyotiga munosib hissa qo`shdi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling